ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.48K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Davlat_xizmatlari

📣 TADBIRKOR VA FERMERLAR UCHUN NAVBATDAGI YANGILIK!


Davlat xizmatlari markazlari va my.gov.uz orqali bir qator davlat xizmatlari YANADA OSON boʻladi.

Yer ijaraga olganingizdayoq — dehqon xoʻjaligingiz avtomatik roʻyxatdan oʻtadi.

Fermer xoʻjaligingizni reyestrga kiritish, oʻzgartirish yoki chiqarish — hammasi bir tugma orqali (DXM va my.gov.uz orqali).

Fermer xoʻjaligingiz tugatilsa, uni reyestrdan chiqarish uchun alohida murojaat qilish shart emas — bu ham avtomatik boʻladi.

Tashkilot tugatilganda soliq, statistika va Xalq bankiga siz emas, tizimning oʻzi xabar beradi (ilgari uch ish kuni ichida edi).

Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish jarayoni ham toʻliq raqamlashtiriladi — barcha organlar 1 ish kunida xabardor qilinadi.

Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda tugatuvchi oʻzining tugatuvchi etib belgilanganligini elektron tarzda kelishadi.

“Kredit tarixi” endi yuridik shaxslarga ham beriladi. Narxi esa arzonroq: BHMning 5% oʻrniga 4% boʻldi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢1
#Adliya_xabari 

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Qarshi shahrining “G'ofur G'ulom” mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi.

Unda fuqarolarni ishga joylashish, ijtimoiy himoya, kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, moddiy yordam, sogʻlomlashtirish maskanlariga yoʻllanma olish hamda oilaviy munosabatlar bilan bogʻliq masalalarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabullar davomida 40 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 10 tasi joyida hal etildi, 18 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 30 ta murojaatlar ish yurituviga olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyada_bayram_shukuhi

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir jamiyatimizning tayanchi, mehr-oqibat va sadoqat timsoli bo‘lgan opa-singillarimizga hurmat-ehtirom ifodasi sifatida o‘tkazildi.

Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov hamda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev ayollarni mazkur go‘zal ayyom bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, bahoriy kayfiyat hamroh bo‘lishini tiladilar.

Tadbirda ayollarning mehnatkashligi, oqilaligi, mehribonligi, jamiyatga fayz va nafosat baxsh etuvchi ezgu fazilatlari alohida ta’kidlandi hamda boshqarma tomonidan xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Aziz ayollar!

Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Doimo e'tibor va e'tirofda, aziz va mukarram bo‘lib yuring! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqimiz xizmatidagi adliya ayollari

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM