ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.5K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Intellektual_mulk

Tadbirkorlarga oʻz brendiga ega boʻlishning afzalliklari toʻgʻrisida tushuntirishlar berilmoqda.

Xususan, joriy yilning 27-noyabr kuni Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Nukus shahri va “Xoʻjayli” kichik sanoat zonasida tadbirkorlar uchun sayyor qabullar tashkil etildi.

Qabullarda tadbirkorlarning oʻz intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazishlari uchun sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilib, ularni huquqiy himoya va muhofaza qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, “Panamilk” brendi ostida faoliyat yurituvchi “Pana Milk-Plus” MCHJga tashrif buyurilib, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif davomida jamiyatning bir qator mahsulotlar uchun tovar belgilarini olish bilan bogʻliq muammolari tinglanib, zaruriy tushuntirish va amaliy yordam berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Adliya yoshlarni qoʻllab-quvvatlaydi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan adliya organlariga biriktirilgan yoshlar hamda Toshkent shahar yuridik texnikumi oʻquvchilari uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Yoshlarning navbatdagi tanishuvi Toshkent shahar sudida boʻldi. “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida 50 nafar yoshlar sudlar faoliyati va sudlarda fuqarolarningning huquqlari qanday himoya qilinishi hamda qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishishdi.

Shuningdek, sudyalik kasbiga qiziqishlari uygʻongan yoshlar uchun ham bu kasbning sharafli va mashaqqatli jihatlari haqida batafsil tushintirishlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Joriy yilning 29-noyabr kuni Adliya vazirligida Toshkent davlat yuridik universitetining bitiruvchi talabalari oʻrtasida “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovning saralash bosqichida universitetning 100 nafardan ortiq 4 kurs talabalari ishtirok etib, test hamda talabgor tomonidan yuridik sohaga oid boʻlgan qonunchilikdagi bitta muammo va uning yechimi yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.

Eng yuqori koʻrsatkichlarga erishgan 12 nafar talabalar tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etishga yoʻllanma oldi.

Tanlovning yakuniy bosqichida talabalar 3 ta shart — test sinovlari, muammoli vaziyatga yechim hamda huquqiy mavzudagi blits savol-javob boʻyicha bellashdilar.

Xolislik va shaffoflik, adolat tamoyillariga tayangan holda olib borilgan tanlovning hakamlar hayʼati tomonidan berilgan yakuniy xulosalariga koʻra gʻoliblar aniqlandi.

Unga koʻra “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovi boʻyicha:

1️⃣ Sharipova Marvaridxon Shuhrat qizi 1-darajali diplom hamda 3 000 000 soʻm pul mukofoti bilan;
2️⃣ Matyakubov Ogʻabek Safarboy oʻgʻli 2-darajali diplom hamda 2 500 000 soʻm pul mukofoti bilan;
3️⃣ Abdullayev Asqar Akbar oʻgʻli 3-darajali diplom hamda 2 000 000 soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek,
➖“Eng faol huquqshunos” nominatsiyasi boʻyicha — Sayfullayeva Mahbuba Azim qizi;
➖ “Eng notiq huquqshunos” nominatsiyasi boʻyicha — Fatxullayeva Sevaraxon Ravshan qizi;
➖ “Eng bilimdon huquqshunos” nominatsiyasi boʻyicha — Shoyimqulov Oybek Oʻrazali oʻgʻli maxsus sertifikatlar hamda 1 000 000 soʻm pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi adliya idoralarining soʻnggi 3 yil davomidagi faoliyati sarhisob qilindi.

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi adliya organlari va muassasalarining oʻtgan 3 yil davomidagi faoliyati, jumladan, amalga oshirilgan ishlar ijrosi, tizimda erishilgan yutuqlar barobarida xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar keng muhokama qilindi.

Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda yoʻl qoʻyilgan sustkashliklarga barham berish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bir guruh advokat va notariuslar Yaponiyada malakasini oshirib qaytdi

Joriy yilning 21-29-noyabr kunlari advokat va notariuslaridan tashkil topgan tinglovchilar guruhi Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot va oʻqitish institutida malaka oshirdi. Oʻquv amaliyoti Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan tashkil etildi.

Ishtirokchilar bir hafta davomida Yaponiya adliya va notariat tizimi bilan yaqindan tanishib, mahalliy advokat va notariuslari bilan tajriba almashish imkoniga ega boʻldi. Oʻquv amaliyoti doirasida Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot va taʼlim instituti yetakchi oʻqituvchilari maʼruzalar qildi. Shuningdek, Oʻzbekiston vakillari institut faoliyati bilan tanishdi hamda Yaponiya notariuslar milliy assotsiatsiyasi, Yaponiya advokatlar federatsiyasi hamda Yaponiya Adliya vazirligining xalqaro hamkorlik departamenti xodimlari bilan uchrashdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM