ADLIYA YANGILIKLARI
16.5K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.48K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Vazirlik ishchi guruhi Mo‘ynoqda.

Avval xabar berilganidek, vazirlik ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘istondagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining funksional vazifalari ijrosi tahlil qilinib, samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berib borilmoqda.

Bugun ishchi guruh o‘z ishini Mo‘ynoq tumanida davom ettirdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Adliya vazirligi tomonidan sarimsoqning yangi navi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi va huquqiy muhofazaga olindi

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasi tomonidan sarimsoqning yangi “Termiz 2020” navi yaratildi va roʻyxatdan oʻtkazildi. Nav K-81 seleksion klonidan yakka tanlash usuli bilan yaratilgan. Bu nav boshqa sarimsoq navlaridan uzoq vaqt saqlanuvchanligi bilan ajralib turadi.

Sarimsoqning shifobaxsh xususiyatlari juda qadimdan maʼlum. Abu Ali Ibn Sino oʻzining “Tib qonunlari” asarida sarimsoqning xususiyatlari haqida yozib qoldirgan.

Seleksiya yutugʻiga berilgan patentning amal qilish muddati 30 yilga teng. Tok, yogʻochbop, manzarali, mevali daraxtlar va oʻrmon daraxtlarining navlari, shu jumladan ularning payvandtaglari uchun bu muddatni 35 yilgacha uzaytirish mumkin.

Seleksiya yutugʻini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘istonda amaliy seminar o‘tkazildi.

Bugun vazirlik ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘istondagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining funksional vazifalari tahlili natijasi va samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish masalalarida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda Vazir kotibiyati boshlig‘i A.Sarabekov, vazirlik mas’ullari, barcha tuman (shahar) adliya bo‘limi, davlat xizmatlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari va FHDY bo‘limi rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda vazifalar ijrosining bugungi kundagi holati muhokama qilinib, har bir xodim tomonidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) erishilishi bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Sirdaryoda

Akbar Toshqulov “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Sirdaryo tumanidagi “Navoiy” mahallasida bo‘lib, tuman adliya bo‘limining taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” bilan qonunchilikdagi yangiliklar, ularning faoliyatiga metodik yordam koʻrsatish masalalarida suhbatlashib, aholining huquqiy muammolarini hal etish borasida kelgusida birgalikda bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv davomida “Sirdaryo tajribasi” asosida adliya bo‘limi faoliyatida samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish uchun ishlarni to‘g‘ri va samarali tashkil etish yuzasidan zarur ko’rsatmalar berildi.

Shuningdek, adliya vaziri Guliston shahar adliya bo’limining yangi binosi qurilish jarayoni bilan tanishdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol: Shaxs vafot etganda uning yaqinlariga dafn puli beriladimi?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

Allo, 1008 eshitadi!

Adliya vazirligining "1008" ishonch telefonlariga bir kunda, fuqarolar tomonidan 500 ga yaqin huquqiy murojaatlar kelib tushadi. Kun davomida 10 nafardan ortiq xodimlar 50 ga ga yaqin yoʻnalishlar boʻyicha savollarga javob berishadi.

Ularning bir kunlik ish faoliyati bilan video orqali batafsil tanishing.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Obyektiv

Ijtimoiy tarmoqda maʼlumotlarni joylashtirish qanchalik xavfsiz? Ularni qanday muhofaza qilish mumkin?

“Obyektiv”ning mazkur sonida Ichki ishlar vazirligi va Personallashtirish agentligi xodimlari bilan birga shaxsiy maʼlumotlarning xavfsizligi, huquqiy masʼuliyat va kiberxavfsizlik boʻyicha muhim mavzular muhokama qilindi.

Toʻliq video 👉 https://youtu.be/QI5zuTl_alg

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Hamkorlik memorandumi imzolandi

Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Maqsad — qonunchilikni takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, fuqarolarning huquqiy madaniyatni oshirishdir.

Hamkorlik doirasida bir nechta yoʻnalishlar belgilab olindi. Jumladan, qonun loyihalarini ishlab chiqish, nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazish, qonun ijodkorligi sohasida xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va ilgʻor tajribani milliy qonunchilikka implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash kabi masalalarda hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.

Shu bilan birga, oʻzaro manfaatli dolzarb yoʻnalishlarda konferensiya, seminar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1