ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan 1 ming 162 nafar xodimning konstitutsiyaviy huquqi tiklandi


Xususan, Sirdaryo-Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi xodimlari oylik ish haqi toʻlovlarini oʻz vaqtida berilmayotganligi hamda huquqlarini tiklanishida amaliy yordam berishni soʻrab Fargʻona viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan Sirdaryo-Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida monitoring oʻtkazilganda, boshqarmaning 1 ming 162 nafar xodimlariga haqiqatan ham ishlangan kunlari uchun oylik ish haqlari toʻlanmasdan, qonunchilik talablari buzilganligi oydinlashdi.

Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga asosan har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq toʻlashning belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.

Yuqoridagilarga asosan, Sirdaryo-Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qonun buzilish holati yuzasidan taqdimnoma kiritildi hamda uning natijasi boʻyicha tashkilotning 1ming 162 nafar xodimlariga haqiqatda ishlangan kunlari uchun 1 mlrd 676 mln soʻm oylik ish haqlari toʻlab berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tadbirkorlar va fuqarolarning huquqiy masalalari, huquqiy xizmat koʻrsatish sifatini oʻrganish maqsadida Navoiy viloyati boʻlib turibdi.

Dastlab hududning Navbahor tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan manzilli muloqotlar oʻtkazildi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joiz, bugungi kunda tumanda 2 832 yakka tartibdagi tadbirkor, 2584 ta kichik biznes subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtgan. Ulardan 8 tasi xorijiy, 5 tasi qoʻshma korxona sifatida faoliyat yuritmoqda.

Adliya vaziri oʻrinbosari oʻrganish davomida hududdagi “Qorovultepa” MFYda joylashgan “Pure Nature oils” oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish korxonasi, “VB Granite group” MChJ granit ishlab chiqarish obyekti hamda “Qorajon” MFYda joylashgan “Navbahor tomorqa xizmati klasteri” ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishdi.

Muloqotda tadbirkorlik faoliyati davomida yuzaga kelayotgan soliq, kommunal xizmatlar, eksport hajmini oshirish bilan bogʻliq masalalari va ularning huquqiy yechimi boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Fuqarolik jamiyati haftaligining ochilish marosimida adliya vaziri Akbar Toshqulov nutq soʻzlab, Oʻzbekistonda davlat va jamiyat oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni mustahkamlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishda amalga oshirilgan islohotlarga toʻxtalib oʻtdi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Vazir o‘rinbosari “Huquqiy mahalla”da

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Navoiy viloyatida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Navbahor tumanidagi “Beshrabot” MFYga “Huquqiy mahalla” maqomi berilgan. Mahalla aholisi bugungi kunda 3 mingga yaqin. Hududda 785 ta xonadon mavjud bo‘lib 30 yoshgacha boʻlganlar 1,5 ming nafarni tashkil etadi.

Aholini qiynayotgan asosiy masalalar kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, subsidiya olish, taʼlim krediti, uy-joy taʼmiri, moddiy yordam hamda oilaviy munosabatlar bilan bogʻliq.

Adliya vaziri o‘rinbosari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida shu kabi masalalar atroflicha o‘rganilib, muammolarni hal qilish borasida adliya boshqarmasi jamoasi, ishchi guruh aʼzolari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Bugungi kunda mahallada har bir xonadon xatlovdan o‘tkazilib, fuqarolarning kadastr va shaxsga doir hujjatlari rasmiylashtirish, bandlik, kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolariga ijobiy yechim topildi.

Shuningdek, ayrim murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Bundan tashqari, adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi, FHDY, YXKM faoliyati ham tahlil etildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM