#Adliya_xabari
Adliya vaziri Jizzaxda tizim yoshlari bilan uchrashdi
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Jizzax viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida tizim yoshlari bilan uchrashdi.
Hududda 74 nafar yoshlar faoliyat yuritadi, bu umumiy xodimlar sonining 30 foizidir. Ular adliya tizimining barcha yoʻnalishlarida samarali mehnat qilishmoqda, shu jumladan rahbarlik lavozimlarida.
Samimiy va doʻstona ruhda oʻtgan ochiq muloqotda yoshlarning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi. Adliya vaziri tomonidan yoshlarga tavsiya va maslahatlar berildi.
Yoshlar adliya tizimda oʻz faoliyatini olib borayotganligidan, ularga qaratilgan eʼtibordan mamnun ekanliklarini, bunday ishonch hamda masʼuliyatni oqlash, aholiga sifatli huquqiy xizmatlar koʻrsatish, qonun ustuvorligini taʼminlash uchun sidqidildan mehnat qilishlarini aytib oʻtdi.
Shuningdek, adliya vaziri Jizzax viloyat davlat arxivida boʻlib, hujjatlarning saqlanish sharoitlari hamda tizimdagi yangiliklar, raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.
@adliyangiliklari

Intellektual mulk departamenti nima ish qiladi?| Lokatsiya 1-son
San'atkorlarni chaqirmasa ham tekinga keladigan manzil. Xo‘sh ular nega keladi? Departament muammolarni hal qila olyaptimi? Kontrafakt mahsulotlarning yechimi qaerda? Yopiq eshiklar ortida nimalar bor? Sirlar to‘liq ochildi!
Batafsil 👉 https://youtu.be/r7XLJ_VN2sE

YouTube
Intellektual mulk departamenti nima ish qiladi?| Lokatsiya 1-son
Sanʼatkorlarni chaqirmasa ham tekinga keladigan manzil. Xoʻsh ular nega keladi? Departament muammolarni hal qila olyaptimi? Kontrafakt mahsulotlarning yechimi qayerda? Yopiq eshiklar ortida nimalar bor? Sirlar toʻliq ochildi!
Санъаткорларни чақирмаса ҳам…
Санъаткорларни чақирмаса ҳам…
#Adliya_xabari
Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasi huquqiy jihatdan tartibga solinmoqda
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun Senatning ellik yettinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilib, ma'qullandi.
Mazkur qonunda:
▫️bepul psixologik yordam ko‘rsatiladigan shaxslar toifalari qonun darajasida mustahkamlanmoqda;
▫️aholiga psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy prinsiplari, vazifalari, turlari, shakllari hamda standartlari belgilanmoqda;
▫️psixologik yordam ko‘rsatish standartlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi ko‘zda tutilmoqda;
▫️psixologiya yo‘nalishida oliy ma'lumotga ega shaxslar psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lishlari, shuningdek, psixologiya yo‘nalishidan boshqa oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslar xususiy tartibda psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishdan avval psixologiya mutaxassisligi uchun qayta tayyorlovdan o‘tishi kerakligi belgilanmoqda;
▫️psixologlarning jamoat birlashmalari faoliyatining huquqiy asoslari yaratilmoqda;
▫️psixologlarning huquq va majburiyatlari belgilanmoqda;
▫️psixolog o‘ziga murojaat qilgan shaxsni huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etishga, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda ishtirok etishga da'vat etmasligi kabi bir qator kasbiy cheklovlar nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, mazkur qonun bilan psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ma'muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Mazkur qonunning qabul qilinishi aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasining huquqiy asoslarini yaratilishi, fuqarolarning psixologik yordam olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, xususiy tarzda amaliyot olib borayotgan psixologlar faoliyatini qonuniy amalga oshirilishini ta'minlashga xizmat qiladi.

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullandi.
Mazkur qonun tasdiqlanishi natijasida:
▫️qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga beriladi;
▫️fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan ijaraga olingan yerlarga nisbatan o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga ruxsat beriladi;
▫️kredit majburiyati bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yilgan yerlarni kreditorlar tomonidan onlayn-auksion orqali ijaraga berishga ruxsat beriladi.
Bu o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi yerlarini bozor aktiviga aylantirish va ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga imkon berib, yer uchastkalariga investisiya kiritilishiga keng yo‘l ochadi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast
Siyosat ayollar uchun(mi?)
Ayol kishi uchun deputat bo‘lish qanchalik qiyin, ular bugun siyosiy maydonda faolmi? Qonunchilikda xotin-qizlarning siyosiy huquqlari borasida nimalar deyilgan? Yangi saylov tizimida ayollar ishtiroki bo‘yicha qanday yangiliklar bor, bugungi kunda xotin-qizlar saylash va saylanish huquqlaridan foydalana olyaptimi? Shu va shu kabi dolzarb savollarga javoblar «Ayollar ko‘rsin» podkastining navbatdagi sonida yangradi?
To‘liq video 👉 https://www.youtube.com/watch?v=QgJbjslU9uc

“Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi VI Respublika savdo yarmarkasi boshlandi.
Avval xabar berganimizdek, diyorimizning tarixiy maskanlaridan biri Xiva shahrining Ichan qal’a majmuasida 70 nafarga yaqin nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan qoʻl mehnati bilan tayyorlangan mahsulotlar savdo yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda.
Tadbir koʻtarinki kayfiyatda xalqona kuy-qoʻshiqlar bilan boshlandi. Ishtirokchilar oʻz mahsulotlarini sotish bilan birgalikda madaniy hordiq chiqarishmoqda.
Eslatib oʻtamiz. Savdo yarmarkasi bugun va ertaga ham davom etadi. Barchani taklif etamiz.