ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak!


“Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob alishish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir!

📍Davlat xizmatlari markaziga keling.
📖 Kitob tanlang va oʻqing.
📎Oʻqib boʻlgach, qaytaring yoki oʻrniga boshqasini qoldiring.

Qisqa vaqtda ushbu tashabbus orqali koʻngillilar tomonidan 20 mingdan ortiq kitob yigʻildi va ularning 11,3 ming donasi yangi egalarini topdi.

💡 Kitob — inson hayotini oʻzgartirishi mumkin! Siz ham bilim ulashing, “bukkrossing”ga marhamat!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.

Brend — kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida maʼlumot berib, isteʼmolchi eʼtiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor boʻlsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

Yuqoridagi rasmda “Mumtoz”, “Sharq gavhari”, “Mehri” kabi tovar belgilarini koʻrishingiz mumkin.

❗️Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

⚠️ Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BOʻLIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

“Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Adliya vazirligining 📎im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Muborak tumani adliya boʻlimi koʻmagi bilan fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Aholining barcha qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish, yechimini kutayotgan dolzarb muammolarni joyida aniqlash, oʻrganish hamda bartaraf etish maqsadida hududlarda ommaviy sayyor qabullar oʻtkazilmoqda.

Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov Qoʻqon shahrida sayyor qabul oʻtkazdi. Sayyor qabulda tegishli boshqarma va tashkilotlar masʼullari qatnashib, 50 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari tinglandi. 9 ta murojaatlar joyida qanoatlantirildi, 10 ta murojaatlar koʻrib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi, 15 ta masala yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” davlat dasturini amalga oshirish maqsadida adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida Qarshi shahrining “Xudoyzod” mahallasi “yettiligi” hamda mahalla faollari bilan uchrashdi.

Alisher Karimov bu yerda olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdi. Hududda 5473 ta xonadonlar mavjud, aholisi asosan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi.

Vazir oʻrinbosari mahalladagi oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar xonadonlarida boʻlib, ularda yaratilgan issiqxonalarni koʻzdan kechirdi, tikuvchilik va boshqa faoliyat turlariga ixtisoslashgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ularga turli yoʻnalishlar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Xususan, Hadicha Eshonqulova hamda Gulshan Haqberdiyevalarning issiqxonasida yetishtirilayotgan koʻkat mahsulotlariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanib kelgan tadbirkorga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi

“Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida bir qator tadbirkorlik subyektlari tomonidan intellektual mulk huquqlariga rioya qilmaslik holatlar aniqlandi.

Xususan, adliya organlariga “Buroq” MChJga tegishli “BUROQ” tovar belgisidan huquq egasining roziligisiz noqonuniy foydalanib kelinganligi boʻyicha murojaat kelib tushdi.

Murojaatlari asosida “B.P” MChJda belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazilganda, haqiqatdan ham “BUROQ” soʻzidan transport vositalari, jumladan skuterlar, mototsikllarda, savdo doʻkoni peshtoqida, ijtimoiy tarmoqlarda huquq egasining roziligisiz foydalanganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan intellektual mulk sohasi boʻyicha qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilganligiga qaramasdan huquqbuzarlik toʻxtatilmagan.

Shundan soʻng, huquqbuzarlikni bartaraf etish maqsadida “B.P” MChJga oʻzganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (37 500 000 mln soʻm) miqdorida moliyaviy jarima solindi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuning 371-moddasiga koʻra, tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada oʻxshash boʻlgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Qarshi shahridagi ijtimoiy-huquqiy muammolarni oʻrganmoqda


Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov tomonidan Qarshi shahridagi “Aral” mahallasidagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganishda davom etmoqda.

Mahallada 2 ming 400 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ular orasida kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalar ham yoʻq emas. Aholining turmush darajasini yaxshilash va bandligini taʼminlash maqsadi qator amaliy choralar koʻrilmoqda.

Xususan, Gulxayo Sultanova subsidiya olib, goʻzallik salonida ish boshladi. Hozirda oilasiga yaxshigina daromad olib kelmoqda.

Abbos Rustamovga esa sogʻligini tiklash uchun pul mablagʻlari ajratilib, ikki nafar farzandiga xayriya sunnat toʻyi oʻtkazilib berildi. Ayoli Mahbuba Qulmurodova “Monomarkaz”da oʻqitilib, unga tikuv mashinasi olib berildi.

Vazir oʻrinbosari fuqarolar va “mahalla yettiligi” bilan ochiq muloqot oʻtkazdi, sohaga oid qonunchilik boʻyicha tushuntirishlar berdi, ularni qiynab kelayotgan savollarga atroflicha javob berdi.

Shuningdek, Alisher Karimov “Xudoyzod” mahallasidagi tadbirkor Mirjalol Sultonovning issiqxonasida boʻldi. U 9 sotix yer maydoniga bodring mahsulotlarini ekib, xalqimiz dasturxoniga yetkazib bermoqda.

Vazir oʻrinbosari “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida shahardagi yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida oʻtkazilgan aksiyada ishtirok etib, mevali daraxt koʻchatlarini ekdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM