#Adliya_xabari
Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi
Adliya vazirligi Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi boʻlim boshligʻi Shaxzod Botir oʻgʻli Abdulatipov 2025-yilning fevral oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.
Shaxzod Abdulatipov 2019-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavriatini, 2021-yilda Buyuk Britaniyadagi Ekseter universitetida magistraturani tamomlagan.
Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2019-yilda Adliya vazirligi rahbariyat qoshidagi apparat qabulxona kotibi sifatida boshlagan. 2019–2024-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi katta, bosh maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. 2024-yil avgust oyidan boshlab Adliya vazirligi Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi boʻlim boshligʻi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Shaxzod Abdulatipov normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish taʼsirini baholash, vazirlik va idoralarning tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni shakllantirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.
Vazirlik jamoasi Shaxzod Abdulatipovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Ushbu qonun loyihasi mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan bozor tamoyillariga asoslangan zamonaviy korporativ munosabatlarni joriy qilishga qaratilgan.
Hujjat bilan endilikda jamiyatlar nafaqat litsenziya, balki boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar va xabardor qilish tartibida faoliyat turlari bilan, shuningdek, ta'sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan faoliyat bilan ham shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, mas'uliyati cheklangan jamiyatlarning filiali va vakolatxonalarini, shu‘ba va qaram xo‘jaliklarini ochish tartibi, kuzatuv kengashining vakolatlari hamda kengashi a'zolarini saylash tartibi hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqiy kafolatlariga oid qoidalar takomillashtirilmoqda.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi jamiyat ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlarini yanada mustahkamlashga, qonunchilikka zamonaviy korporativ munosabatlarini joriy qilishga hamda mamlakatimizning investitsiyaviy muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.

Adliya vaziri Chimboy tumanida sayyor qabul oʻtkazdi
Aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolarga yechim topish maqsadida adliya vaziri Akbar Toshqulov tomonidan Chimboy tumanida sayyor qabul oʻtkazildi. Unda boshqa davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlari ham qatnashdi.
Sayyor qabulda fuqarolarning mehnat nizolari, kadastr, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish, bandlik, ijtimoiy himoya va boshqa bir qator masalalar boʻyicha murojaatlar qabul qilindi.
Murojaatlarning 8 tasi joyida hal qilindi, 14 nafar fuqaroning murojaati oʻrganib chiqish uchun ish yurituviga olindi. Shuningdek, 20 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qaroqchi
“O‘lik tug‘ilganman” – Amira Rashidova ilk bor o‘zi haqida
“Sug‘diyona”dan boshlab “Qizil pomada”gacha – Amira Rashidova nega faqat ayollar uchun ijod qiladi? Uni tanitgan “Zirapcha”ning asl maqsadi nima edi? Reytingmi yoki daromad. Sevimli TV ortidagi haqiqatlar va tug‘ulishidagi mo‘jiza.
Medianing taniqli vakili ilk bor o‘zi haqida “Qaroqchi” loyihasida intervyu berdi.
To‘liq videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/4NrMuWKkfVo

#Obyektiv
Ayollar huquqlari faqat mart oyida himoya qilinmaydi
“Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak” aksiyasi mazmun-mohiyati nimada? Ushbu aksiya doirasida qanday ishlar amalga oshiriladi? Ayollarga qonunchilikda qanday imtiyozlar mavjud? Oʻzbekistonda intellektual mulk sohasida ayollar ishtiroki qay darajada? Nafaqat Oʻzbekiston balki xalqaro bozorni ham zabt etgan, milliy brend egalari boʻlgan ayollar haqida bilasizmi? “Obyektiv” nigohi bu gal ayollar huquqlariga qaratildi..
Toʻliq videoni koʻrish 👉 https://youtu.be/_0ojFsXi9ks

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali bilan birgalikda Prezident farmonlari, qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini masʼullarga yetkazish boʻyicha seminarlar oʻtkazildi.
Barcha tuman (shahar) hokimliklarida oʻtkazilgan amaliy mashgʻulotlarda hokim oʻrinbosarlari, tegishli davlat idoralari va tashkilotlarining masʼul rahbarlari ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Prezidentning farmonlari, qarorlari va topshiriqlariga oid huquqiy yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Oʻquv seminari yakunida oʻtkazilgan test sinovlari orqali tinglovchilarning huquqiy bilimlari baholandi.

#Xotin_qizlar_huquqi
Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi bakalavriat va magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida ta'lim olayotgan xotin-qizlar yoki ularning tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda bir marotaba toʻlov-kontrakti toʻlab beriladi.