#Ochiq_adliya
📣 📣 Adliya vazirligida Ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi
Ertaga, 5-dekabr kuni Adliya vazirligi binosida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi. Tadbirda adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklar tashkil qilinadi.
Mazkur burchaklarda sud-ekspertizaga oid jihozlar, davlat xizmatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, Toshkent davlat yuridik universitetning ta'lim jarayoniga tegishli tarqatma materiallar, arxiv hujjatlaridan na'munalar, intellektual mulkka tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, Lex.uz faoliyati, “Adolat” Milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilayotgan eng so‘nggi qo‘llanma, kitoblar bilan tanishib, mahoratli gidlar yordamida vazirlikka oid qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.
Shuningdek, mehmonlar adliya tarixi, kutubxona, muzey, media markaz faoliyati bilan tanishadi.
🗓 Sanasi va vaqti: 5-dekabr, 10:00.
📍 Manzil: Toshkent sh., Sayilgoh ko‘chasi, 5, Adliya vazirligi binosi.
Ro‘yxatdan o‘tish📎 @adliya_axborot, 0(371)-207-04-38
📌 Kanalga ulanish
Ertaga, 5-dekabr kuni Adliya vazirligi binosida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi. Tadbirda adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklar tashkil qilinadi.
Mazkur burchaklarda sud-ekspertizaga oid jihozlar, davlat xizmatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, Toshkent davlat yuridik universitetning ta'lim jarayoniga tegishli tarqatma materiallar, arxiv hujjatlaridan na'munalar, intellektual mulkka tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, Lex.uz faoliyati, “Adolat” Milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilayotgan eng so‘nggi qo‘llanma, kitoblar bilan tanishib, mahoratli gidlar yordamida vazirlikka oid qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.
Shuningdek, mehmonlar adliya tarixi, kutubxona, muzey, media markaz faoliyati bilan tanishadi.
Ro‘yxatdan o‘tish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
“Huquq bilimdonlari — Umummilliy Konstitutsiya imtihoni” gʻoliblari aniqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari – Umummilliy Konstitutsiya imtihoni oʻtkazildi.
Imtihonda respublikaning barcha hududlaridan, shuningdek, xorijiy davlatlarda boʻlib turgan jami 37 ming 764 nafar fuqaro ishtirok etdi.
Tanlov quyidagi 3-bosqichda tashkil etildi:
✔️ 1-bosqichda ishtirokchilar @huquqiyaxborot kanaliga oʻz yaqinlarini taklif qilib, reytingda eng yuqori 1 – 100 oʻringacha boʻlgan ishtirokchilar 2-bosqichga oʻtdi.
✔️ 2-bosqich — test.adliya.uz saytida joriy yilning 27-noyabr kuni oʻtkazildi. Unda qatnashchilar 20 ta test savollariga javob berdi. Test savollariga eng koʻp va tez javob bergan 10 nafar ishtirokchi 3-bosqichga oʻtdi.
✔️ 3-bosqich — suhbat shaklida tashkil etilib, tezkor savol-javob hamda kazuslardan iborat boʻldi.
Baholash natijasiga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan 3 nafar ishtirokchi tegishliligiga koʻra gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblar diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
1-oʻrin — Rahimov Hasan Jamshid oʻgʻli (Qashqadaryo viloyati, maktab oʻquvchisi) — 20 mln soʻm;
2-oʻrin — Hakimov Doniyor Joʻraqul oʻgʻli (Sirdaryo viloyati, litsey oʻquvchisi) — 12 mln soʻm;
3-oʻrin — Amanbayev Azamat Asqarbek oʻgʻli (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, maktab oʻquvchisi) — 8 mln soʻm.
📌 Kanalga ulanish
“Huquq bilimdonlari — Umummilliy Konstitutsiya imtihoni” gʻoliblari aniqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari – Umummilliy Konstitutsiya imtihoni oʻtkazildi.
Imtihonda respublikaning barcha hududlaridan, shuningdek, xorijiy davlatlarda boʻlib turgan jami 37 ming 764 nafar fuqaro ishtirok etdi.
Tanlov quyidagi 3-bosqichda tashkil etildi:
Baholash natijasiga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan 3 nafar ishtirokchi tegishliligiga koʻra gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblar diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
1-oʻrin — Rahimov Hasan Jamshid oʻgʻli (Qashqadaryo viloyati, maktab oʻquvchisi) — 20 mln soʻm;
2-oʻrin — Hakimov Doniyor Joʻraqul oʻgʻli (Sirdaryo viloyati, litsey oʻquvchisi) — 12 mln soʻm;
3-oʻrin — Amanbayev Azamat Asqarbek oʻgʻli (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, maktab oʻquvchisi) — 8 mln soʻm.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
📣 “Konstitutsiya koʻchasi”ga marhamat!
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahrining Sayilgoh koʻchasi va barcha hududlarning markaziy koʻchalarida “Konstitutsiya koʻchasi” tashkil etiladi.
✔️ Tadbir doirasida:
➖ fuqarolarning huquqiy bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida tegishli davlat tashkilotlari tomonidan “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etiladi;
➖ taniqli sanʼatkorlar ishtirokida gala-konsert, koʻngilochar-madaniy va boshqa tadbirlar boʻlib oʻtadi;
➖ sovrinli viktorinalar oʻtkaziladi;
➖ sayyor qabullar tashkil etiladi.
🗓 Sanasi va vaqti: 5-dekabr, 11:00.
📍 Manzil: Toshkent sh., Sayilgoh ko‘chasi (“Brodvey”).
Barcha yurtdoshlarimizni “Konstitutsiya koʻchasi”da oʻtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
📌 Kanalga ulanish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahrining Sayilgoh koʻchasi va barcha hududlarning markaziy koʻchalarida “Konstitutsiya koʻchasi” tashkil etiladi.
➖ fuqarolarning huquqiy bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida tegishli davlat tashkilotlari tomonidan “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etiladi;
➖ taniqli sanʼatkorlar ishtirokida gala-konsert, koʻngilochar-madaniy va boshqa tadbirlar boʻlib oʻtadi;
➖ sovrinli viktorinalar oʻtkaziladi;
➖ sayyor qabullar tashkil etiladi.
Barcha yurtdoshlarimizni “Konstitutsiya koʻchasi”da oʻtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Guliston tuman adliya boʻlimining yangi binosi foydalanishga topshirildi
Tuman markazida zamonaviy va milliy shaharsozlik normalariga muvofiq qad rostlagan ushbu inshootda fuqarolar va tadbirkorlar uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, tezkor, shaffof, sifatli davlat xizmatlari va huquqiy yordam koʻrsatiladi. Yangi binoning foydalanishga topshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligiga munosib tuhfa boʻldi.
👉Batafsil

#Huquqiy_mahalla
“Ushot”da “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar oʻrganildi
Adliya vazirligi masʼullaridan iborat ishchi guruhining Buxoro viloyatiga xizmat safari davomida Jondor tumanidagi “Ushot” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.
Xususan, vazirlik masʼullari tomonidan ushbu mahallada uyma-uy yurgan holda fuqarolarning muammolari oʻrganildi hamda ularga huquqiy tushuntirishlar berildi. Oʻrganish talab etiladigan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan masʼullarga kerakli koʻrsatmalar berdi. Aholini qiynayotgan asosiy masalalar – kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, meros, bandlik, subsidiya olish, taʼlim krediti, uy-joy taʼmiri, moddiy yordam hamda oilaviy munosabatlar bilan bogʻliq murojaatlar oʻrganilmoqda.
Bundan tashqari, mahallada 20 ga yaqin fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatilib, ularning muammolari joyida hal etildi. Tuman FHDY boʻlimi tomonidan joyida 2 nafar fuqaroga farzandlarining tugʻilish guvohnomalari topshirildi. Mazkur loyiha doirasida mahalla aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil qilindi. Tibbiy koʻrik jarayoniga 100 ga yaqin mahalla aholisi jalb etildi.
Tibbiy koʻrik doirasida mahalla aholisining tibbiy-ijtimoiy muammolari muhokama qilindi. Shifokorlar tomonidan turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olish, fuqarolarning tibbiy savodxonligini oshirish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha profilaktik-targʻibot tadbirlari ham oʻtkazildi.
Loyiha doirasida “mahalla yettiligi” hamkorligida fuqarolarning huquqiy muammolari oʻrganilib, bir qator masalalarga yechim topilmoqda.
Jumladan, ushbu hududning tegishli koʻchalarida yoʻl belgilari, elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida ustunlar oʻrnatilib, aholining bu boradagi murojaatlari oʻzining ijobiy yechimini topdi.
Shuningdek, tikuvchilikka qiziqqan yoshlarga subsidiya asosida tikuv mashinasi olishda amaliy koʻmaklashilib, egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Amaliy tashrifning ikkinchi kuni vazirlik masʼullari tomonidan barcha tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari uchun “Zoom” platformasi orqali yigʻilish oʻtkazilib, “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarning tahlili natijalari muhokama qilindi, bu borada boshqa tuman (shahar) adliya boʻlimlari amalga oshirishi lozim boʻlgan vazifalar, tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.