ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Davlat_xizmatlari

🔍 Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Adliya vazirligi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini baholash uchun yangi tizim — baho.davxizmat.uz ishga tushirildi.

Edilikda ko‘rsatilgan davlat xizmatlarining sifatini baholash va taklif berish uchun markazlarda joylashtirilgan QR-kodlarni skaner qiling hamda fikr bildiring!
Sizning fikringiz davlat xizmatlari sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi!

📍Hozirda ushbu tizim Toshkent shahridagi markazlarda test rejimida ishlatilmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuridik taʼlim va sud-ekspertiza boshqarmasi yetakchi maslahatchisi, 3-darajali adliya maslahatchisi Lolaxon Karimova bugun, 13-oktabr kuni 55 yoshni qarshiladi.

Adliya vazirligi sodiq va tajribali hamkasblarni doimo qadrlaydi va Lolaxon Karimovnani hayotidagi muhim sana bilan samimiy qutlaydi!

Lolaxon Karimovna o‘z faoliyatini 1989-yildan huquqshunos sifatida boshlagan, adliya organlarida esa 2000-yildan ishlab kelmoqda. Vazirlik markaziy apparatida 20 yildan ortiq vaqtdan beri mehnat qilib, jamoaning jonkuyar va tajribali a’zosiga aylangan.

Adliya vazirligi jamoasi Lolaxon Karimovnani yubiley bilan tabriklaydi, mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, xonadoniga fayzu-baraka, oilaviy baxt va mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya

Ra’no Shodiyeva:
— Oʻz haq-huquqlarim, brendim, intellektual mulkni himoya qiladigan tashkilotlar haqida juda kerakli ma’lumotga ega boʻldim.

👉Toʻliq video

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifingi

📣 Bugun, 14-oktabr kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Shoxidaxon Yuldasheva ishtirokida brifing boʻlib oʻtadi.

Mavzu: Toshkent shahrida MDH ishtirokchi davlatlari Adliya vazirlari kengashining 18-majlisi o‘tkazilishi yuzasidan.

⏳Vaqti: 15:00

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifingi

Toshkentda MDH ishtirokchi davlatlari Adliya vazirlari kengashining 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Bu haqida Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Shoxidaxon Yuldasheva AOKAda o‘tkazilgan brifingda xabar berdi.

👉Batafsil
________________

В Ташкенте пройдет 18-е заседание Совета министров юстиции государств — участников СНГ

👉Подробнее

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Adliya vazirlari kengashining 18-majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston adliya vazirlari ishtirok etadi.

🗓 Qachon: 2024-yil 17-oktabr kuni, 09:30 da

📍Qayerda: Toshkent shahri, International Hotel Tashkent mehmonxonasi (mo‘ljal — "Bodomzor" metro stansiyasi).

OAV vakillarini ushbu tadbirda ishtirok etish va keng yoritishda hamkorlikka chorlaymiz.

❗️Tadbirda qatnashish uchun: 71-207-04-38 (ichki raqam — 1073, 1071) telefon raqami yoki @adliya_axborot Telegram akkaunti orqali ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Notariuslar litsenziyasi to‘xtatildi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi Malaka komissiyasining qaroriga asosan, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli qarori bilan:


▫️Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius K.Azimova hamda F.Xodjayev,
▫️Ishtixon tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius J.Xalikov,
▫️Urgut tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius G.Mahkamovaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 5-oktyabrdan 15 kun,
▫️Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvch notarius M.Djurayevga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 5-oktyabrdan 2 oy muddatga to‘xtatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Surxondaryo viloyatida markazdan eng olis hududda joylashgan mahallada aholi muammolarini oʻrgandi

“Oʻrmonchi” mahallasi viloyat markazidan qariyb 200 km uzoqlikda boʻlib, Boysun tumanining togʻli hududlaridan hisoblanadi.

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev “Oʻrmonchi” mahallasida uyma-uy yurish davomida fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi, shuningdek shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud boʻlmagan fuqaroning murojaati ish yurituviga qabul qilinib amaliy yordam koʻrsatilishi maʼlum qilindi.

Xizmat safari davomida adliya vaziri oʻrinbosari 50-sonli hamda 53-sonli maktablarda, dastavval, oʻquvchilar va pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlarini koʻzdan kechirdi. Soʻngra ushbu maktablarda yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, X.Meliyev “Oʻrmonchi” mahalla masʼullari bilan muloqot oʻtkazib, sohada yuzaga kelayotgan huquqiy muammolarga alohida toʻxtaldi va oʻzining fikr va mulohazalarini bildirdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM