ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
ADLIYA YANGILIKLARI
#Xotin_qizlar_huquqi #Huquqiy_axborot_minbari ❗️“Xotin-qizlarning ta'lim huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat oʻtkaziladi Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan “Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak ” aksiyasi doirasida “Xotin-qizlarning ta'lim huquqlari”…
#Xotin_qizlar_huquqi #Huquqiy_axborot_minbari

⚡️“Xotin-qizlarning ta'lim huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat boshlandi


Suhbat spikerlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi masʼul xodimlari.

📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

Suhbatga ulanish 👉 https://t.me/huquqiyaxborot

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” davlat dasturini amalga oshirish maqsadida adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Qarshi shahrining “Magʻzon” mahallasida “yettilik” va mahalla faollari bilan uchrashdi.

Mahallada 7004 nafar aholi mavjud boʻlib, ishsizlar 47 nafarni tashkil qiladi. Kambagʻal oilalar soni 83 nafar boʻlib, shu kunga qadar ijtimoiy ahvoli ogʻir oilalarga yordam koʻrsatilmoqda.

Xususan, 12 nafar nogironligi bor fuqarolarga davlat tomonidan reabilitatsiya mahsulotlari taqdim etilgan, mahalla tomonidan 12 turdagi oziq ovqat mahsulotlari doimiy daromadga ega boʻlmagan nogironligi bor fuqarolarga yetkazib turiladi.

Vazir oʻrinbosari oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar xonadonlarida boʻlib, ular bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Misol uchun, Rahimov Salohiddin 17 mln kredit olib, 3 bosh qoramol boqib oldi. Mansur Daminov 100 mln kredit olib “SAFID GOLD” ichimlik suvi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, YTT sifatida oʻzini oʻzi band qildi.

Shuningdek, Alisher Karimov mahalladagi “Lider MTT” da boʻlib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Geografik koʻrsatkich nima?

Batafsil javob 👉 videoda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Navroʻzi olam asrlar davomida bahor, ezgulik, mehr-oqibat, mehnat va bunyodkorlik ramzi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-maʼnaviy hayotida beqiyos oʻrin tutib kelmoqda.

Adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov Qoʻqon shahridagi “Yoshlar bogʻi”da Navroʻz bayramiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan barcha tadbirlarni milliy qadriyat va anʼanalarimiz hamda bugungi islohotlarimizning mazmun-mohiyatiga mos holda, yuksak darajada tashkil etish, ularda yurtdoshlarimizning faol ishtirokini taʼminlash yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qonunchilikni tizimlashtirish va soddalashtirish boʻyicha Germaniya tajribasi oʻrganildi

Adliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish yoʻnalishida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va milliy qonunchilikka joriy qilish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Tvinning” hamkorlik loyihasi doirasida Germaniyalik ekspertlar — Kristian Shayx, Kristian Raytemayer, Sonya Kristmann, Martin Xollandslar — ishtirokida Adliya vazirligida normativ-huquqiy bazani ixchamlashtirish, umumiy tusdagi, toʻgʻridan toʻgʻri ishlovchi qonunlarni ishlab chiqishda Yevropa ittifoqi va Germaniya tajribasi boʻyicha oʻquv-kurslari tashkil qilindi.

Mazkur tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshqarmalari hamda Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga olish taʼsirini baholash institutining masʼul xodimlari ishtirokida, maʼruza, seminar hamda savol-javoblar koʻrinishida oʻtkazildi.

Kurslarda qonunlar bilan tartibga solinadigan masalalarni aniqlash, qonunlar tuzilishini foydalanuvchi uchun qulaylashtirish kabi mavzularda Yevropa davlatlari tajribasi oʻrganildi hamda muhokamalar olib borildi.

Eslatib oʻtamiz, “Tvinning” moliyaviy va texnik yordam loyihasi boʻlib, u Yevropa Ittifoqining benefitsiar mamlakatlarida Yevropa Ittifoqining eng yaxshi amaliyotiga asoslangan maʼmuriy tuzilmalarning institutsional salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Dastur 1989-yildan buyon amalga oshirilmoqda.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Navroʻz bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz?


Navroʻz bayrami munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:

▫️21-mart (juma) – Navroʻz bayrami — barcha uchun dam olish kuni;

▫️22-mart (shanba) – 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni;

▫️23-mart (yakshanba) – dam olish kuni.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

❗️Intellektual mulk qonun himoyasida

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish shu'basiga Rishton tumanida yashovchi tadbirkor tomonidan murojaat kelib tushgan.

Ushbu murojaat yuzasidan olib borilgan oʻrganishlar natijasida tadbirkorning intellektual huquqidan boshqa shaxsning noqonuniy foydalanish holati aniqlandi va tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini hal etish uchun vakolatli idoraga yuborildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyati hokimligi va tuman (shahar) hokimliklariga “E-qaror” elektron tizimi va “edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralaro elektron tizimi yuzasidan seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminarda “Ijro.gov.uz” tizimida qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish tartibi hamda “E-qaror” elektron tizimi orqali qarorlar va farmoyishlarni qabul qilish va e’lon qilish tartibi va muddatlari batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, seminarda adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “E-qaror” elektron tizimi bilan ishlash bo‘yicha hamda hokimlik boshqaruv apparati xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

📌 Kanalga ulanish