ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.

Brend
- kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

🔹Yuqoridagi rasmda "Tillachi", "Toro", "Dakpatent" kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.

Ⓜ️ Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Xabar berganimizdek, joriy yilning 21-may kuni Adliya vazirligida “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatida aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlarning holati bilan tanishdi
.

Adliya vazirligi ishchi guruhi adliya organlari faoliyati bilan bevosita tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida boʻldi.

Xizmat safari davomida viloyatdagi olis va chekka hududlardagi tuman(shahar) Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo'limlarida jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xodimlar bilan olib borilgan muloqotda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mas'ullari Farg'ona viloyatida huquqiy axborotni tarqatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Adliya vazirligi mas'ullari Farg'ona viloyat adliya boshqarmasining huquqiy axborotni tarqatish borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur jarayonda, dastlab, Farg'ona shahrining "Soybo'yi" mahallasida "mahalla yettiligi" a'zolari bilan uchrashib, huquqiy axborotni muntazam yetkazilish holati, aholining huquqiy bilimlarini yanada oshirishda mahalla faollarining roli yuzasidan suhbatlashildi.

Shuningdek, mas'ullar viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida bo'lib, edo.ijro.uz platformasi orqali kelib tushayotgan qonun hujjatlarini qabul qilish jarayoni bilan tanishib, tizim faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan mutasaddilarning fikr-mulohazalarini tingladi.

Bundan tashqari, Farg'ona shahridagi "Tantana tekstil" MChJda amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan sharoitlar bilan tanishilib, korxona vakillariga tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va ulardan foydalanish tartibi bo'yicha tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Twinning” hamkorlik dasturi doirasida normativ-huquqiy bazani soddalashtirish va tizimlashtirish
masalalari muhokama qilindi

Bugun, 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida “Normativ-huquqiy bazani tizimlashtirish va soddalashtirish” bo‘yicha “Twinning” dasturiga rahbarlik qiluvchi qo‘mitaning 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov, Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Reinis Trokša, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, Germaniya hamda Latviya davlatlarining dastur bo‘yicha vakillari, shuningdek, adliya vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

“Twinning” dasturi doirasida Adliya vazirligi tomonidan xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlar ishlab chiqish bo‘yicha maxsus qo‘llanma va savolnoma tayyorlanmoqda, shuningdek, tartibga solish ta’sirini baholash va qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish yo‘nalishlarida mas’ul xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv dasturlari ishlab chiqilmoqda.


Yig‘ilishda 2025-yilning birinchi va ikkinchi choragida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, navbatdagi chorak uchun ish-reja ma’qullandi hamda ishtirokchilar dastur doirasida qilinadigan ishlar samaradorligini oshirish, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va tasdiqlangan ish-rejaning izchil ijrosini ta’minlash bo‘yicha kelishib oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Munchoqdagi muvaffaqiyat: hunarmand qiz – katta brend egasi


Mahallamizdagi o‘zi ham qo‘li ham gul odamlardan biri mana shu zargar qiz. U o‘zi yasaydigan taqinchoq, zib-ziynatlar har bir o‘zbek ayolidek betakror va qimmatbaho bo‘lishini istaydi. Mahalla huquqshunosi esa unga bu maqsadni amalga oshirib, katta brend egasi bo‘lishi uchun huquqiy ko‘mak berdi.

Videoni ko‘rish 👉
https://youtu.be/mH4I5b7_Ql8

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️Kontrafakt muzqaymoq ishlab chiqaruvchisiga chora koʻrildi

🔍 “Singapore-Samarkand” MCHJ oʻziga tegishli tovar belgisiga oʻxshash belgidan “I and G” MCHJ noqonuniy foydalangan holda kontrafakt muzqaymoq mahsulotini ishlab chiqarayotganlik holati boʻyicha tegishli chora koʻrishni soʻrab Adliya vazirligiga murojaat qildi.

Oʻtkazilgan tekshiruv natijasida “I and G” MCHJ haqiqatdan ham oʻzganing brendiga oʻxshash boʻlgan belgidan muzqaymoqning qadogʻida (oʻramida) noqonuniy foydalanib, kontrafakt mahsulot ishlab chiqarayotganligi aniqlandi hamda unga nisbatan 37 mln 500 ming soʻm miqdorida moliyaviy jarima qoʻllanildi.

“Singapore-Samarkand” MCHJga brendiga oʻxshash belgidan noqonuniy foydalanganlik holati boʻyicha yetkazilgan zarar qoplashni talab qilish yoki uning oʻrniga BHMning ming baravarigacha (375 mln soʻm) miqdorda tovon undirish boʻyicha “I and G” MCHJ ustidan sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

❗️Hurmatli tadbirkorlar! Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Navoiy_viloyati

Nogironligi bo'lgan shaxsga soliq imtiyozlari qo‘llaniladigan bo'ldi.

Navbahor tumani adliya bo‘limi tomonidan tumanning “Paxtakor” mahallasi hududidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda faoliyat yuritib kelayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 380-moddasi 1-qismi 3-bandida nazarda tutilgan imtiyozning qo‘llanilishi holati monitoring qilindi.

Monitoring natijasiga koʻra Navbahor tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktabida farrosh lavozimida mehnat faoliyatini yuritib kelayotgan II guruh nogironligi bo‘lgan O.P ga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari qo'llanilmagan va ushbu xodim tomonidan 2 649 335 so‘m miqdordagi soliq qarzdorligi toʻlangan.

Vaholanki, Soliq Kodeksining 380-moddasining 1-qismi 3-bandiga asosan bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar (soliq to‘lovchilar) pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida soliq solishdan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) daromad solig‘idan ozod etiladi.


Shunga koʻra, II guruh nogironligi bo‘lgan O.P dan asossiz ravishda undirilgan 2 649 335 so‘m soliq qarzdorligi Adliya boʻlimining aralashuvi bilan belgilangan tartibda qaytarilishi ta’minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatida o'rganishlar olib borilmoqda
.

Respublika ishchi guruhi tarkibidagi Adliya vazirligi mas'ullari xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Qo‘qon shahridagi Temir yo‘lchilar madaniyat uyi binosida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida 20 dan ortiq fuqaroning kadastr, aliment, uy-joy, tibbiy va ijtimoiy yordam, bandlik, tadbirkorlik, tabiiy hamda suyultirilgan gaz, elektr taʼminoti bilan bogʻliq murojaatlari qabul qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida Ishchi guruh vakillari O'zbekiston tumani hokimligida tegishli mutasaddi xodimlar bilan tumandagi olib borilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston tumani "Beruniy" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishilib, ijtimoiy soha, xususan, xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligi hamda maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati bilan tanishildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM