ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishildi


Adliya vaziri Akbar Toshqulov Navoiy viloyatidagi oʻrganishlar davomida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Nurota tumanidagi “Trade production international” MCHJ marmar va granit plitkalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Uning umumiy qiymati 5 million dollar. Mazkur tadbirkorlik subyekti bugungi 120 metr kub mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.

“Primer textile” masʼuliyati cheklangan jamiyatida hozirda 500 nafardan ortiq xotin-qiz mehnat qilmoqda. Bu yerda maxsus liboslar va bolalar kiyimlari eksporti yoʻlga qoʻyilgan.

Adliya vaziri muloqot davomida bank-kredit, soliq va shartnomaviy munosabatlarga oid masalalar bilan tanishib huquqiy tavsiyalar berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

“Maftunkor ranglar jilosi” 6-respublika rasmlar tanlovi va shaxmat boʻyicha musobaqa oʻtkazildi

Bugun, 30-oktabr kuni “Biz birgamiz!” loyihasi doirasida Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati hamda Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi bilan hamkorlikda 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan nogironligi bor bolalar uchun rasm chizish tanlovi va shaxmat musobaqasi oʻtkazildi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Ilmiy maslahat kengashining dastlabki yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 30-oktabr kuni Adliya vazirligida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Ilmiy maslahat kengashining dastlabki yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari, Ilmiy maslahat kengashi raisi Sh. Rabiyev tomonidan kengashga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishi, rejalashtirilgan ishlar va bugungi kunda dolzarb boʻlgan bir qator masalalarga ilmiy yondashish lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, tadbir davomida kengash aʼzolari tomonidan universitetning ilmiy tadqiqotchilarining soha va hududlarga qisqa muddatli stajirovkaga yuborish, ilmiy-amaliy munozaralarni (crowdsourcing) tashkil etish hamda takliflarni taqdim qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbir yakunida kengash yigʻilishida koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan qizgʻin savol-javoblar qilindi va kun tartibidagi masalalarni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.

Maʼlumot uchun, “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosini taʼminlash hamda davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni keng joriy etish maqsadida adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzurida Ilmiy maslahat kengashi tashkil etilgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM