ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Qarshi shahridagi ijtimoiy-huquqiy muammolarni oʻrganmoqda


Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov tomonidan Qarshi shahridagi “Aral” mahallasidagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganishda davom etmoqda.

Mahallada 2 ming 400 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ular orasida kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalar ham yoʻq emas. Aholining turmush darajasini yaxshilash va bandligini taʼminlash maqsadi qator amaliy choralar koʻrilmoqda.

Xususan, Gulxayo Sultanova subsidiya olib, goʻzallik salonida ish boshladi. Hozirda oilasiga yaxshigina daromad olib kelmoqda.

Abbos Rustamovga esa sogʻligini tiklash uchun pul mablagʻlari ajratilib, ikki nafar farzandiga xayriya sunnat toʻyi oʻtkazilib berildi. Ayoli Mahbuba Qulmurodova “Monomarkaz”da oʻqitilib, unga tikuv mashinasi olib berildi.

Vazir oʻrinbosari fuqarolar va “mahalla yettiligi” bilan ochiq muloqot oʻtkazdi, sohaga oid qonunchilik boʻyicha tushuntirishlar berdi, ularni qiynab kelayotgan savollarga atroflicha javob berdi.

Shuningdek, Alisher Karimov “Xudoyzod” mahallasidagi tadbirkor Mirjalol Sultonovning issiqxonasida boʻldi. U 9 sotix yer maydoniga bodring mahsulotlarini ekib, xalqimiz dasturxoniga yetkazib bermoqda.

Vazir oʻrinbosari “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida shahardagi yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida oʻtkazilgan aksiyada ishtirok etib, mevali daraxt koʻchatlarini ekdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | «Huquqiy mahalla» loyihasi murojaatlarni manzilli oʻrganish mexanizmi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev tomonidan Bekobod shahridagi “Andijon” mahallasida fuqarolar bilan muloqot va sayyor qabul oʻtkazildi.

Mahalladagi aholi muammolari tinglandi, huquqiy maslahat berilib, murojaatlar nazoratga olindi.

Davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi taʼminlandi.

Ushbu mahallada “Huquqiy mahalla” tadbiri oʻtkazilib, aholining huquqiy muammolari oʻrganildi. Huquqiy hujjatlar tayyorlanishiga amaliy koʻmaklashildi.

Shu bilan birga, Bekobod shahrida “Navroʻz” tadbiri oʻtkaziladigan “Yoshlar bogʻi”dagi obodonlashtirish va tayyorgarlik ishlari koʻrib chiqilib, shahar mutasaddilariga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi
doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish davomida adliya vazir oʻrinbosari A.Karimov Qarshi shahridagi “Qavali” ishlab chiqarish kichik sanoat zonasida ham boʻldi.

“YEVROPLAST” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishib, tadbirkorni qiynab kelayotgan huquqiy muammolarga yechim berdi.

Shuningdek, “Qavali” mahalla “yettiligi” bilan uchrashib, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Sohaga oid qonunchilik toʻgʻrisida tushuntirishlar berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM