ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak!

“Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob alishish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir!

📍Davlat xizmatlari markaziga keling.
📖 Kitob tanlang va oʻqing.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Vazir o'rinbosari mahallalardagi o'rganishlar davomida Qarshi shahridagi "Amir Temur" mahallasida joylashgan "SANAM" tikuvchilik MCHJ da bo'lib, fabrika faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Kiyim - kechak fabrikasida 150 ga yaqin ishchilar bo'lib, asosan ustki kiyim bosh mahsulotini tayyorlashadi. Hozirgi kunda fabrika mahsulotlari Rossiya davlatiga ham eksport qilinmoqda.

Shu kuni vazir o'rinbosari A.Karimov "Haramjo'y" mahallasida ham bo'lib, fuqarolarga davlat tomonidan subsidiyalar, nafaqalar yoki moddiy yordam ko‘rsatish, malaka oshirish kurslari, ish bilan ta’minlash dasturlari orqali odamlarga bir qator daromad topish imkonini berish, azon yoki bepul tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, turar joy, suv, elektr energiyasi kabi asosiy ehtiyojlarni ta’minlash haqida o'z tavsiyalarini berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligida “ACWA Power” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 1-aprel kuni adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi “ACWA Power” kompaniyasi bosh direktori Jon Zaidi bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekistonda xorijiy investorlarning huquqlarini kafolatlash, investitsiya muhitini yanada yaxshilash hamda adliya sohasidagi islohotlarni muhokama qilishdi.

“ACWA Power” vakillari O‘zbekiston va Saudiya Arabistonining 2030-yilgacha bo‘lgan strategiyalari hamohangligini qayd etib, yashil energetikani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv so‘ngida M.Ikramov ACWA Power vakillarini “Tashkent Law Spring 2025” IV Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish uchun taklif qildi.

📌 Kanalga ulanish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ADLIYA OGOHLANTIRADI.

Kontrafakt - bu tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz hamda isteʼmolchini adashtirish darajasida foydalanishdir. Koʻpchilik tadbirkorlar oʻzgalarning mashhur brendlaridan foydalanib, xaridorni jalb qilishga urinadi. Bu esa huquqbuzarlik sanaladi.

Xarid qilayotgan mahsulotingizni kontrafaktdan farqlay olasizmi?

Siz mahsulot xarid qilganda uning qadog‘iga, yozuviga e’tibor qaratasizmi?

Mahsulotni xarid qilishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?

Yuqorida berilgan savollarga yetarlicha javobingiz bo‘lmasa videorolikni albatta tomosha qiling!


Hurmatli xaridorlar! Kontrafakt mahsulotlarga aldanib qolmanag!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bekobod shahrida seminar tashkil etildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev tomonidan Bekobod shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining F-18-son farmoyishi ijrosi doirasida mahallalarda bahor mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish harakatlar, aholi tomorqasidan samarali foydalanish, "Yashil makon" va “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.

"Yangi hayot" mahallasida o‘tkazilgan ushbu tadbirda shahar hokimi, 35 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va hokim yordamchilari, mahalla faollari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etishib, mahalladagi aholining tomorqodan foydalanish holatlari, obodonlashtirishi va "Yashil makon" doirasida amalga oshirilgan ishlar ko‘rilib, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan birga, mahalla aholisi bilan suhbatlashib, ijtimoiy-huquqiy muammolar o‘rganildi va sohaga oid tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM