ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Sh.Kuchkarov va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Uzakov 26—27-sentabr kunlari Navoiy hamda Samarqand viloyatlaridagi tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari bilan uchrashdi.

Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Armanistonda sud ekspertiza faoliyatiga oid xalqaro konferensiyada adliya vakillari ishtirok etmoqda

Armaniston poytaxti —Yerevan shahrida Milliy ekspertiza byurosi tashkil etilganligining 20-yilligiga bagʻishlangan “Sud ekspertiza faoliyatining huquqiy tizimdagi roli va ahamiyati. Dolzarb vazifalar, rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori oʻrinbosari Otabek Negmatov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Markaz delegatsiyasi konferensiyaning ochilish marosimida ishtirok etib, plenar yigʻilishida Otabek Negmatov Oʻzbekistonda sud ekspertiza faoliyatidagi islohotlar, amalga oshirilgan ishlar hamda sohaga tatbiq etilgan innovatsion yechimlar boʻyicha maʼruza qildi va Milliy ekspertiza byurosi tashkil etilganligining 20-yilligi bilan Milliy ekspertiza byurosi jamoasini samimiy qutladi.

Konferensiyaning 4-seksiyasi yigʻilishida markazining Sud-iqtisodiy ekspertizasi boʻlimi mudiri Shavkat Urozmatov uyushgan jinoyatchilikni fosh etishda sud iqtisodiy ekspertizaning ahamiyati haqida maʼruza qildi.

Shuningdek, markaz delegatsiyasi Milliy ekspertiza byurosida sud ekspertlik faoliyati boʻyicha yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Важное нововведение для ННО и юридических лиц

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar uchun muhim yangilik

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​#Adliya_xabari

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi

Joriy yilning 27-sentabr kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.

Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi. Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 26 nafar talabgor ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 9 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Andijon viloyatidan:

▫️Akbarov Mansurbek Abdumutalipovich;
▫️Qosimov Shuhratbek Tojimuhammatovich;

Qashqadaryo viloyatidan:
▫️Raximov Akmaljon Daminovich;

Navoiy viloyatidan:
▫️Narbayev Jahongir Temur o‘g‘li;

Xorazm viloyatidan:
▫️Baxtiyorov Sirojbek Shodlik o‘g‘li;
▫️Xudaykulov Dostonbek Xasanovich;
▫️Bobojonov Ulug‘bek Sharipovich;

Toshkent shahridan:
▫️Raxmonov Timur Ravshanovich;

Farg‘ona viloyatidan:
▫️Axmedov Oybek Rayimjon o‘g‘li;

Malaka imtihoni joriy yilning 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

Ayollarga uy-joy uchun imtiyozlar

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga kimlar kiradi, ular qanday aniqlanadi, qonunchilikda bunday ayollarga uy-joylar berish tartibi qanday, talablar, imtiyozlar, subsidiyalar haqida «Ayollar ko‘rsin» podkastining navbatdagi sonida bilib olasiz.

To‘liq video 👉 https://youtu.be/9GltBFapKDI

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Xorazm viloyatida aholi va tadbirkorlarning huquqiy muammolarini oʻrgandi


Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan Xorazm viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazildi.

Xususan, Urganch tumanidagi “Turkmanlar” mahallasida boʻlib oʻtgan sayyor qabulda uy-joy, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, aliment, ijtimoiy himoya va boshqa masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 20 nafar kishiga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qoʻshimcha oʻrganishlarni talab qiladigan 30 tadan ortiq murojaatlar adliya ish yurituviga olindi. 50 nafardan ortiq aholi vakillariga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan koʻtarilgan masalalarni hal etish boʻyicha Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatiga va tumandagi mutasaddi idora va tashkilotlari vakillariga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Xiva tumanidagi “Xiva teks” fabrikasi hamda Xiva shahridagi “Xiva gilamlari” kombinatida boʻlib, tadbirkorlar bilan ularning faoliyatida mavjud muammolarni muhokama qildi. Muloqot davomida bildirilgan qonunchilikka takliflar kelgusida batafsil oʻrganilib, tadbirkorlik faoliyatida vujudga kelayotgan tizimli muammolarni hal etish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlar koʻrilishi bildirib oʻtildi.

@adliyangiliklari