This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash
Adliya vazirligining bir qator xodimlari kitob almashish tashabbusini qoʻllab-quvvatlab, Yunusobod tumani davlat xizmatlari markaziga oʻnlab huquqiy nashrlar va badiiy adabiyotlarni olib kelishdi. Endi DXMga tashrif buyuruvchilar kitob olib, bilimlar dunyosiga shoʻngʻishi va xohlasa, oʻz kitobini almashtirib qoldirishi mumkin.
“Ziyo ulash” aksiyasi shunchaki kitob almashinuvi emas, balki jamiyatni ilm-maʼrifat atrofida birlashtiruvchi harakatdir. Zero, har bir oʻqilgan sahifa — bu yangi qarash, gʻoya, rivojlanish va boshqalarni ilhomlantirish imkoniyatidir.
Kitoblar javonlarda chang bosib yotmasligi kerak — ular yashashi va insonlarni oʻzgartirishi lozim. “Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshiling, sevimli asarlaringizni ulashing va jamiyatda bilim aylanmasini yaratishga hissa qoʻshing!
Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha
💬 ai.lex.uz — sunʼiy intellekt javob beradi
Savol: Kimlar davlat hisobidan bepul yuridik yordam olishlari mumkin?

#Adliya_hudud
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Yashnobod tumanida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazi binosida Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumanlarida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish yuzasidan ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda 132 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etib, 103 ga yaqin murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi. Shuningdek, 49 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 31 ta murojaat bo‘yicha sayyor davlat xizmatlari hamda 10 ta notarial xizmatlar ko‘rsatildi.
Murojaatlar asosan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, pensiya, kommunal to‘lovlar, imtiyozli kredit, meros, uy-joyga subsidiya olish, ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan bo‘ldi.

#Bir_murojaat_izidan
Gulbahor Yalgasheva Xatirchi tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazida mental arifmetika boʻyicha toʻgarak rahbari. Unga 2024-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtkazilgan tanlovda oʻquvchisi bilan qatnashgan safar xarajatlari toʻlab berilmagan. Yalgashevaning murojaati adliya ish yurituviga olinib, muammo sud orqali hal etildi.

#Adliya_xabari
Aholi va tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik: qurilishga ruxsat olish muddati 40%ga qisqardi
Adliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan Toshkent shahrida eksperiment tariqasida qurilishga ruxsat berish va arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini (ART) ishlab chiqish davlat xizmatlari kompozit tarzda koʻrsatish boʻyicha qoʻshma qaror tasdiqlandi.
Mazkur hujjatga asosan 2025-yil 15-fevraldan boshlab, qurilishga ruxsat berish va arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan muddatlar va koʻrib chiqish bosqichlari sezilarli darajada qisqartirildi.
Xususan, umumiy muddat 20 ish kunidan 12 ish kuniga, koʻrib chiqish bosqichlari 11 dan 7 taga qisqartirildi va yigʻim miqdori
BHMning 1,5 baravardan 0,5 baravariga tushirildi.
Muqaddam mazkur davlat xizmatlaridan foydalanish uchun talabgorlar jami 5 marotaba (ruxsatnoma uchun ariza yuborish, ruxsatnomani olish, ART uchun ariza yuborish, ART toʻlovini amalga oshirish hamda ARTni olish) davlat xizmatlari markazlariga kelishlari lozim boʻlgan boʻlsa, hozirda ushbu raqam 3 marotabagacha qisqardi (YIDXPdan yuborilsa kelish shart emas).
Bu oʻzgarishlar nafaqat ortiqcha ovoragarchilikni, balki vaqt va mablagʻni tejashga ham yordam beradi. Bitta ariza bilan qurilishga ruxsatnoma va ART hujjatlarini olish imkoniyati yaratildi.
Eksperiment 2025-yil oxiriga qadar Toshkent shahrida olib boriladi va natijalari boʻyicha respublika miqyosida joriy qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etiladi.
Yangi tartib shahar va respublikadagi qurilish sohasini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam boʻlib, aholi va tadbirkorlar uchun qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.

“Handalak” kulgi jamoasi aʼzosi, qiziqchi Ortiq Sultonov “Ziyo ulash” loyihasi doirasida Urgut tumani davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan kutubxona burchagiga sevimli kitoblarini taqdim etdi:
💡 Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

“Inson hayotida hech kimni koʻrgisi, eshitgisi kelmaydigan damlar boʻladi. Ana shunaqa paytlarda faqat kitobdan maʼnaviy ozuqa olib, inson ruhi taskin topadi. Mutolaa shunchaki bilim emas, bu — kuch. Kitob oʻqiydigan inson doimo bir qadam oldinda boʻladi”.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xalq_orasida
❓ Kafillik shartnomasini bekor qilsa boʻladimi? Oʻzganing kreditini toʻlagan kafil pullarini qaytarib olishi mumkinmi?
Bu savollarga mutaxassis javob berdi.
Batafsil 👉 videoda.
📌 Kanalga ulanish
Bu savollarga mutaxassis javob berdi.
Batafsil 👉 videoda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash
Adliya vazirligi xodimlari “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida kitoblar bilan o‘rtoqlashishni davom ettirmoqdalar. Navbatdagi manzil — Yashnobod tumani davlat xizmatlari markazi.
Endi markazga tashrif buyurgan har bir kishi kitob olib o‘qishi va keyinchalik o‘z kitobini boshqalar bilan baham ko‘rishi mumkin.
Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.

Joriy yil 18-fevral kuni hududiy adliya organlarida 2025-yilga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarni (KPI) bajarishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan masalalar, adliya bo‘limlari faoliyatida “Sirdaryo tajribasi”ni tatbiq etishning tashkiliy va amaliy jihatlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Vazir kotibiyati boshlig‘i A.Sarabekov raisligida tashkil etilgan ushbu seminarda Markaziy apparatning hududiy adliya organlari bilan bevosita ish olib boradigan boshqarmalari boshliqlari, hududiy adliya organlari rahbarlari, adliya bo‘limlari tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar ishtirokchilariga maqsadli ko‘rsatkichlar erishish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish, alohida ahamiyat qaratish zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan zarur ko‘rsatma va tavsiyalar, ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga atroflicha javob berildi.
📌 Kanalga ulanish
Vazir kotibiyati boshlig‘i A.Sarabekov raisligida tashkil etilgan ushbu seminarda Markaziy apparatning hududiy adliya organlari bilan bevosita ish olib boradigan boshqarmalari boshliqlari, hududiy adliya organlari rahbarlari, adliya bo‘limlari tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar ishtirokchilariga maqsadli ko‘rsatkichlar erishish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish, alohida ahamiyat qaratish zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan zarur ko‘rsatma va tavsiyalar, ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga atroflicha javob berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 18-fevral kuni Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk himoyasini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Ushbu qonun loyihasi bilan:
1) mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzganlik uchun ma’muriy jarima miqdori oshirilmoqda;
2) seleksiya yutug‘iga bo‘lgan huquqni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik kiritilmoqda;
3) patentga oid (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi va seleksiya yutug‘i) huquqbuzarliklar sodir etishda foydalanilgan ashyolarni musodara qilish qo‘shimcha ma’muriy jazo chorasi sifatida kiritilmoqda;
4) adliya organlarining kontrafakt tovarlarni ko‘zdan kechirish va xatlash vakolatlari kiritilmoqda;
5) muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilib, buzilishi javobgarlikka sabab bo‘ladigan intellektual mulk obyektlari doirasi kengaytirilmoqda;
6) intellektual mulk egalarining mulkiy huquqlarini (tovar belgisi, ixtirolar, dasturiy ta’minot, sanoat namunasi va boshqalarga doir huquqlar) buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda;
7) tovar belgisi bo‘yicha ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar huquqbuzar hisobidan muomaladan olib qo‘yilishi va yo‘q qilinishinazarda tutilmoqda.
Qonunning qabul qilinishi intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilinishiga, kontrafakt tovarlar aylanmasining oldini olishga, xorijiy investitsiyalar oqimining yanada ko‘payishiga hamda O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi.

Xo‘jalik jamiyatlarining ijro organi, kuzatuv kengashi hamda majoritar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) mas’uliyati oshiriladi
Bugun, 18-fevral kuni, Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xo‘jalik jamiyatlarining ijro organi, kuzatuv kengashi hamda majoritar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) mas’uliyatini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mazkur Qonun loyihasi bilan “Aksiyadorlik jamiyatlari
va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” hamda “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunlarga xo‘jalik jamiyatlarining ijro organi, kuzatuv kengashi a’zolarining fidusiar majburiyatlarini, majoritar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy majburiyatlari hamda mazkur majburiyatlar bo‘yicha javobgarlikni aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, Qonun loyihasida xo‘jalik jamiyatiboshqaruvi organlari a’zolarining aniq fidusiar majburiyatlari xamda majoritar aksiyador (ishtirokchining) o‘z ustun mavqeyini suiiste’mol qilishining oldini olishga qaratilgan qoidalar belgilanmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, xo‘jalik jamiyatlarining boshqaruv organlari, majoritar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) mas’uliyati oshishiga hamda jamiyat va aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) manfaatlari yanada mustahkam himoya qilinishiga xizmat qiladi.

Savol: Quyosh suv isitish qurilmalarini toʻliq oʻz mablagʻidan oʻrnatganlarga kompensatsiya beriladimi?

#OAV_biz_haqimizda
Maxsus reportaj | «Huquqiy mahalla» loyihasi doirasidagi tadbirlar
📌 Kanalga ulanish
Maxsus reportaj | «Huquqiy mahalla» loyihasi doirasidagi tadbirlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash
“Ziyo ulash” loyihasining yana bir ishtirokchisi — Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira, Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi, “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni sohibasi, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi tarbiyachi-pedagogi Oʻktamxon Soliyeva.
Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.
📌 Kanalga ulanish
“Ziyo ulash” loyihasining yana bir ishtirokchisi — Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira, Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi, “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni sohibasi, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi tarbiyachi-pedagogi Oʻktamxon Soliyeva.
Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi Rustam Aminov pensiyaga chiqqanidan so‘ng 15 yildan ortiq ishlagan davri nafaqasiga qo‘shilmay qolib ketgan.
Shayxontohur tumani adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda ish yurituviga qabul qilingan fuqaro R.Aminovning murojaati o‘rganib chiqilib, natijada adliya bo‘limi xodimlari fuqaroning huquqlarini sud orqali tiklab berishdi va otaxonning pensiyasiga ishlagan davri qo‘shib berildi.
📌 Kanalga ulanish
Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi Rustam Aminov pensiyaga chiqqanidan so‘ng 15 yildan ortiq ishlagan davri nafaqasiga qo‘shilmay qolib ketgan.
Shayxontohur tumani adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda ish yurituviga qabul qilingan fuqaro R.Aminovning murojaati o‘rganib chiqilib, natijada adliya bo‘limi xodimlari fuqaroning huquqlarini sud orqali tiklab berishdi va otaxonning pensiyasiga ishlagan davri qo‘shib berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_munosabati
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Yuridik yordam” axborot tizimida texnik muammolar kuzatilayotganligi haqidagi xabarlar yuzasidan Adliya vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali advokatni tanlashning mexanizmlari belgilangan. Shunga koʻra, tizim tergov va sud organlarining tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilinib, advokatni elektron tanlash funksiyasi ishga tushirilgan.
“Yuridik yordam” axborot tizimi imkoniyatlari takomillashtirilib borilayotganligi, bu borada amaliyotdagi muammolarni aniqlash va ularni tezkorlik bilan bartaraf qilish maqsadida vazirlik tomonidan “Telegram”messenjerida “e-advokat.uz” guruhi tashkil qilingan va ushbu guruhda yoʻllanayotgan masalalarga vazirlik masʼul xodimlari qisqa fursatlarda javob berib kelmoqda.
Bugungi kunda respublika boʻyicha 1 799 nafar advokat davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish haqida ixtiyoriy ravishda adliya organlari bilan “Yuridik yordam” axborot tizimida shartnoma tuzib, tizimga kiritilgan. Hozirda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar ushbu advokatlar orasidan elektron shaklda tanlanmoqda.
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish masalasida tizimning muntazam ishlashi masalasi Adliya vazirligining hayʼat majlisida ham muhokama qilinib, masʼul xodimlarga tizimni doimiy monitoring qilib, uzluksiz ishlashini taʼminlab borish vazifasi berilgan.
“Yuridik yordam” tizimining ishlashi unga integratsiya qilingan boshqa axborot tizimlari bilan bogʻliq boʻlib, ulardagi uzilishlar “Yuridik yordam” axborot tizimiga ham taʼsir koʻrsatadi. Xususan, joriy yilning 7—8-fevral kunlari “E-imzo” tizimida texnik uzilishlar kuzatilganligi sababli, advokatlar orderlarni imzolashda texnik muammolarga duch kelgan. Hozirda ushbu muammo “E-imzo” tizimiga masʼul organlar tomonidan bartaraf etilgan.
Foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish, ishni osonlashtirish va tizim samaradorligini oshirish maqsadida boshqa davlat organlarining platformalarini yangi hisoblangan “Yuridik yordam” tizimiga integratsiya jarayoni davom etmoqda. Ushbu davrda baʼzan texnik nosozliklar yuz berishi mumkin. Adliya vazirligi foydalanuvchilar bilan muloqotga ochiqligi, muammo yuzaga kelganda uni tezkorlik bilan hal qilishga tayyorligini maʼlum qiladi.
❗️Tizim boʻyicha savol yoki muammolar vujudga kelganda, “Telegram” messenjeridagi “e-advokat.uz” guruhi yoki vazirlikning 71-207-04-51 (ichki 1159) telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin. Bu tizimni yanada takomillashtirish imkonini beradi.

“Asaxiy Books” nashriyoti asoschisi, tadbirkor Firuz Allayev “Ziyo ulash” aksiyasini qoʻllab-quvvatladi:
Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.
Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.
📌 Kanalga ulanish
“Asaxiy Books” nashriyoti asoschisi, tadbirkor Firuz Allayev “Ziyo ulash” aksiyasini qoʻllab-quvvatladi:
“Adliya vazirligining “Ziyo ulash” aksiyasi haqida eshitdik va oʻzimizning kitoblarimizni davlat xizmatlari markaziga olib keldik. Aksiyaning gʻoyasi juda yoqdi: har kim kitobni oʻqish uchun olishi va oʻrniga oʻzining kitobini qoʻyishi mumkin. Shunday qilib, kitoblar almashinuvi sodir boʻladi va ular aholining koʻproq qismiga yetib boradigan boʻladi.
Boshqalarni ham aksiyada faol qatnashishga chaqiramiz! Bu orqali barchamiz yanada koʻproq oʻqish, oʻrganish, oʻzimizni va hayotimizni oʻzgartirish imkoniga ega boʻlamiz!“