ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.53K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Yurisprudensiya taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim muassasasi talabasi boʻlolmadingizmi?


Siz uchun Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida oʻqish imkoniyati mavjud.

Oliy taʼlim muassasasida toʻplagan balingiz orqali yuridik texnikumlarga oʻqishga kirish imkoniyatiga egasiz.

Yuridik texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar yurisprudensiya taʼlim yoʻnalishi boʻyicha OTMlarga suhbat asosida oʻqishga kirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Shoshiling, imkoniyatni qoʻldan boy bermang!


@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

Ayni vaqtda Adliya vazirligi va “Oʻzbekiston” telekanali tomonidan oʻzaro hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan “YURIDIK KLINIKA” koʻrsatuvi boshlandi. Koʻrsatuv “Oʻzbekiston” telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: Saylov qonunchiligi

Mavzu yuzasidan oʻz savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bogʻlanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

📹 https://youtu.be/2nFqDrAsO18

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

📣 Yoshlar, zo‘r imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan 15-avgust kuni “Huquqiy bilimlar” tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlovda umumiy o‘rta ta'lim va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining o‘quvchi-yoshlari qatnashishi mumkin.

🖥 Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak (ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni – 13-avgust soat 23:59 gacha).

Tanlov shartiga ko‘ra, ishtirokchilarga elektron platformada 30ta test va bitta huquqiy savol beriladi.

G‘oliblar planshet, poverbank, kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.

📎 Eslatib o‘tamiz, tanlovda faqat bitta akkauntdan qatnashish mumkin.

Bilimingizni sinang va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting.

Barcha ishtirokchi yoshlarga muvaffaqiyat tilaymiz!

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

Jizzaxda “Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak” aksiyasi doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda

Adliya vazirligi tomonidan 1-avgustdan 30-avgustgacha eʼlon qilingan “Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak” aksiyasi doirasida Jizzax viloyatining barcha tumanlarida adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi masʼullari ishtirokida sayyor qabullar va uyma-uy yurish tadbirlari tashkil etilmoqda.

Hafta davomida 16 ta sayyor qabul oʻtkazildi, joylarga chiqqan holda 400 nafardan oshiq xotin-qizlar bilan suhbatlashildi. Ularning muammolari oʻrganilib, tegishliligi boʻyicha sohalar yoʻnaltirilmoqda, shu bilan birga sohaga aloqador murojaatlar ijobiy hal etilmoqda.

Joylarda sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatilib, shu kungacha 45 nafar ayollarga turli yoʻnalishlarda davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Masʼullar qonunchilikdagi yangiliklar, “Mahalla yordami” Telegram boti va uning afzalliklari, “Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak” huquqiy aksiyasi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot bermoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Navoiyda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashuvchi vakolatli оrgаn xodimlariga oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi


Joriy yilning 13-avgust kuni Adliya vazirligining masʼul xodimlari tomonidan Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va viloyat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda kontrafaktga qarshi kurashishni koʻzda tutuvchi oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.

Tadbirda Adliya vazirligi maxsus vakolatli оrgаnlаr tomonidan oʻtkaziladigan tezkor vа nazorat tadbirlarida ishtirok etishi va maxsus vakolatli organlarning qаrоrlаrigа asosan kontrafakt mahsulotlar boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda xulosa berishi tartibi va uni amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Mashgʻulot yakunida maxsus vakolatli organlar tomonidan kelgusida viloyat hududida kontrafakt mahsulotlar realizatsiyaga qarshi kurashishda oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Maʼlumot uchun, Prezident Farmoniga muvofiq kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash boʻyicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar oʻtkazish va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qoʻyish va yoʻq qilish huquqlari berilgan.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

❓Renovatsiyadan davlat, investor va mulkdor qanday manfaat koʻradi?

Jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan qonun loyihasi haqida loyihani yozishda ishtirok etgan mutaxassislar bilan 👉toʻliq suhbatni koʻring.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_muhim

📣 Hurmatli hamyurtlar!

Adliya vazirligining 1008 – “Ishonch telefoni” faoliyati taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 17:00 da toʻxtatiladi. Ertaga 09:00 dan faoliyatini boshlaydi.

Murojaatlaringiz boʻlsa, Adliya vazirligining (71) 207-04-43 (ichki raqam — 1021) raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Otaliqqa olingan yoshlarning bandligi taʼminlanmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi vakillari tomonidan Inson huquqlari boʻyicha Toshkent viloyatidagi vakil (ombudsman) hamda boshqa vakolatli tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda Ohangaron shahar “Birlik” mahallasida aholi uchun seminar, boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi va saylov qonunchiligiga oid targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbirlar davomida 90 nafardan ortiq fuqarolarning saylov qonunchiligiga oid qiziqtirgan savollariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Uyma-uy yurgan holda aholining kundalik hayotida uchrayotgan ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari va mulkiy huquqlarga oid muammolari oʻrganilib, murojaatlari ish yurituvga qabul qilindi.

Bepul tibbiy koʻrik tashkil etilib, tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.

Joylardagi targʻibot tadbirlari 2024-yil 24-maydagi Prezident Farmoniga asosan oʻtkazilmoqda.

@adliyangiliklari