ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Namangan shahridagi 24-umumtaʼlim maktabida boʻldi


Adliya vaziri Akbar Toshqulov Namangan shahridagi 24-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan “Huquq sinfi”da yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, oʻquvchilar bilan muloqot oʻtkazdi.

Vazir yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida toʻxtalib, huquqshunos kasbining muhimligi xususida soʻz yuritdi. Oʻquvchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Maʼlumot uchun, Namangan viloyatidagi 14 ta umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan “Huquq sinf”larida adliya organlari xodimlari tomonidan huquqiy darslar oʻtkazilmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari fuqarolarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari bilan tanishdi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev poytaxtning Yakkasaroy va Yunusobod tuman davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari faoliyati bilan tanishdi.

Vazir oʻrinbosari tuman adliya organlari ish faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni hamda sifatini koʻzdan kechirdi. Aholiga xizmat koʻrsatishda imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish borasida oʻz taklif va tavsiyalarini berib oʻtdi.

Aholini uyma-uy yurib muammolarini oʻrganish boʻyicha berilgan topshiriqlarning ijrosini toʻliq taʼminlash, “Adliya kuni” tadbirlarini oʻtkazib borish boʻyicha adliya boʻlimi masʼul xodimlariga koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, binolarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Axborot-tahliliy faoliyat va qaror qabul qilish asoslari” va “Strategik rejalashtirish va ijro nazorati faoliyati” kurslari bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi.

Unda Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish va Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va metodik taʼminlash boshqarmalari, vazirlik tizimidagi muassasalar hamda hududiy boshqarmalarining Rejalashtirish va nazorat-tahlil shoʻbasi masʼul xodimlari malakasini oshirdi.

Mazkur oʻquv kursda markaz professor-oʻqituvchilari bilan birga yuqori ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchilar dars olib borgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Manzilli targʻibot tadbirlari natijasida yoshlarning muammolari hal etilmoqda

Jizzax viloyat adliya tizimiga 15 mingdan ortiq yoshlar otaliqqa berilgan. Ularning barcha orzu-umidlari, maqsadlarini amalga oshirish uchun chin maʼnoda yelkadosh boʻlayotgan xodimlar sabab muammolarga yechim topilib, yoshlarning kelajakka boʻlgan ishonchi va umidi ortmoqda.

Gʻallaorollik Jahongir ham bir necha yillardan beri ishsiz boʻlib, biron-bir yumushning boshini tutish maqsadida harakat qilayotgan edi. Tuman adliya boʻlimi koʻmagida olingan 5 million soʻm kredit mablagʻi uning hayotini ijobiy tomonga butunlay oʻzgartira oldi.

Hozirda chorvachilik bilan shugʻullanayotgan bu yigit kelajakda oʻzi kabi yoshlarni ham ish bilan taʼminlashni reja qilgan. Eng asosiysi hayotida mazmun, oilasida tinchlik, qut-baraka va ishida unum bor.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Urgut tuman 1-son FHDY bo‘limi 18-noyabrdan tuman davlat xizmatlari markazida faoliyat yuritadi

Xabaringiz bor, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilib kelinmoqda. Xususan, barcha adliya organlarining "yagona darcha" tamoyili asosida birlashtirilayotgani ana shu qulayliklardan biri.

Bitta binoda faoliyat yuritayotgan adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi huquqiy muammolari bilan kelayotgan aholiga ushbu to‘rt organ xizmatlaridan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkonini tug‘diradi.

Endilikda Urgut tuman 1-son FHDY bo‘limi ham tuman davlat xizmatlari markazi binosida ish boshladi. Tug‘ilish, nikoh, o‘lim va ajrim bilan bog‘liq masalalarda endi fuqarolar markaz binosiga borishlari kifoya.

Sizga qulaylik yaratishdan mamnunmiz!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mashhur “Картошка” nomli shokoladning kontrafakti aniqlandi
 
Adliya vazirligiga “Nevskiy konditor” MChJga(Rossiya) tegishli tovar belgisining kontrafakt nusxasiishlab chiqarilayotganligi toʻgʻrisidagi murojaati kelib tushdi.

Mazkur murojaat asosida olib borilgan o‘rganishlar natijasida “F.Y” MChJ tomonidan haqiqatdan ham “Nevskiy konditor” MChJga tegishli “Картошка”nomli shokolad mahsulotining kontrafakt nusxasini ishlab chiqarib, savdoga taklif etganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilib huquqbuzarlik bartaraf etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni ko‘ra tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt deb hisoblanadi.

✅ kanalga a’zo bo’lish
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu

1 milliardning formulasi


O‘qish va o‘qitishni bir vaqtda eplayotgan qiz hikoyasi. Oltin olgan akalarning singlisi kumush bilan cheklandimi? Ustozidan o‘tgan shogirdlari, buning siri nimada? Davlat unga 1 mlrd bergani rostmi? 23 yoshli o‘qituvchining rejalari va tajribada portlatilgan laboratoriya haqida batafsil Hudud24.uzʼning «Qahramonlar» ruknida bilib oling!

To‘liq video 👉 https://youtu.be/92VePdCk_OA?si=DwOtAKZjNpNU03fz

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Jizzax viloyati Zarbdor tumani "Taraqqiyot" mahallasida "Adliya sayli" tashkil etildi.

Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev ishtirok etib, fuqarolarga amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida maʼlumot berdi.

Sayl koʻngil ochar tarzda oʻtkazilib, aholiga turli masalalarda huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berildi, qonunchilikni tushuntirish boʻyicha adabiyotlar va boshqa huquqiy qoʻllanmalar, flayer, bukletlardan iborat stendlar, huquqiy burchaklar tashkil qilindi. Tadbir davomida huquqiy viktorinalar oʻtkazilib, yigʻilganlarning huquqiy bilimlari sinovdan oʻtkazildi va esdalik sovgʻalar topshirildi.

Fuqarolarga 26 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi, 8 ta protsessual hujjat namunasi tayyorlab berildi, 40 nafarga yaqin fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, 120 dan ortiq huquqiy targʻibot materiallari tarqatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM