ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.46K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Joriy yilning 6-may kuni Adliya vaziri Akbar Tashkulov Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurib, ta’lim sifati, o‘quv va innovatsion sohada amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar hamda huquqiy tashabbuslar bilan tanishdi.

Vazir dastlab, TDYUda tashkil etilgan Situatsion markazning faoliyati bilan yaqindan tanishib, markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotni tingladi.

Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, maxsus yuridik fanlarni o‘qitish metodologiyasini takomillashtirish maqsadida Jinoyat-protsessual huquqi fani va jinoiy-huquqiy fanlarni o‘qitish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar ko'rib chiqildi.

Bundan tashqari, Vazir xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishda TDYUning transformatsiya jarayonlari holati va kelgusidagi vazifalari taqdimoti bilan tanishdi.

Tashrif yakunida talabalarning “start-up” loyihalari bo‘yicha taqdimot bilan tanishib, tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Shu kasbni tanlashimga "To‘ylar muborak" filmi sabab bo‘lgan". FHDY organi xodimi hikoyasi.

Inson tug‘iliboq, hayotining turli davrlarida FHDY organlariga ishi tushadi. "Adliya xodimining bir kuni" loyihasining bu galgi qahramoni 30 yildan buyon adliya sohasida ishlab kelayotgan FHDY organi mudirasining bir kuni qanday o‘tishini tasvirga oldik.

O‘z kasbidan faxrlanadigan Gulandom Mo‘minova uchun har bir kun yangi mas’uliyat va yangi hikoyalar bilan boshlanadi...

Ko‘ring 👉 https://www.youtube.com/watch?v=hHFsaJHiwrM

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari|

6 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi

Joriy yilning 6-may kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.
Malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.

Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.

Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida o‘tkazildi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 23 nafar talabgorga ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.


Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 6 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Andijon viloyatidan:
▪️Djo‘rayev Doniyor Mamadaliyevich;

Qashqadaryo viloyatidan:
▪️
Sirojov Ma’ruf Komilxon o‘g‘li;

Samarqand viloyatidan:
▪️
Rajabov Elzod Shayxiddin o‘g‘li;

Surxondaryo viloyatidan:
▪️
Eshonkulov Akmal Davlat o‘g‘li;

▪️Xorazm viloyatidan:
Maxmudov G‘anisher Alisher o‘g‘li;

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan:
▪️
Kudaybergenova Perizat Ayapbergenovna.

Malaka imtihoni joriy yilning 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.adliya.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi

🔹Tug‘ilish, nikoh, o‘lim. Har bir inson hayotining ma’lum bir bosqichidagi jarayon.

🔹Mazkur munosabatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilgandagina qonuniy kuchga ega bo‘lib, huquqlar, burchlar va vazifalar harakatga keladi. Huquqiy jamiyatning talabi shu.

🔹Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ana shu munosabatlar tartibga solinishi ma’lum.

🔹Ammo shunday holatlar borki, ayrim fuqarolarning e’tiborsizligi sabab hayotiy hodisalar hujjatlarda qayd etilmagan.

🔹Adliya organlari tomonidan tomonidan tashkil etilayotgan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida ana shunday yechimtalab masalalar ijobiy hal etilmoqda.

🔹Karmana tumanida ham bu borada arzigulik ishlar amalga oshirildi.

📹Tafsilotlar adliya reportajida👆🏻

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Andijon viloyati: Asaka tuman adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar uchun "ochiq eshiklar kuni" tashkil etilib, rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

🖥 Farg'ona viloyati: Dang'ara tuman adliya bo'limi tomonidan elektr energiyadan oqilona foydalanish yuzasidan targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

🖥 Jizzax viloyati: Jizzax shahar "Do'stlik" mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida mahalla fuqarolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

🖥 Namangan viloyati: Davlatobod tumani "Porloq" mahallasida Namangan shahar, Davlatobod, Yangiqo’rg’on, Kosonsoy hamda Yangi Namangan tumani fuqarolari uchun ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi.

🖥 Navoiy viloyati: Nurota tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.

🖥 Qashqadaryo viloyati: Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanining "Nurafshon" mahallasida uyma uy yurgan holda aholi muammolari o'rganildi.

🖥 Samarqand viloyati: Samarqand tumani "Sho‘rboi" mahallasida mahalla aholisi uchun “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.

🖥 Sirdaryo viloyati: Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar uchun "ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Buxoroda yana 21 nafar fuqarolarning uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi
.

Joriy yilning 6-may kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining navbatdagi o'n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada 21 nafar fuqarolarning uy-joylariga bo'lgan huquqlari xalq deputatlari viloyat Kengashida ko‘rib chiqilib, ularning yer maydoni uchun ijara huquqi va unda qurilgan binolar va inshootlar uchun mulk huquqi e'tirof etildi.

Jumladan Peshku tumanida 2 nafar, Shofirkon tumanida 7 nafar, Romitan tumanida 2 nafar, Vobkent tumanida 2 nafar, G'ijduvon tumanida 5 nafar, Qorovulbozor tumanida 1 nafar, Buxoro tumanida 1 nafar, Jondor tumanida 1 nafar fuqarolarning o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer-uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshoatlariga bo'lgan mulk huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.


Viloyat bo'yicha jami 26 nafar fuqarolarning uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qonunlarning samaradorligini baholash bo‘yicha Germaniya tajribasi yuzasidan o‘quv seminar o‘tkazildi
.

Bugungi kunda Yevropa komissiyasi “Twinning” dasturi doirasida O‘zbekiston–Germaniya–Latviya Adliya vazirliklari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik loyihasi samarali amalga oshirib kelinmoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida joriy yilning 6-8-may kunlari Adliya vazirligida tartibga solish taʼsirini baholash bo‘yicha Germaniya tajribasi yuzasidan uch kunlik seminar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Bugun bo'lib o'tgan seminarda Germaniya Federal Adliya vazirligi Samarali tartibga solish va byurokratiyani kamaytirish direksiyasi, Milliy tartibga solish nazorat kengashi hamda Federal statistika ofisi huzuridagi Qonunchilikni baholash bo‘yicha kompetensiya markazi vakillari taqdimotlar bilan ishtirok etdi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad – Adliya vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti xodimlarining bilim va malakasini oshirish hisoblanadi.
Bunda Germaniyaning amaldagi qonunchilikni samaradorligini baholash tajribasi hamda iqtisodiy tahlil usullari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilib, ularni milliy huquqiy tizimda qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollariga batafsil javob oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

“Intellektual mulk va ayollar”

“Buyuk ayollarning buyuk ishlari” 1-qism

“Arxitekturaning qirolichasi” jasoratli me’mor ayol Zaha Hadid hayoti bilan tanishamiz.

Zaha Hadid hayot yo’li bizga shuni ko‘rsatadiki, istak va qat’iyat bilan har qanday sohada yuksalish mumkin. U nafaqat dunyo me’morchilik sohasida katta burilishlar qildi, balki millionlab ayollarga orzulariga ishonish kerakligini isbotladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✍️Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar Yagona elektron reyestri shakllantirilishi davom etmoqda.

Sanitariya - 1411 ta.
💊Farmatsevtika - 425 ta.
🦚Ekologiya - 499 ta.
💰Soliq - 276 ta.


🧾Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9- noyabrdagi PF–244-son Farmoniga muvofiq Tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarning Yagona elektron reyestri ishga tushirilishi belgilangan.

🏛Аdliya vazirligi tomonidan sohaga masʼul tashkilotlar bilan birgalikda bugungi kunga qadar 700 dan ortiq hujjatlar xatlovdan oʼtkazilib, ularda 35 mingga yaqin majburiy talablar mavjudligi aniqlandi.

📢Shundan, 19 mingdan ortiq majburiy talablar Yagona elektron reyestrda eʼlon qilinishi taʼminlandi.

👉Majburiy talablar yagona elektron reyestriga oʼting.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlarning holati bilan tanishdi
.

Adliya vazirligi ishchi guruhi adliya organlari faoliyati bilan bevosita tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatida xizmat safarida boʻldi.

Xizmat safari davomida Termiz, Angor, Sherobod, Qiziriq, Bandixon tumanlari va Termiz shaharlarida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xodimlar bilan olib borilgan muloqotda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM