ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
“Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi VI Respublika savdo yarmarkasi boshlandi.

Avval xabar berganimizdek, diyorimizning tarixiy maskanlaridan biri Xiva shahrining Ichan qal’a majmuasida 70 nafarga yaqin nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan qoʻl mehnati bilan tayyorlangan mahsulotlar savdo yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda.

Tadbir koʻtarinki kayfiyatda xalqona kuy-qoʻshiqlar bilan boshlandi. Ishtirokchilar oʻz mahsulotlarini sotish bilan birgalikda madaniy hordiq chiqarishmoqda.

Eslatib oʻtamiz. Savdo yarmarkasi bugun va ertaga ham davom etadi. Barchani taklif etamiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Jizzax viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini joylarga chiqqan holda oʻrgandi.

Xususan, adliya vaziri Doʻstlik tumani “Qahramon” mahallasidagi uchrashuvda mazkur farmon ijrosi yuzasidan tuman adliya boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashib, aholining huquqiy muammolarini oʻrganish, tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etishda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan zarur koʻrsatma va tavsiyalar berdi.

Hududdagi kasb-hunar oʻrganish istagini bildirgan xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari tantanali ravishda topshirildi. Shu bilan birga, mahalla qoshida aholiga xizmat koʻrsatish maqsadida "Mahalla servis" MChJ faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi, xonadonlar uchun zarur boʻlgan yer haydash, yuk tashish, oʻtin yoʻrish, uy ta’mirlash, ekinlarni dorilash va shu kabi koʻplab xizmat turlarini koʻrsatuvchi texnika va asbob uskunalar borligi haqida ma’lumot berildi.

Navbatdagi manzil 1-sonli umamta’lim maktabi boʻldi. Mazkur maktabda tumanidagi huquq tartibot organlarining tashabbusi asosida “Huquq sinfi” tashkil etilgan. Oʻquvchilarni huquq faniga qiziqtirish maqsadidagi bu loyiha doirasidagi sinf xonasi toʻliq huquqiy ma’lumotlar aks ettirilgan jihozlar bilan toʻldirilgan.

Shu bilan birga, tumandagi turkiyalik investorlar bilan hamkorlikda ishga tushirilgan “SENTEZ DOʻSTLIK TEXTILE ACCESSORIES” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. Mazkur korxonada 100 dan ortiq xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan. Uchrashuv davomida investorlar bilan suhbatlashildi, muloqot davomida tadbirkorlarga davlatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlar, imtiyoz va imkoniyatlar tushuntirildi.

Huddi shu kabi tadbirlar Zafarobod tumanidagi “Birlik” mahallasida ham tashkil etildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu

Asaxiy.uz asoschisining ortida kim turibdi?

Asaxiy nomi qayerdan kelgan, ma'nosi nima? Ijodkorlar maddoh bo‘lib ketgani qanchalik haqiqat? Million dollarga sotib olingan kitob o‘zini oqladimi? «Shaytanat»lar yo‘qligiga sabab ijodkorlar qadr topmaganida deydi «Qaroqchi»ning obyektiv markazida bo‘lgan tadbirkor Firuz Allayev.

To‘liq video 👉 https://youtu.be/zlGOiGzCmRo

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sayli

Qoraqalpog‘istonda Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida “Adliya sayli” bo‘lib o‘tdi

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Uy-joy uchun subsidiya olish tartibi: muhim 7 savolga javob


Bugun subsidiya uchun arizalar qabul qilish boshlanadi. Ariza beruvchi o‘zining daromadi yetmasa, uning xohishiga ko‘ra, daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Boʻka tumanida adliya boʻlimining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Boʻka tumanida zamonaviy koʻrinishda qurilgan va IT-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan adliya boʻlimining 2 qavatli yangi binosi oʻz faoliyatini boshladi.

Tuman markazida zamonaviy va milliy shaharsozlik normalariga muvofiq qad rostlagan ushbu inshootda fuqarolar va tadbirkorlar uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, tezkor, shaffof, sifatli davlat xizmatlari va huquqiy yordam koʻrsatiladi.

Yangi binoda murojaatchilarga bir vaqtning oʻzida 360 dan ortiq turdagi xizmatlarni koʻrsatish imkoni mavjud. Elektron navbat tizimi, axborot kioskasi, elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish hamda mini-kutubxona ham tashkil qilingan.

Boʻka tuman adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi bir kunda oʻrtacha 300—400 nafar fuqaroga davlat xizmatlari koʻrsatish quvvatiga ega.

@adliyangiliklari