Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Reportaj 24 | Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning yangi tizimi
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
Koreya Respublikasi Adliya vazirligining Migratsiya xizmati vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Bugun, 29-avgust kuni adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov Koreya Respublikasi Adliya vazirligining Migratsiya xizmati Immigratsiyani rejalashtirish departamenti bosh direktori Kim Jeong-Do boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv boshida tomonlar Oʻzbekiston – Koreya adliya va huquq sohasidagi uzoq yillik hamkorlik masalalariga toʻxtalib oʻtib, amalga oshirilgan tadbirlar va erishilgan natijalarni muhokama qildi.
Migratsiya xizmati vakillariga mamlakatimizda fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlariga oid hujjatlarni olish tartibi, fuqarolik holati yozuvlarini taqdim etish, ularning haqqoniyligini tekshirish hamda apostil qoʻyish bilan bogʻliq rasmiy jarayonlar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.
Kim Jeong-Do janoblari Oʻzbekistonda mazkur jarayonlar toʻliq raqamlashtirilganligini yuksak baholab, koʻplab inson resurslari, mablagʻlar va, eng asosiysi, vaqt tejalishi, buning oqibatida fuqarolarning ogʻiri yengil boʻlishini taʼkidlab oʻtdi.
Shu bilan birga, uchrashuvda ayrim fuqarolar tomonidan Koreya Respublikasiga kirish vizalarini olish uchun taqdim etilayotgan hujjatlarni soxtalashtirish holatlari kuzatilayotganligi maʼlum qilindi.
Tomonlar mazkur holatlarni oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilash va oʻzaro maʼlumot almashish tizimini yoʻlga qoʻyishga kelishib olishdi.

#Adliya_hudud
Hududiy adliya organlari: kun davomida
🖥 Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Jizzax shahrining “Oʻrda” ekologik bogʻida “Adliya sayli” tashkil etildi.
🖥 Mirzaobod tumani adliya boʻlimida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
🖥 Mirzo Ulugʻbek tumanida istiqomat qiluvchi 63 yoshli ayolga “Huquqiy koʻmak” aksiyasi doirasida tugʻilganlikni tiklash dalolatnoma yozuvi rasmiylashtirilib, yangitdan guvohnoma topshirildi.
🖥 Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi tomonidan “Sohibkor” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
🖥 Oqdaryo tumani adliya boʻlimi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda “Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak” huquqiy aksiyasi doirasida tuman tibbiyot birlashmasida va “Mustaqillik” mahallasida uchrashuvlar oʻtkazildi.
🖥 Qon donorlik haftaligi doirasida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi xodimlari begʻaraz qon topshirdi.
🖥 Shoʻrchi tumanida adliya boʻlimi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi xodimlari koʻmagi bilan yoshlarga yer ajratilib, ularning bandligi taʼminlandi.
🖥 Yangiqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi aralashuvi bilan 22 yillik muammo hal etildi.
🖥 Muborak tumani adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Barkamol avlod” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
🖥 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi hududda birinchi yarim yillikda norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati yuzasidan axborot berdi.
@adliyangiliklari
Hududiy adliya organlari: kun davomida
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya organlari va “mahalla yettiligi” hamkorligi Samarqand viloyatida qay darajada yoʻlga qoʻyilgan?
Adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev xizmat safari bilan Samarqand viloyatida boʻlib turibdi. Eʼtibor markazida — davlat xizmatlari sifati, adliya organlari va “mahalla yettiligi” hamkorligi, tadbirkorlarga huquqiy koʻmak masalalari.
Xususan, adliya vaziri oʻrinbosari Kattaqoʻrgʻon tumanida davlat xizmatlaridan foydalanish qulayligi va aholi uchun bu borada yaratilgan sharoitlarni oʻrganib, markazga kelgan fuqarolar, xodimlar bilan muloqot qildi.
Sherzod Rabiyev fuqarolarning huquqiy muammolari bilan ishlash borasida tuman adliya organlari amalga oshirayotgan ishlar koʻlamini oʻrgandi. Yoshlarning adliya organlari faoliyati bilan tanishuviga qaratilgan ochiq eshiklar kunlari tadbirlarini tashkil etish, umuman yoshlar, ularning huquqiy muammolari bilan ishlash jarayonini jonlantirish kerakligini taʼkidladi.
Shuningdek, adliya vaziri oʻrinbosari Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Moʻllakoʻrpa” mahallasi “yettiligi” hamda tuman hokimligida “yettilik” rahbarlari bilan uchrashdi. Fuqarolarning huquqiy muammolarini oʻrganish, tahlil qilib borish, ularni yuzaga chiqishiga sabab boʻlayotgan omillarni aniqlashtirib, qonuniy bartaraf qilish yuzasidan tavsiyalarini berdi.
Taʼkidlangandek, viloyatdagi adliya organlari mahallalar bilan hamkorlikda uyma-uy yurgan holda fuqarolarning huquqiy muammolarini oʻrganib, bartaraf etib bormoqda. Jumladan, adliya organlari tomonidan viloyatdagi 18 mingdan ortiq xonadonlarga uyma-uy kirilib, 1 249 ta huquqiy muammolar aniqlandi. 2 242 ta huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Sudlarga 459 million 675 ming soʻmlik daʼvo arizalari kiritildi, shundan 5 tasi qanoatlantirildi. Bundan tashqari, kiritilgan taqdimnomalar asosida 351 million soʻmlik toʻlovlar undirib berilishi taʼminlandi.
Adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Otajon shirinliklari” va “Sanayev Feruz” xususiy korxona masʼullari bilan uchrashib, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga doir huquqiy masalalar va takliflarni muhokama qildi. Korxona rahbari K. Sanayev murojaati ish yurituviga olindi.

#Mustaqillik_solnomasi
Batafsil 👉 infografikada
@adliyangiliklari
❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2018-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.
Batafsil 👉 infografikada
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Andijonlik tadbirkorlar va yoshlar bilan muloqot oʻtkazildi
Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan Andijon tumanidagi “Andijon sanoat xabi”da 40 ga yaqin tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazilib, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Oʻrganib chiqish talab etiladigan ayrim murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, nazoratga olindi.
Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida kadastr va soliq sohasida uchrayotgan ayrim muammolar yuzasidan vakolatli organlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan kelgusidagi reja va tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, Qoʻrgʻontepa tumani, “Uchqun” MFY binosida adliya organlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazilib, ishga joylashtirish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlari va mulkiy huquqlarga oid 30 dan ortiq murojaatlar masʼullar bilan birgalikda koʻrib chiqildi.
Vazir oʻrinbosari tomonidan ayrim yoshlarning ota-onalari bilan suhbatlashilib, oʻqishga qabul qilingan 9 nafar yoshlarning ota-onalariga tuman hokimligi bilan birgalikda tashakkurnomalar topshirildi.

Fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi
👉Batafsil