ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Manzilli targʻibot tadbirlari natijasida yoshlarning muammolari hal etilmoqda

Gulnoza yoshligidan tikuvchilikka qiziqadi. Kasb-hunar kollejida ham aynan shu yoʻnalishda oʻqigan. Ish qurolining soz va yetarli boʻlishi mashaqqatlarni ortga suradi.

Subsidiya asosida tikuv mashinasi olgan Gulnozaga tikayotgan buyumlarining chiroyli va sifatli chiqishida "averlok" chok mashinasi ham nihoyatda zarur edi. Adliya boʻlimi tomonidan Gulnozaning orzusi roʻyobga chiqishi uchun amaliy yordam berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Intellektual mulk huquqiy himoya va muhofaza qilinadi

Bugun Sirdaryo viloyatida Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti masʼullari ishtirokida seminar hamda tadbirkorlar uchun intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish boʻyicha sayyor qabul oʻtkazilib, murojaatlar qabul qilindi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Sh.Kuchkarov va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Uzakovlar 28—29-oktabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, tuman (shahar) adliya boʻlimlari va boshqa adliya muassasalari xodimlari bilan uchrashdi.

Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Sud ekspertlari endilikda maxsus navbatchi avtotransport vositasidan foydalanadi

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida faoliyat yurituvchi sud ekspertlariga voqea sodir boʻlgan joyga chiqib obyektlarni tezkorlik bilan koʻzdan kechirish, ish uchun ahamiyatli ashyoviy dalillarni qidirish, aniqlash, olish va tadqiqotlarni olib borish taʼminlash maqsadida maxsus navbatchi avtotransport vositasidan foydalanish yoʻlga qoʻyildi.

Mazkur avtotransport vositasidan asosan sud-avtotexnika ekspertizasi, yongʻin texnik ekspertizasi, sud qurilish texnikaviy ekspertizasi, sud-trasologik ekspertizasi hamda odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi boʻyicha voqea joyiga chiqishda foydalaniladi.

Muhimi, endilikda ushbu maxsus avtotransport vositasi ekspertiza tadqiqotlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, ekspertlarga voqea joyida turli xil obyektlarni oʻrganish bilan birgalikda xulosalarni rasmiylashtirishga ham imkon yaratiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Navoiy viloyatida boʻlib turibdi. Maqsad aholining huquqiy muammolarini manzilli oʻrganish, “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishish hamda huquqiy xizmatlar sifatini tahlil etishdan iborat.

Dastlabki manzil Nurota tumani boʻldi. Hududdagi “Gʻofur Gʻulom” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv tashkil etildi.

Aytib oʻtish kerak, oʻzining turizm salohiyati, kashtalari bilan elda mashhur boʻlgan Nurotada bugungi kunda 31ta mahalla bor, aholi soni 90 mingga yaqin. Nurotaliklarning asosiy masalasi bandlik, aliment undiruvi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va kommunal toʻlovlar bilan bogʻliq.

“Gʻafur Gʻulom” mahallasida esa ayni paytda 3 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Oilalar soni 686 tani tashkil etib, ulardan 168 tasi kam taʼminlanganlar roʻyxatiga kiritilgan.

Muloqot davomida aholini qiynayotgan masalalar, “Online mahalla” platformasida samarali ishlash, huquqiy masalalar yechimida unikal yondashuvlar eʼtibor markazida boʻldi.

Shuningdek, vazir “Chashma” tarixiy qadamjosi va madaniy meros obyektlari faoliyati bilan tanishib, sektor masʼullari bilan muloqot oʻtkazdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovi oʻtkaziladi

Adliya vazirligining ishga qabul qilish boʻyicha maxsus komissiyasi xulosasi asosida tanlovsiz vazirlik tizimiga ishga kirishni istaysizmi? Unda “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovida oʻzingizni sinab koʻring!

❓ Tanlovda kim ishtirok etishi mumkin?

Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan, umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi oldingi oʻquv semestri davomida 86 va undan yuqori foizni tashkil etgan hamda adliya tizimida faoliyat olib borish istagi boʻlgan 4-kurs talabalari tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.

Tanlov 2 bosqichdan iborat:
▫️ saralash bosqichi (har bir fakultet doirasida);
▫️yakuniy bosqich (TDYU doirasida).

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 1—10-noyabr kunlari qabul qilinadi.

📎Tanlovda qatnashish uchun talabgorlar tomonidan har bir fakultet doirasida tashkil etilgan Tanlov komissiyalariga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
▫️ariza;
▫️talabgorning shaxsiy varaqasi;
▫️talabgorning tanlov oʻtkazilishidan oldingi oʻquv semestri (6-semestr) oʻzlashtirish koʻrsatkichlari (transkript).

❗️Saralash bosqichi test va taqdimot shartlari asosida amalga oshiriladi. Yakuniy bosqich test, kazus (muammoli vaziyatga yechim) va blits savol-javob shartlari asosida oʻtkaziladi.

Tanlov natijalariga koʻra, I, II va III oʻrinlarni egallagan hamda tegishli nominatsiyalarga ega boʻlgan ishtirokchilar Adliya vazirligining ishga qabul qilish boʻyicha maxsus komissiyasi xulosasi asosida tanlovsiz vazirlik tizimiga ishga qabul qilinadi.

🖥 Roʻyxatdan oʻtish

👉Tanlov nizomi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishildi


Adliya vaziri Akbar Toshqulov Navoiy viloyatidagi oʻrganishlar davomida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Nurota tumanidagi “Trade production international” MCHJ marmar va granit plitkalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Uning umumiy qiymati 5 million dollar. Mazkur tadbirkorlik subyekti bugungi 120 metr kub mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.

“Primer textile” masʼuliyati cheklangan jamiyatida hozirda 500 nafardan ortiq xotin-qiz mehnat qilmoqda. Bu yerda maxsus liboslar va bolalar kiyimlari eksporti yoʻlga qoʻyilgan.

Adliya vaziri muloqot davomida bank-kredit, soliq va shartnomaviy munosabatlarga oid masalalar bilan tanishib huquqiy tavsiyalar berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM