Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_reportaj
📹 Hujjatsiz qurilgan uylarni qonuniylashtirishning aniq tartib-tamoyillari haqida tushuntirish berildi
👉Batafsil
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
Shaxsga doir maʼlumotlardan qonunga xilof ravishda foydalanish javobgarlikka sabab boʻladi
Soʻnggi vaqtlarda turli toʻlov operatorlari va ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar tomonidan aholiga xizmat koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatishda ularining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlari orqali yordam koʻrsatish taklif qilinmoqda.
“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunda mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlari oʻziga ishonib topshirilgan yoki kasbiy, xizmat yoxud mehnat majburiyatlarini bajarishi sababli maʼlum boʻlib qolgan shaxsga doir maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻymasligi belgilangan.
Biroq, aksariyat hollarda tadbirkorlar va toʻlov operatorlari tomonidan aholiga koʻrsatilgan xizmatlar yakuni boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarning yigʻilishi hamda bu maʼlumotlar boshqa shaxslarga berilishi va natijada undan turli gʻaraz niyatlarda foydalanish holatlari kuzatilmoqda.
❗️ Eslatib oʻtamiz, shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Hurmatli fuqarolar, shaxsga doir maʼlumotlaringizni ishlov berish uchun toʻlov operatorlariga yoki tadbirkorlarga berish orqali kelgusida ushbu maʼlumotlardan boshqa shaxslar tomonidan gʻarazli maqsadlarda foydalanish xavfi ortishi mumkinligini eslatib oʻtamiz.

#Adliya_xabari
Adliya vaziri Akbar Toshqulovning Fargʻona viloyatiga xizmat safari davom etmoqda. Navbatdagi manzil markazdan olis Beshariq tumanining “Rapqon” mahallasi boʻldi.
U yerda vazir “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Akbar Toshqulov “online mahalla” platformasi orqali adliya organlariga yuborilayotgan murojaatlar, mavjud muammolarni ijobiy hal etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, bugunning dolzarb masalalaridan biri — aholi tomonidan noqonuniy egallab olingan yerlarni hujjatlashtirish borasida Kadastr agentligining tuman boʻlimi xodimlari bilan alohida suhbatlashildi. Adliya vaziri aholiga qonunning mazmun-mohiyatini xalqchil tilda tushuntirish hamda adolatli va samarali ijro etilishi yuzasidan fikr yuritdi.
Shuningdek, adliya vaziri Oʻzbekiston tumanining “Oxta tagob” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Uchrashuvda tuman adliya boʻlimi boshligʻi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot berildi.
Vazir mahalla hududida aholi bilan uyma-uy yurib muloqot qilish, ularning kayfiyati va muammolarini oʻrganish, yoshlar bilan manzilli ishlash bilan bogʻliq vazifalarga toʻxtalib oʻtdi. “Mahalla yettiligi”ning aholi muammolarini oʻrganish va hal etish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, yoshlar bilan ishlash masalalari boʻyicha savollariga batafsil tushuntirishlar berildi.

❤1
#Bir_murojaat_izidan
Muhammadxon ota 70 yoshida tugʻilganlik guvohnomasini oldi
👉Batafsil
📌 Kanalga ulanish
Muhammadxon ota 70 yoshida tugʻilganlik guvohnomasini oldi
👉Batafsil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Fargʻona viloyatiga xizmat safari doirasida Qoʻqon shahridagi “Kalvak guzari” MFYda “mahalla yettiligi”ning amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishdi.
Uchrashuvda shahar adliya boʻlimi boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot berdi.
Adliya vaziri “Adliya mahalla” va “Online mahalla” platformalaridan foydalanish jarayonlari bilan tanishib, ishlarni toʻgʻri tashkil etish, xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik hamda belgilangan talablarga qatʼiy amal qilish boʻyicha koʻrsatmalarni berdi.
Maʼlumot uchun, “Kalvak guzari” mahallasida 3 ming 500 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Fuqarolarning 47 foizi tadbirkorlik faoliyati bilan mashgʻul.

Adliya vazirligi hamda adliya organlari va muassasalarining bir qator xodimlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat etib saylandi.
Xususan, yagona saylov okrugi boʻyicha partiyalar roʻyxati asosida:
▫️Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi bosh maslahatchisi Nodira Rashidova;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani Dildora Kamalova.
Bir mandatli saylov okruglari boʻyicha:
▫️Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Abdumannop Buriyev;
▫️Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Ruslan Sabirov.
Vazirlik jamoasi tizim xodimlari qatoridan saylangan deputatlarni tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Adliya vaziri Fargʻonada huquq fani oʻqituvchilari va mediatorlar bilan uchrashdi
Adliya vaziri Akbar Toshqulov yoshlarning maʼnaviyati va tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uygʻotish masalalari yuzasidan Fargʻonada huquqshunoslik fani oʻqituvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda huquq fanining oʻqitishdagi mavjud muammolar va ularning yechimi, huquq taʼlimini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Oʻqituvchilar tomonidan maktablarda huquqshunoslik fanini chuqurroq oʻrgatish va oʻquvchilarning huquqiy ongini yanada oshirish boʻyicha takliflar berildi.
Shu kunning oʻzida adliya vaziri Fargʻona viloyatida faoliyat olib boruvchi professional mediatorlar bilan uchrashdi. Ishtirokchilar mediatsiya institutining bugungi holati hamda istiqboli, professional mediatorlarning faoliyatida uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr almashdi.
Bugungi kunda Fargʻona viloyatida 125 nafar professional mediator faoliyat olib bormoqda. Mediatorlarning 102 nafari xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar, 13 nafari advokat va 10 nafari turli sohalarda faoliyat olib boruvchi fuqarolardan iboratdir.
Uchrashuv davomida mediatsiya sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni rivojlangan davlatlar qonunchiligi bilan uygʻunlashtirish boʻyicha takliflar bildirildi.

Topilmalar va yoʻqolgan ashyolarning elektron reyestri yuritiladi
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yoʻqotilib, topib olingan ashyolarni davlat xizmatlari markazlariga topshirish, saqlash, egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish, shuningdek topilmalar va yoʻqolgan ashyolar reyestrini yuritish boʻyicha koʻrsatilayotgan davlat xizmatini sifati yaxshilandi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yoʻqolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yoʻqolgan ashyolarini topish boʻyicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari Markazga shaxsan kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilishlari mumkin.
🗓 Topilmalar markazda 6 oy davomida saqlanadi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-son qarori.

Adliya vazirligi tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi yoʻlga qoʻyildi
Adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquqiy muammolarini aniqlash va ularni amaliy hal etishga qaratilgan yangicha yondashuvlar qoʻllanilib kelinmoqda.
Xususan, Jizzax viloyati Zarbdor tumanining “Taraqqiyot” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida fuqarolarning huquqiy muammolari oʻrganilib ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy choralar koʻrilmoqda.
Loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolarini savolnoma asosida manzilli oʻrganish va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish, aholiga huquqiy yordam koʻrsatish hisoblanadi.