ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.52K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi

Adliya vazirligi Raqamlashtirish boshqarmasi boʻlim boshligʻi Usmon Ashirmatovich Baratov 2024-yilning avgust oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

Usmon Baratov Adliya vazirligi tizimidagi oʻz faoliyatini 2018-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida kompyuter tarmoqlari boʻyicha muhandis sifatida boshlagan. 2023-yildan boshlab esa boʻlim boshligʻi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Usmon Baratov Adliya vazirligi faoliyatini raqamlashtirish sohasida oʻzining salmoqli hissasini qoʻshib kelmoqda. Xususan, mahallalarda onlayn davlat xizmatlaridan sodda va qulay tarzda foydalanish imkonini beruvchi interaktiv kiosklarni oʻrnatish boʻyicha ishlarni amalga oshirishda, davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimida katta hajmli maʼlumotlarni tahlil qilish dasturi (Qlik Sense) yaratilishida, boshqarmalarning raqamli pasporti va faoliyat arxitekturasini ishlab chiqishda, davlat xizmatlarini koʻrsatilishida Face-ID texnologiyasini joriy etishda sezilarli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Vazirlik jamoasi Usmon Baratovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Boʻston tumanida ishsiz yoshlarni bandligini taʼminlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi hamda “Adliya va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

🖥 Parkent tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan “Boʻston” mahallasida aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolari aniqlanib, Mahalla.adliya.uz platformasiga kiritildi.

🖥 Oqoltin tumanida boʻlib oʻtgan sayyor qabulda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Jahongir Zohidov fuqarolar murojaatlarini oʻrganib, huquqiy tushuntirishlar berdi, ayrim murojaatlar boshqarma ish yurituviga olindi.

🖥 Samarqand tuman adliya boʻlimi tomonidan “Shoʻrboicha” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

🖥 Namanganda oʻtkazilgan “Yoshlar-huquqiy sayli” tadbirlarida 2 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

🖥 “Tengdoshimga huquqiy yordam” loyihasi doirasida Baxmal va Gʻallaorol tumanlarida targʻibot tadbirlari tashkil etildi.

🖥 Surxondaryo viloyatida Prezidentning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan hujjatlar ijrosi yuzasidan monitoring oʻtkazildi.

🖥 Yangiqoʻrgʻon tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan tibbiyot xodimlariga 69 mln soʻmdan ortiq ish haqi pullari undirib berildi.

🖥 Shahrisabz shahar adliya boʻlimi aralashuvi bilan asossiz ishdan boʻshatilgan xodim ishga tiklandi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mutaxassis_sharhi

Qonunchilikka kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda faqat baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida ekspert sifatida ham ishtirok etishi mumkinligini.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Qoraqalpogʻistonga amalga oshirgan xizmat safari davomida Beruniy va Ellikqalʼa tumanlari hamda Nukus shaharida aholi va tadbirkorlar bilan muloqotlar oʻtkazdi hamda adliya boʻlimlari faoliyati bilan tanishdi.

Jumladan, Beruniy tumanida tashkil qilingan “Ekobozor” investitsiya loyihasi bilan tanishdi.

Ellikqalʼa tumanida huquqni muhofaza qiluvchi oʻrganlari bilan birgalikda “Boʻston” mahallasida istiqomat qiluvchi aholisi uchun sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabul davomida aholini qiynab kelayotgan uy-joy, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, aliment, ijtimoiy himoya va boshqa masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 6 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal qilindi, 11 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi va 7 nafar fuqaroning murojaatlari qoʻshimcha oʻrganish uchun nazoratga olindi.

Xizmat safari davomida vazir oʻrinbosari Ellikqalʼa tumani va Nukus shahar adliya boʻlimlarining yangi binosi qurilish jarayoni bilan tanishib, binoda elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish hududi, bolalar oʻyin maydonchasi, mini-kutubxona, infokiosk va bepul Wi-Fi bilan taʼminlash yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

Qiz bola o‘qib shahar olib beradi(mi?)

Ayollar nima uchun o‘qishi kerak? Aynan xotin-qizlarga ta'limda qanday imtiyozlar berilgan? O‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar, kontrakt uchun foizsiz ta'lim kreditlari, magistraturada bepul ta'lim va soliq imtiyozlari. “Ayollar ko‘rsin” podkastining navbatdagi sonida ayollar va ta'lim mavzusida muhim tavsiyalar, dolzarb savollarga javoblar, foydali maslahatlar berildi.

To‘liq video 👉https://www.youtube.com/watch?v=RresPsiUtB0

@adliyangiliklari
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari (Anasxon Xamdamov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kontrafakt

Bugunda savdo doʻkonlarida turli mahsulotlarning asli bilan birga uning sifatsiz nusxalarini ham koʻp bora uchratamiz. Baʼzida eʼtibor qilamiz, baʼzida esa yoʻq, koʻp hollarda esa ularning farqini bilmaymiz ham.

Mahsulotlar nomini diqqat bilan oʻqisangiz kontrafakt mahsulot nomi ataylab oʻzgartirilganini koʻrish mumkin. Bu uning kontrafakt ekanligini bildiradi.

Kontrafakt - bu tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz hamda isteʼmolchini adashtirish darajasida foydalanishdir. Koʻpchilik tadbirkorlar oʻzgalarning mashhur brendlaridan foydalanib, xaridorni jalb qilishga urinadi. Bu esa huquqbuzarlik sanaladi.

Kanalga ulanish: 👇🏻
@adliyaimd
#Adliya_xabari

Xorazmda nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning VI Respublika savdo yarmarkasi o‘tkaziladi

Ushbu tadbir Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

⏰ Vaqti va sanasi: 21—22-sentabr kunlari, 09.00 dan 17.00 gacha.

📍 Manzil: Xorazm viloyati, Xiva shahri, Ichan qal’a majmuasi.

Yarmarkada mamlakatimizning barcha viloyatlaridan kelgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj va turmushda qiynalayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar sotuvga qo‘yiladi. Bu nogironligi bo‘lgan va og‘ir xastalikka chalingan bolalarning qo‘l bilan yaratgan dunyolari, rasmlari, buyumlari, umidlari va orzulari. Ularni sotib olib, bolalarga lahzalik quvonch, ota-onalarga dori-darmonga yordam, yurakka ozgina taskin berish imkoningiz bor.

Shuningdek, san'atkorlar ishtirokida ko‘ngilochar tadbirlar kutmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi mamlakatlarining intellektual mulk boʻyicha oliy darajadagi uchinchi konferensiyasida qatnashdi

Xitoyning Pekin shahrida Milliy intellektual mulk maʼmuriyati va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bilan birgalikda “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi mamlakatlarining intellektual mulk boʻyicha oliy darajadagi uchinchi konferensiya boʻlib oʻtdi.

Tadbirdan asosiy maqsad — “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi mamlakatlarining intellektual mulk sohasida ochiqlik, birdamlik, oʻzaro manfaatdor hamkorlik oʻrnatish hamda sohani rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarni amalga oshirishdan iborat.

Shuningdek, konferensiya doirasida intellektual mulk sohasida mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlar orqali innovatsiya va ijodkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, vazirlik oʻziga yuklatilgan intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish bilan bogʻliq vazifasini samarali amalga oshirishda xalqaro tajriba almashish muhim ahamiyat kasb etadi.

@adliyangiliklari
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari (Anasxon Xamdamov)
“Imudon” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqargan korxona moliyaviy jarimaga tortildi.
 
Adliya vazirligiga “Abbott Products Operations AG” kompaniyasi oʻziga tegishli “IMUDON” dorivositasining kontrafakt nusxasi sotilayotganligi toʻgʻrisida murojaat qildi.

Murojaatga asosan belgilangan tartibda “A” MChJda tekshiruv oʻtkazilganda “Abbott Products Operations AG kompaniyasining “IMUDON” dorivositasiga adashtirib yuborish darajasida o’xshash bo’lgan “Nest IMUDON” nomi ostida kontrafakt dori vositasi ishlab chiqarilayotganligi aniqlandi.

Taʼkidlab oʻtish joizki “A” MChJ ilgari ham“Magne B6” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanganligi uchun korxona rahbari S.F. maʼmuriy javobgarlikkatortilgan edi.

Biroq, korxona rahbari S.F. tegishli xulosa qilmasdan noqonuniy harakatlarni sodir etib kelgan. Natijada, “A” MChJga 68 mln soʻm moliyaviy jarima qoʻllanildi.

Maʼlumot uchun, “Tovar belgilari, xizmatkoʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlaritoʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt deb hisoblanadi.

Kanalga ulanish: 👇🏻
@adliyaimd
#Adliya_xabari

Hozirgi kunda huquqiy hujjatlari yoʻq yoki toʻliq boʻlmagan, yer uchastkasidan uzoq yillar davomida foydalanib kelayotgan yoki yerga boʻlgan huquqlarni rasmiylashtirish masalasi yer egasiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra oxiriga yetmagan yer uchastkalari mavjud. Qolaversa, amaldagi qonunchilikda ushbu yerlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish uchun huquqiy asos ham, vakolatli organ ham belgilanmagan.

“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi bu boradagi muammolarning huquqiy yechimi boʻldi.

Adliya vazirligi va Kadastr agentligi masʼullaridan iborat ishchi guruh ishtirokida Samarqand viloyatining Toyloq, Ishtixon tumanlari, Samarqand va Kattaqoʻrgʻon shaharlari hokimliklarida 17 ta tashkilot vakillari uchun seminarlar tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari