ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi delegatsiyasi Yaponiyada


Vazir kotibiyati boshlig‘i A.Sarabekov rahbarligidagi vazirlik delegatsiyasi Tokio shahrida bo‘lib, Yaponiya Adliya vazirligi bilan norma ijodkorligi, yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va oila reyestrini shakllantirish borasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Ushbu uchrashuvlarda Yaponiya adliya vaziri Suzuki Keysuki, vazir kotibiyati boshlig‘i Susumi Yoshiuki va departament rahbari Takeshi Masumoto hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

Uchrashuvlar davomida ikki davlat adliya vazirliklari o‘rtasidagi “O‘zbekiston — Yaponiya strategik muloqoti” formatidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Adliya ayoli...

U oʻzidan ortib odamlarni eshitadi, muammolariga yechim beradi.

U hech qachon izlashdan, oʻrganishdan, muhokamalardan tolmaydi.

U ziyo ulashadi, katta maydonlarda bilimi, tafakkuri bilan bellashadi.

Adliya ayolning shuncha vazifalari, shuncha masʼuliyati bor. Ammo ular hamma ayollar qatori mehrga oshno, ezgulik ulashuvchi, qalbi sanʼatga oshufta oddiygina ayol.

Tuygʻularini qogʻozlarda tasvirlaydigan, gʻayratini sportda koʻrsatadigan, mehnatkash, mashaqqatni pisand etmaydigan, doimo eʼzozli adliya ayoli.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Tadbirkorlarga intellektual mulk huquqini himoya qilish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatilmoqda


Xabar berganimizdek, 15-fevraldan 15-mart kuniga qadar “Kontrafaktsiz oy” oyligi oʻtkazilmoqda. Uning doirasida respublika boʻylab savdo obyektlari, bozorlar, dorixonalar, kutubxonalar hamda ishlab chiqaruvchi korxonalarda intellektual mulk huquqiga rioya qilish yuzasidan targʻibot tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.

Xususan, 3-mart kuni Sirdaryo viloyatida “Sardor Jamshid” MCHJ ishlab chiqarayotgan “Gʻisht tashish” uchun moʻljallangan texnika vositasi va “TUPLOFF”MCHJ ishlab chiqarayotgan “Isitish moslamasi”ni intellektual mulk obyektini bir turi boʻlgan foydali model yoki sanoat namunasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish tartibi, “Navroʻz total textile” MCHJga oʻz tovar belgisiga ega boʻlishning afzalliklari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Adliya organlari xodimlari 4-mart kuni “BYD Uzbekistan” MChJ rahbarlari bilan BYD tovar belgilarini himoya qilish, kontrafakt mahsulotlarni aniqlash boʻyicha hamkorlikda maʼlumot almashinuvi yoʻlga qoʻyildi.

5-mart kuni Urgut tumanidagi “Urgut savdo kompleksi” MChJ hududida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar bilan kontrafakt mahsulotlarini sotilishini oldini olishga qaratilgan targʻibot ishlari oʻtkazilib, yangilangan 20 dan ortiq kontrafakt mahsulotlar kataloglari tarqatildi.

Urgut iqtisodiy sanoat zonasida joylashgan “Urgut Mikro Metal”, “Innovation Med Total”, “Elite Soft Products”, “Promvest Product” hamda “USS Business Symbol” MChJlarda “Hey bebek”, “Smile”, “Sweet baby”, “Santenni” belgilarini tovar belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish va uni himoya qilish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi

Davlat xotin-qizlar va erkaklarga shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni amalga oshirish chogʻida teng huquqlilikni kafolatlaydi.

Shuningdek, xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, saylov jarayonida teng ishtirok etishni, sog'liqni saqlash, ta'lim, fan, madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya sohalarida, shuningdek davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar ta'minlanishi kafolatlanadi.

Xotin-qizlar va erkaklar oʻrtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda ularning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosati amalga oshirilishini ta'minlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar koʻriladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol: 8-mart bayrami arafasida xodimlarga mukofot puli bersa boʻladimi?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kontrafaktsiz_oy

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan “Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlar, talaba yoshlar va professor-oʻqituvchilar ishtirokida tadbir oʻtkazildi.

Muloqot davomida aholi orasida intellektual mulk huquqiga amal qilish, kontrafakt mahsulotlarga murosasiz munosabatni shakllantirish, mualliflik sohasida, shu jumladan, plagiatga qarshi kurashish maqsadida ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, jamoat va koʻngilochar joylarda huquqbuzarlikning oldini olish, ular bilan huquqiy kurashish haqida aytib oʻtildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Toshkent shahrida “Ziyo ulash” aksiyasi davom etmoqda.

Loyihaga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan har bir yurtdoshimiz o’ziga yaqin hududdagi davlat xizmatlari markaziga o’zi o’qigan kitoblardan olib kelib, “bukkrossing” burchagida qoldirishi va oʻrniga boshqasini olishi mumkin. Shu tariqa kitoblar almashinuvi orqali ilm va ziyo tarqatilishiga erishamiz.


Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Respublika sud ekspertiza markazida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Bugun, 7-mart kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi laboratoriya va boʻlimlarida yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud moddiy-texnika bazasi va ularning imkoniyatlari hamda yangi joriy etilgan ekspertiza turlarini oʻtkazilishi holatini koʻzdan kechirdi.

Markazda hujjatlar bilan ishlash, raqamlashtirish jarayoni, shu jumladan, “E-ekspertiza” axborot tizimi bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, 2024-yilda joriy etilgan “Dendrologiya” “Fototexnika” va “Videotexnika” ekspertizalarini oʻtkazilishi hamda markazning Surxondaryo viloyat boʻlimi yangi binosining qurilishi va Toshkent viloyati boʻlimining tashkil etilishi jarayonlari haqida maʼlumot berildi.

Kelgusida markaz va uning hududiy boʻlimlarida amalga oshiriladigan ishlar, xarid qilinishi lozim boʻlgan uskuna va jihozlar, joriy etilishi zarur boʻlgan tadqiqot turlari yuzasidan taklif va topshiriqlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM