ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimlari Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 24-aprel kuni Institutga tashrif davomida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-son qarori ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Tashrif davomida Institut faoliyatini yoʻlga qoʻyish, “Raqamli institut” platformasini ishlab chiqish holati taqdimoti, o‘quv jarayonlarini raqamlashtirish, shuningdek, Institutning moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonlari sifati, malaka oshirish dasturlarining amaliy samaradorligi va pedagogik salohiyat kabi masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻrib chiqildi.

Bundan tashqari, Institutning yangi binosiga tashrif buyurib, unda qurilish jarayonining yakuniy bosqichlari bilan tanishildi.

Tashrif yakunida, ta’lim sifatini hamda Institutning jozibadorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz kitobxon millat emasmiz – Sanjar Nazar

“Gelik”da yuradiganlar xalqning qahramonimi? Аudio kitoblar oqibati va ermakka o'qilmaydigan kitoblar. Jamiyat nimani istaydi? “Qaroqchi”ning navbatdagi sonida dolzarb mavzuga doir muhim savollarga javoblar yangradi.

Toʼliq video:👉 https://youtu.be/zGkMrxg8Qu4

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

⚡️
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — daraja.ilmiy.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.

Hujjatlar joriy yilning 15-may kuniga qadar qabul qilinadi.


📌Mustaqil izlanuvchilik(PhD)ga til sertifikati talab etilmaydi
.

Batafsil: 👇👇👇
https://sudex.uz/?p=8246
2026-yilgacha Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zobo‘lish O‘zbekiston uchun ustuvor maqsad etib belgilangan bo‘lib, bu jarayon doirasida milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Adliya vazirligi tashabbusi bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi: milliy qonunchilik va xalqaro savdo qoidalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, mas’ul vazirlik va idoralar, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Seminar davomida milliy qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar va qonunchilik hujjatlari loyihalarini JST bitimlariga mos ravishda ishlab chiqish masalalari, Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari bitimining (TRIPS) tuzilish tarixi, maqsadi, prinsiplari va uning global iqtisodiyotga ta’siri, shuningdek, bitimning qonunchilikka implementatsiyasi va uning doirasida ko‘rib chiqilgan muhim keyslar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: so‘nggi uch yil ichida 120 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi,shu jumladan intellektual mulk sohasida 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi va TRIPS bitimi qoidalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish darajasi 90%gayetkazildi.
 
📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“E-huquqshunos”da innovatsion funksiyalar joriy etilmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan “Unicon-soft” kompaniyasi bilan hamkorlikda “E-huquqshunos” elektron tizimida hujjat loyihalarini avtomatik shakllantirish (meta usuli) hamda sunʼiy idrok (AI) imkoniyatlarini yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunga qadar vazirlik hamda kompaniya mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan tizimda mavjud barcha hujjat loyihalarini meta usulida shakllantirish imkoniyati yaratildi.

Bu o‘z navbatida, tashkilotlarning hujjat loyihasini yaratishga hamda Markaz xodimlarining huquqiy ekspertizaga sarflayotgan vaqtini optimallashtirish bilan birga hujjatlarni tezkor va sifatli qabul qilinishiga xizmat qilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizimida sunʼiy idrok asosida ishlovchi maxsus funksiya yaratish, hujjat loyihalarini sohaviy ixtisoslashtirishga oʻtkazish hamda loyihalarni huquqiy ekspertizadan oʻtazishda eksterritoriallik prinsipini joriy etish ustida ishlar amalga oshirilmoqda.
📄 Hamkorlik memorandumi imzolandi

🤝 2025-yil 23-aprel kuni Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

☝️Mazkur memorandum doirasida parlamentarizm, siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalarda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan:

normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash;

qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va takomillashtirish;

ilmiy va ilmiy-amaliy tadqiqotlar o'tkazish.

Uchrashuvda Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti direktori N.Tillyayev mazkur memorandum ikki tashkilot oʻrtasida uzoq muddatli va samarali hamkorlikni mustahkamlab, qonunchilik barqarorligini ta'minlashga hamda aholi va tadbirkorlarning huquqlarini kafolatli himoya qilishga xizmat qilishini ta'kidladi.

#RIAInstituteNEWS #Memorandum #Hamkorlik

📌 Kanalga ulanish