ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.53K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Navoiyda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashuvchi vakolatli оrgаn xodimlariga oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi


Joriy yilning 13-avgust kuni Adliya vazirligining masʼul xodimlari tomonidan Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va viloyat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda kontrafaktga qarshi kurashishni koʻzda tutuvchi oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.

Tadbirda Adliya vazirligi maxsus vakolatli оrgаnlаr tomonidan oʻtkaziladigan tezkor vа nazorat tadbirlarida ishtirok etishi va maxsus vakolatli organlarning qаrоrlаrigа asosan kontrafakt mahsulotlar boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda xulosa berishi tartibi va uni amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Mashgʻulot yakunida maxsus vakolatli organlar tomonidan kelgusida viloyat hududida kontrafakt mahsulotlar realizatsiyaga qarshi kurashishda oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Maʼlumot uchun, Prezident Farmoniga muvofiq kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash boʻyicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar oʻtkazish va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qoʻyish va yoʻq qilish huquqlari berilgan.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

❓Renovatsiyadan davlat, investor va mulkdor qanday manfaat koʻradi?

Jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan qonun loyihasi haqida loyihani yozishda ishtirok etgan mutaxassislar bilan 👉toʻliq suhbatni koʻring.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_muhim

📣 Hurmatli hamyurtlar!

Adliya vazirligining 1008 – “Ishonch telefoni” faoliyati taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 17:00 da toʻxtatiladi. Ertaga 09:00 dan faoliyatini boshlaydi.

Murojaatlaringiz boʻlsa, Adliya vazirligining (71) 207-04-43 (ichki raqam — 1021) raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Otaliqqa olingan yoshlarning bandligi taʼminlanmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi vakillari tomonidan Inson huquqlari boʻyicha Toshkent viloyatidagi vakil (ombudsman) hamda boshqa vakolatli tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda Ohangaron shahar “Birlik” mahallasida aholi uchun seminar, boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi va saylov qonunchiligiga oid targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbirlar davomida 90 nafardan ortiq fuqarolarning saylov qonunchiligiga oid qiziqtirgan savollariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Uyma-uy yurgan holda aholining kundalik hayotida uchrayotgan ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari va mulkiy huquqlarga oid muammolari oʻrganilib, murojaatlari ish yurituvga qabul qilindi.

Bepul tibbiy koʻrik tashkil etilib, tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.

Joylardagi targʻibot tadbirlari 2024-yil 24-maydagi Prezident Farmoniga asosan oʻtkazilmoqda.

@adliyangiliklari
📣 Yoshlar, tanlovga tayyormisiz?

Birozdan so‘ng — 10:00 da Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan "Huquqiy bilimlar" tanlovi start oladi.

8-dekabr.adliya.uz sayti orqali 30 ta test va 1 ta huquqiy savollarga javob berish orqali bilimingizni sinang va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting.

Eng tezkor va topqir ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritadi.

G‘oliblar planshet, poverbank, kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.

📎 Eslatib o‘tamiz, tanlovda faqat bitta akkauntdan qatnashish mumkin.

Barcha ishtirokchi yoshlarga muvaffaqiyat tilaymiz!

@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 1995-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️“Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan tartib-taomillar

AOKAda Adliya vazirligi va Kadastr agentligi vakillari ishtirokida shu mavzuda matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Quyidagi 👉havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin:

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Senatorlar Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonunni maʼqulladi

Joriy yilning 15-avgust kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.

Qonun bilan:
▫️ bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etishni va taʼqib etishni (bulling) taqiqlash hamda qonunga binoan bolalarni himoya qilishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda;
▫️ zoʻravonlikdan jabrlanuvchining huquqlari belgilanmoqda;
▫️ bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar belgilanib, jumladan zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi berish tartibi yoʻlga qoʻyilmoqda.

Qonun bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlariga murosasiz munosabatda boʻlish va zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

@adliyangiliklari