ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.48K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Xotin_qizlar_huquqi

❗️“Xotin-qizlarning mehnat huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat o'tkaziladi


Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan “Xotin-qizlarga huquqiy ko'mak ” aksiyasi doirasida “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat tashkil etiladi.

Ovozli chat 5-mart kuni soat 16:00 da Huquqiy axborot telegram kanalida boshlanadi.

🎙Suhbat spikerlari: O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti mas'ul xodimlari.

📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali oldindan yoki to'g'ridan to'g'ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kontrafaktsiz_oy

“Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida intellektual mulkni himoya va muhofaza qilish boʻyicha sayyor uchrashuvlar oʻtkazilmoqda

Joriy yilning 15-fevralidan “Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berildi. Oylikdan koʻzlangan maqsad nafaqat kontrafakt mahsulotlarni realizatsiya qilayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish, balki intellektual mulk huquqiga rioya qilish yuzasidan huquqiy madaniyatni kuchaytirish va kontrafaktga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirishdan iborat hisoblanadi.

Adliya vazirligi va Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan bir necha tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Xususan, “Sardor Jamshid” MCHJ ishlab chiqarayotgan “Gʻisht tashish” uchun moʻljallangan texnika vositasi va “TUPLOFF”MCHJ ishlab chiqarayotgan “Isitish moslamasi”ni intellektual mulk obyektini bir turi boʻlgan foydali model yoki sanoat namunasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish tartibi, shuningdek, “Navroʻz total textile” MCHJga oʻz tovar belgisiga ega boʻlishning afzalliklari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, “Leon Universal” MCHJga tegishli boʻlgan “Leon” tovar belgisidan noqonuniy foydalanish holatini oldini olish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻldi

Gulruxsorabegim Abdusaidova — Toshkent davlat yuridik universitetining jinoiy odil sudlov fakulteti 4-bosqich talabasi — Prezident qarori bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Gulruxsorabegim Abdusaidova kuchli bilim sohibasi, chet (rus, ingliz, yapon va nemis) tillarida mukammal soʻzlashadi. Koʻplab respublika va xalqaro miqyosda oʻtkazilgan nufuzli bellashuvlar, musobaqalar va tanlovlarda munosib qatnashib, faxrli oʻrinlarni egallagan. Xususan, Niderlandiya qirolligi Gaaga shahrida oʻtkazilgan IBA International Criminal Court Moot Court Competition 2024 xalqaro musobaqasida xalqaro jinoiy huquq sohasidagi yozma ishi uchun 100 balldan 93 ballni qoʻlga kiritib, xalqaro sertifikat bilan taqdirlangan.

U Yaponiyaning Nagoya universitetiga 2024-yilgi bahorgi semestrni oʻqishi uchun tanlovda ishtirok etib, universitetning talabalar orasidan chet elga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilingan yagona vakil. Yaponiyada oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan va Nagoya universitetining xalqaro sertifikati bilan taqdirlangan.

Germaniyaning Regensburg universitetiga 2024-yilgi kuzgi semestr oʻqishi uchun eʼlon qilingan tanlovda Gulruxsorabegim TDYUU talabalari orasidan gʻolib chiqqan va toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilingan. Shuningdek, Berlin shahridagi Buyuk Britaniyaning konsulligida International English Language Testing System (IELTS) xalqaro imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, 8.0 (S1) darajali IELTS xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritgan.

AQSHning dunyo reytingida kuchli 100 talikdan joy olgan PennState Dickinson Law universitetiga 2025/2026-oʻquv yiliga magistraturada tahsil olishga eʼlon qilingan xalqaro tanlovda ishtirok etib, 45 ming dollari grant yutib olgan va universitetga oʻqishga qabul qilingan. Shu kabi AQSHning dunyo reytingida kuchli 20 talikdan joy olgan Cornell, Berkeley va Boston universitetlariga magistratura bosqichiga qabul qilingan.

Surxondaryolik Gulruxsorabegim Termiz shahridagi “Bogʻzor” mahallasida 2023-yil yoz faslida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida “Huquqiy madaniyat” toʻgaragini tashkil etgan.

Adliya vazirligi jamoasi Gulruxsorabegimni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

“Klinika” so‘zini eshitganimizda, birinchi navbatda odamlar davolanadigan joy xayolimizga keladi.

Biroq Toshkent davlat yuridik universitetida kasalliklarni davolamaydigan, aksincha huquqiy masalalarni tushunishga yordam beradigan o‘ziga xos klinika faoliyat yuritmoqda.

Yuridik klinika haqida batafsil 👉 videoda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqshunos_oshxonasi

Birovning ovozidan foydalanib qoʻshiq aytayotganlar bor

Karavan guruhiga qanday asos solingan? Mualliflik huquqi buzilgan holatlar boʻlganmi? Guruh ijodkorlari nega hali ham konsert bermadi? “Huquqshunos oshxonasi”ning bu galgi sonida shu va boshqa savollarga javoblar yangradi.

Toʻliq video 👉 https://youtu.be/7SEyFo7dSN4

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Xayriya faoliyatini tashkil etish qoidalari oʻzgarmoqda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol: Menga 1-yil oldin pensiya tayinlangan, ammo chet elga oʻgʻlimnikiga yashagani ketgan edim, olinmagan pensiyamni qancha muddatgacha olsam boʻladi?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Adliya koʻmagida fuqaroga pensiya tayinlashda inobatga olinmagan davrlar ish stajiga qoʻshildi

Yunusobod tumani adliya boʻlimiga fuqaro M.Ziyayev murojaat qilib, 1979—1998-yillar oraligʻida mehnat faoliyatini yuritgan davri Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Yunusobod tumani boʻlimi tomonidan yoshga doir pensiya tayinlashda inobatga olinmayotganligini bildirib, ushbu muammoni hal qilishda amaliy yordam berishni soʻragan.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-iqtisodiy ekspertizalar boʻlimi faoliyati haqida umumiy maʼlumot 👉infografikada

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"Korrupsiyaga qarshi kurashda barchamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak, albatta, yanada katta ijobiy samaraga erishamiz.

Shu bois, mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, sanʼat va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar — umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi kerak.

Bugun sizlar bilan birga belgilab olingan barcha vazifalar aynan ana shunday ruhda ishlab, aniq natijaga erishishga qaratilgan.

Sizlar bu haqiqat va talabni chuqur anglab, ularni amalga oshirishda alohida jonbozlik ko‘rsatasiz, barchaga namuna bo‘lasiz, deb
ishonaman".


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mutaxassis_sharhi

Davlat xaridlarini amalga oshirishda qaysi jihatlarga eʼtibor berish kerak?

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun, 5-mart kuni Toshkentda “Oilaviy zoʻravonlik toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosining monitoringi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Unda adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov ishtirok etdi.

Tadbir Adliya vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), “Madad” NNT va BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol: Shaxs vafot etganda uning yaqinlariga dafn puli beriladimi?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Xotin-qizlar kuni munosabati bilan necha kun dam olamiz?


Xotin-qizlar kuni bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:

▫️8-mart (shanba) — Xotin-qizlar kuni bayrami - barcha uchun dam olish kuni;

▫️9-mart (yakshanba) — Dam olish kuni;

▫️10-mart (dushanba) 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to'g'ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko'chirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-qurilish-texnik ekspertizasi boʻlimi faoliyati haqida umumiy maʼlumot 👉infografikada

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mutaxassis_sharhi

Haqorat va kamsitish: huquqiy javobgarlik va ijtimoiy oqibatlar

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM