ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bilasizmi

Ish vaqti haqida muhim 8 savolga javob


Xodimga qisqartirilgan ish vaqti qo‘llanilganda uning ish haqi kamaytirilmaydi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
📣📣 OʻzNNTMA NNT rahbarlari uchun malaka oshirish kurslariga talabgorlar arizalari qabuli boshlanganligini e'lon qiladi

Malaka oshirish joyi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi

Sanasi: 2024-yil 11— 21-noyabr

Qabul kvotasi: 66 nafar NNT rahbari

❗️Malaka oshirish kursi bepul!

🗂 Hujjatlar "zip fayl" koʻrinishida uznntma.2024@gmail.com elektron pochtasiga yuboriladi:

1. Ariza (ilovaga muvofiq);
2. NNT rahbarining maʼlumotnomasi (obyektivka, word formatda);
3. NNT rahbari etib saylanganligi to‘g‘risidagi hujjat (buyruq)dan ko‘chirma;
4. NNT rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti,
ID kartasi) nusxasi;
5. NNT rahbarining fotosurati – 1 dona (9 x 12 hajmda, oq fonda);
6. NNT guvohnomasi nusxasi.
7. NNTning yuqori turuvchi tashkilotidan rozilik xati (agar yuqori tashkiloti mavjud bo‘lsa).

Hujjatlar to‘liq bo‘lmagan holatda nomzod tanlovda ishtirok etmaydi.

❗️Arizalar 2024-yil 20-oktabrga qadar qabul qilinadi.

Saralab olish bo‘yicha tanlov 👉Nizomi.

Murojaat uchun:
(55) 503-05-12, (33) 202-15-26

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Xorazm viloyatida adliya organlari va “mahalla yettilik”lari faoliyati bilan tanishdi


Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh hududiy adliya organlarining faoliyati hamda “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini joylarga chiqqan holda oʻrganmoqda.

Xususan, adliya vaziri oʻrinbosari Gurlan tumanidagi “Eshimjiron” mahallasida boʻlib, MFY “yettiligi” bilan uchrashdi. Asosiy eʼtibor aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolar, ularni hal etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligi taʼminlash, yoshlar boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, oilaviy zoʻravonlikni oldini olish kabi masalalarga qaratildi. “Mahalla yettiligi” faoliyatini yaxshilash boʻyicha xodimlarining taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.

Vazir oʻrinbosari tuman markazida joylashgan “Gurlan sport majmuasi”da boʻlib, unda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda sportni rivojlantirish imkoniyatlari koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, X.Meliyev Gurlan tumanida davlat xizmatlari markazi, FHDY, Yuridik xizmat koʻrsatish markaz va adliya boʻlimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Urganch shahrida “Thermo Plus” Khorezm insulation Group tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorga sohaga oid qonunchilik boʻyicha tushuntirishlar berildi, uning muammolari oʻrganilib, takliflar tinglandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Sh.Kuchkarov va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Uzakov 26—27-sentabr kunlari Navoiy hamda Samarqand viloyatlaridagi tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari bilan uchrashdi.

Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Armanistonda sud ekspertiza faoliyatiga oid xalqaro konferensiyada adliya vakillari ishtirok etmoqda

Armaniston poytaxti —Yerevan shahrida Milliy ekspertiza byurosi tashkil etilganligining 20-yilligiga bagʻishlangan “Sud ekspertiza faoliyatining huquqiy tizimdagi roli va ahamiyati. Dolzarb vazifalar, rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori oʻrinbosari Otabek Negmatov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Markaz delegatsiyasi konferensiyaning ochilish marosimida ishtirok etib, plenar yigʻilishida Otabek Negmatov Oʻzbekistonda sud ekspertiza faoliyatidagi islohotlar, amalga oshirilgan ishlar hamda sohaga tatbiq etilgan innovatsion yechimlar boʻyicha maʼruza qildi va Milliy ekspertiza byurosi tashkil etilganligining 20-yilligi bilan Milliy ekspertiza byurosi jamoasini samimiy qutladi.

Konferensiyaning 4-seksiyasi yigʻilishida markazining Sud-iqtisodiy ekspertizasi boʻlimi mudiri Shavkat Urozmatov uyushgan jinoyatchilikni fosh etishda sud iqtisodiy ekspertizaning ahamiyati haqida maʼruza qildi.

Shuningdek, markaz delegatsiyasi Milliy ekspertiza byurosida sud ekspertlik faoliyati boʻyicha yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

@adliyangiliklari