ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

“Yangiqoʻrgʻon mega yoʻl qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Yangiqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimiga “Yangiqoʻrgʻon tuman yoʻllardan foydalanish” davlat muassasasidan 471 mln 498 ming soʻm qarzdorlik undirib berish yuzasidan qilgan murojaati oʻrganildi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Xatirchida davlat xizmatlari koʻrsatdi


Adliya vaziri A.Toshqulov Navoiy viloyatida boʻlib turibdi. Aholining huquqiy masalalarini, huquqiy xizmatlar sifatini oʻrganish Xatirchi tumanida davom etmoqda.

Xatirchi Navoiy viloyatining eng katta hududlaridan biri. Bu manzilda aholi soni 200 mingdan ortiq, 39 mingta xonadon va 70 ta mahalla bor. Hudud ahlining asosiy masalasi bandlik, mehnat munosabatlari, kadastr hamda shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq.

Adliya vaziri tomonidan hududdagi “Bogʻishamol” MFY da “mahalla yettiligi” bilan oʻtkazilgan muloqotda mazkur masalalar atroflicha tahlil etdi.

Shundan soʻng, adliya boʻlimi, davlat xizmatlari va FHDY faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Adliya vaziri tomonidan fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov kunning ikkinchi yarmida Qiziltepa tumanida boʻldi. Mahalla yettiligi bilan uchrashuv “Boʻlakrobot” MFYda oʻtkazildi. Muloqot davomida vazir “onlayn-mahalla” platformasi orqali fuqaro murojaatlarini kuzatdi.

Bugungi kunda Qiziltepa tumani aholisi 163 100 nafarga teng. Mahallalar soni 53 ta. Fuqarolarning asosiy masalasi bank-kredit, shartnomaviy munosabatlar, kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish, nafaqa va aliment undiruvi, bilan bogʻliq. Muloqot davomida mazkur masalalar huquqiy jihatdan tahlil etildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦

🔎Xabar berilganidek, katta hajmdagi maʼlumotlar yangi serverlarga migratsiya qilinmoqda.

❕Shu munosabat bilan joriy yilning 30-oktabr soat 18:30 dan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklanadi.

❕Shuningdek, joriy yilning 31-oktabr soat 23:00 dan 5- noyabr soat 23:59 ga qadar jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliqlarni to‘lash, soliq hisoboti va deklaratsiyalarni taqdim etish, soliq qarzdorligi haqida maʼlumotlarni elektron tarzda olish hamda boshqa elektron xizmatlardan foydalanish vaqtincha to‘xtatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
______________
#объявление

🔎Сообщалось, что большие данные переносятся на новые серверы.

❕В связи с этим с 18:30 часов 30 октября текущего года до 23:59 часов 5 ноября будет временно ограничена возможность корректировки чеков онлайн-ККТ.

❕Также с 23:00 часов 31 октября до 23:59 часов 5 ноября временно приостанавливается использование таких электронных услуг, как уплата налогов физическими лицами и индивидуальными предпринимателями, представление налоговой отчетности и декларации, получение электронной справки о налоговой задолженности и др.

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
🟦🟦🟦🟦🟦 🔎Xabar berilganidek, katta hajmdagi maʼlumotlar yangi serverlarga migratsiya qilinmoqda. ❕Shu munosabat bilan joriy yilning 30-oktabr soat 18:30 dan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklanadi.…
⚠️ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish hamda katta hajmdagi maʼlumotlar yangi serverlarga migratsiya qilinishi munosabati bilan joriy yilning 31-oktabr soat 23:00 dan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar axborot tizimlarida tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi bildirildi.

Shunga koʻra, davlat xizmatlari markazlarida Soliq qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan xizmatlaridan foydalanish vaqtinchalik cheklanishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mehr_ulash

👍 Adliya vazirligi tashabbusi bilan Respublika qon quyish markazi bilan birgalikda “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi oʻtkazilmoqda.

Aksiya hududlarda ham davom etmoqda.

Donor sifatida mehr ulashing va hayotlarni saqlab qoling!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_muhim

📣 Adliya vazirligining davlat xizmatlari yoʻnalishidagi 1148 “ishonch telefoni” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda.

Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan choralar koʻrilmoqda.

Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida maʼlum qilamiz.

🖥 Каналга уланиш
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston davlat xizmatlarini raqamlashtirishni jadallashtirmoqda: Tojikistondagi forumda adliya vaziri o‘rinbosari sohadagi ustuvorliklar va yutuqlar haqida so‘zlab berdi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni rivojlantirish” mintaqaviy dasturi tomonidan Qozogʻistonning Ostona shahrida “Maʼmuriy huquq va jarayon: hozirgi holati va kelajakdagi chaqiriqlar” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Unda Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori Yesemurat Kanyazov ishtirok etmoqda.

Konferensiya maqsadi — “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni rivojlantirish” loyihasining yakunlarini sarhisob qilish, loyiha natijasining barqarorligini taʼminlash, Markaziy Osiyo davlatlarida maʼmuriy huquq sohasini rivojlantirish yuzasidan muhokamalar oʻtkazish.

Tadbirda Germaniya, Shveysariya, Avstriya, Moldova, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Oʻzbekiston va boshqa davlatlardan davlat xizmatchilari, sudyalar, olimlar, xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Sessiyalar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarida huquqiy davlatchilikni rivojlantirish, maʼmuriy tartib-taomillarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari, maʼmuriy huquq sohasida xalqaro tajribalar hamda maʼmuriy huquq normalarini qoʻllashning ayrim muammoli masalalari muhokama qilinadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM