ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Sog‘lom demokratiya shuni ta’minlaydiki, odamlar tinglanadi va faqat saylovda ovoz berish bilan cheklanmasdan, qaror qabul qilish jarayonida ham ishtirok etadilar. Bu huquq ustuvorligi, demokratiya va inson huquqlari uchburchagining bir qismidir”

TUIJA BRAX, Finlandiya sobiq adliya vaziri, hozirda Xelsinki universiteti qoshidagi Qonun ustuvorligi markazi direktori

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Madad_loyihasi

“Matonat” filmi
real voqealarga asoslangan boʻlib, Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Madad” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida suratga olingan.

Toshkentda boʻlib oʻtgan film premyerasi haqida batafsil 👉 videoda.

“Matonat” filmini endi YouTube’da ham tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/oTCyEmyI1jo

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

Adliya vazirligining Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hamda “Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega.

❗️Sahifalarning nomidagi maxsus belgi (✔️) orqali ularni oson ajratib olishingiz mumkin.

Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va Telegram messenjeridagi kanallarini eslatib o‘tamiz:

📱 Telegram
@adliyangiliklari
@huquqiyaxborot
@huquqiyaxborot_lotin (lotin)
@pravoinf (rus)
@leginf (ingliz)

📱 Facebook
https://www.facebook.com/minjustuz

📱 Instagram
https://www.instagram.com/adliyanews

📱 Youtube
https://www.youtube.com/c/Adliya

📱 X (Twitter)
https://x.com/MinjustUzb

Axborotni ishonchli manbalardan oling!

🖥 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Hududiy adliya organlari yoshlarga amaliy ko’mak ko’rsatmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Rahbarlar joylarga chiqib aholi muammolarini o‘rganishmoqda


Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan poytaxtning Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazi binosida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.


Sayyor qabul davomida 29 nafar fuqarolarning turli muammolari yaʼni ishga joylashtirish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlari, mulkiy huquqlarga oid hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari masʼullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. 

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, ayrimlariga huquqiy tushuntirish berildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Sayyor qabulda aholi muammolari hal etilmoqda


Adliya vazirligi hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan poytaxtning “Yangihayot” tumanida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Unda adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev ishtirok etdi.

Qabul davomida 30 nafardan ortiq fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari tinglanib, muammolari o‘rganildi.

Ish yurituviga qabul qilingan murojaatlarning aksariyati ijtimoiy himoya, pensiya, ish bilan ta’minlash hamda uy-joy masalasidan iborat bo’ldi.

Xususan, uy-joy masalasida 11 ta, ijtimoiy himoya masalasida 5 ta, aliment masalasida 4 ta, ish bilan ta’minlash masalasida 2 ta, pensiya va soliq masalalarida 1 tadan hamda boshqa masalalarda 3 ta murojaat ish yurituviga qabul qilinib, hal etish choralari ko’rildi. Ulardan 5 nafar fuqaroga shu joyning o’zida davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

🇺🇿 Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun Toshkentda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi xodimlari tomonidan buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga vazirlik jamoasi nomidan gulchambar qo‘yildi va ruhiga hurmat bajo keltirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_tabrigi

Oʻzbek tili bayrami — bu yurtimizda soʻnggi bir necha yillardan beri oʻzgacha shukuh bilan nishonlanib kelayotgan, qonun bilan belgilangan bayramdir. Ushbu kunda xalqimizning maʼnaviy birdamligi va hamjihatligi ramzi boʻlgan oʻzbek tilining ahamiyatini yanada teranroq anglaymiz va u bilan faxrlanamiz.

Ming yillik tarixga ega va bugungi kunda dunyoda 50 milliondan ortiq inson gaplashadigan oʻzbek tiliga Oʻzbekistonda davlat tili maqomi berilgan. Bu yil ushbu sanaga ham 35 yil toʻldi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda davlat tilining qadri va nufuzini oshirish borasidagi jiddiy va ilgʻor qadamlar tashlandi, muhim ishlar amalga oshirildi, oʻzbek tilini jahon miqyosida ommalashtirish borasidagi saʼy-harakatlar yangi bosqichga koʻtarildi. Buning tasdigʻini davlat tilining maqomi va nufuzini tubdan oshirish boʻyicha qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar misolida yaqqol koʻrishimiz mumkin.

Xususan, davlat idoralari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritilishini taʼminlashda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Qonunchilik hujjatlari loyihalarini davlat tilida tayyorlash va qabul qilish, idoraviy-normativ hujjatlarni davlat tiliga oʻtkazish, lotin alifbosida ish yuritishga oʻtish kabi sohalarda katta oʻzgarishlar boʻldi.

Adliya vazirligida ham ish yuritish davlat tilida amalga oshiriladi. Boshqaruvdan tortib eng quyi boʻgʻinlargacha ish yurituvni lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek tilida olib borishga jiddiy eʼtibor qaratiladi.

Adliya organlari va tashkilotlaridagi barcha rasmiy tadbirlar va tantanalar davlat tilida yoki davlat tiliga tarjimasi taʼminlangan sharoitda oʻtkaziladi.

Shuningdek, davlat tiliga oid qonunchilik normalarini aholiga tushuntirish borasida huquqiy targʻibot olib boriladi. Oʻzbek tilining tarixiy va umummilliy birlashtiruvchi ahamiyatini taʼkidlash maqsadida turli ijtimoiy roliklar, viktorina va testlar oʻtkazildi.

Adliya organlari tomonidan oʻzbek tilining boy merosini saqlash va avlodlarga koʻpaytirib, tizimlashtirib yetkazish borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Oʻzbek ismlari izohli imlo lugʻati” yaratildi, “Yuridik atamalar elektron tezaurusi” loyihasi amalga oshirildi.

Bugun dunyoda mavjud minglab tillar orasida oʻzbek tilining oʻz oʻrni va ahamiyati bor. Oʻzbek tili koʻp marta Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbarlarida, ulkan siyosiy sammit va uchrashuvlarda baralla yangrab kelmoqda. Tilimiz tinchlik, doʻstlik va hamkorlik vositasiga aylanib boryapti — bu barchamizga gʻurur va faxr-iftixor tuygʻularini bagʻishlaydi.

Ming yillik tarixga ega zabardast va goʻzal tilimiz yanada taraqqiy etib, qadri tobora oshaversin!

Qadrli yurtdoshlar, barchangizni Adliya vazirligi nomidan 21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman! Ona tilimizga boʻlgan hurmat-ehtirom, eʼtibor doimiy boʻlsin.

Akbar Toshqulov,
adliya vaziri


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

“Oydinlar odamlar orasida” loyihasi haqida

Soʻnggi bir hafta davomida Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan “Oydinlar odamlar orasida” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kungacha Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mahmudxoʻja Behbudiy, Mohlaroyim Nodira obrazlari ishtirokidagi videoqatorlar shahrimizning gavjum joylarida suratga olindi va omma eʼtiboriga taqdim etildi.

Loyihadan maqsad oʻzbek tili xazinasini oʻzining shoh asarlari bilan boyitgan, shu bilan birga, milliy tafakkurda katta oʻsish qilgan buyuk bobolarimiz va momolarimiz siymosi, asarlari, gʻoyalarini keng ommaga, ayniqsa, yoshlarga taʼsirchan targʻib qilishdan iborat.

Ijrochilar professional aktyorlar emas, balki Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari, boʻlajak huquqshunoslar. Loyihani rejalaganimizda biz uchun yoshlarning, talabalarning oʻzlari oydinlarimizning siymosini gavdalantirishi, oʻz talqinlarida berishi hamda zamonaviy va yoshlarga taʼsirchan tarzda targʻib qilishi ahamiyatli boʻldi.

Manzillar sifatida bozorlar, metro bekatlari va Toshkentning gavjum koʻchalari tanlanganida aholi oydinlarimizni faqat televizor yo kinoda emas, real hayotda ham koʻrishi maqsad qilingan.

Taʼkidlash joiz, videolarni suratga olish jarayonida qahramonlarimiz bilan birga suratga tushishni, ularga yaqinroq kelib savollar berishni, yaʼni oydinlarimizni oʻrganish istagini bildirganlar insonlar koʻp boʻldi va bu bizni xursand qildi.

Ushbu loyihada ishtirok etgan, asosiy ishidan, darslaridan, imtihonlaridan ortib vatanparvarlik tuygʻusi bilan oydinlarimizni targʻib qilishga jon deb kirishgan TDYU oʻqituvchi va talabalariga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Ish beruvchi qanday hollarda xodimga kompensatsiya to‘lashga majbur

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 286-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati “Samarqand” viloyat teleradiokanali bilan hamkorlikda yangi loyihani yoʻlga qoʻymoqda.

“Huquq hududi” koʻrsatuvi. Mazkur koʻrsatuv orqali xalqimizni qiziqtirgan huquqiy masalalar, huquqiy muammolar, qonunchilikdagi oʻzgarishlar, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, qonuniy imtiyozlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar berib boriladi.

Koʻrsatuvda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, xususan, huquqshunos, advokat, sudyalar, turli soha mutaxassislari bilan suhbatlar tashkil etiladi. Dasturning har bir soni muayyan bir mavzuga bagʻishlanib, hududlardagi huquqiy masalalardan kelib chiqib, oʻsha manzilda tasvirga olinadi.

Koʻrsatuvning ilk soni oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlar va ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni eʼtirof etishga bagʻishlandi.

Tez kunlarda koʻrsatuvning yangi sonini tomosha qiling.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Sh.Kuchkarov va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Uzakovlar 21—22-oktabr kunlari Surxondaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari bilan uchrashdi.

Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, olis hududlarda faoliyat olib boruvchi yosh xodimlar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularning takliflari va muammolari tinglandi hamda bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Xitoyning Suchjou shahridan kelgan investor Yuan Dongsheng Oqdaryo tuman davlat xizmatlari markazida “Yaxing Guoji Maoyi” MCHJni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Maʼlumki, markazlarda mamlakatimizga investitsiya olib kirish niyatida boʻlgan ishbilarmonlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Xususan, investorlar xonasi, navbatsiz xizmat koʻrsatish shular jumlasidan. Yuan Dongsheng ham 5 daqiqa ichida davlat xizmatlaridan foydalanib, yurtimizda qonuniy tadbirkorlik bilan shugʻullanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Asosan eksport, import va servis faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi korxona nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish, sotib olish, qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Investor kelgusida 30 dan ortiq ishlab chiqarish va xizmat turlarini yoʻlga qoʻyish niyatida.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi vakillari Filippinda oʻtkazilgan xalqaro forumda ishtirok etdi

Adliya vazirligi xodimlari Filippin poytaxti Manila shahrida oʻtkazilgan 16-Xalqaro investitsiya siyosati forumida ishtirok etdi. Ushbu forum Filippin Hukumati tomonidan tashkil etilgan. Tadbir dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan, jumladan Oʻzbekistondan kelgan davlat organlari va biznes hamjamiyati rahbarlari, yetakchi mutaxassislar hamda investitsiya sohasidagi ekspertlarni yagona maydon atrofida birlashtirdi.

Forum davomida investitsiyalar, inson huquqlari, ekologiya, soliq boshqaruvi bilan muvofiqligi hamda hukumatlararo investitsiyani ragʻbatlantirish va himoya qilish bitimlari hamda hukumat va investorlar oʻrtasidagi investitsiya shartnomalari doirasida hukumatlar tomonidan investitsiyalarni jalb qilishda qonunchilikni takomillashtirish, avval tuzilgan bitimlar va shartnomalarni hozirgi zamon talablariga mos ravishda qayta koʻrib chiqish zarurati yuzasidan davra suhbatlari oʻtkazildi. Shuningdek, energetika sohasini, ayniqsa qayta tiklanuvchan energiyani rivojlantirish yuzasidan Energetika Xartiyasiga doir shartnomadagi mavjud boʻlgan muammolar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan tashkil etilgan mintaqaviy texnik yordam doirasida kengroq mintaqaviy integratsiya va barqaror rivojlanish maqsadlarini ragʻbatlantirish uchun “Mintaqaviy savdo bitimlari va xalqaro investitsiya bitimlari boʻyicha bilimlarni mustahkamlash” mavzusidagi yigʻilishda vazirliklarning masʼul xodimlari ishtirok etdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

2024-yil III chorakda qaysi hujjat eng ko‘p o‘qildi?
Lex.uz statistikasi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Adliya organlari muqobil energiya resurslaridan samarali foydalanmoqda


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM