ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.53K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Vazir o'rinbosari A.Karimov tomonidan sayyor qabul tashkil etildi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani "To'rtayg'ir" mahallasida tashkil etilgan "Adliya kuni" tadbiri doirasida adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov fuqarolarni qabul qildi.

Qabul davomida 60 nafardan ortiq fuqarolarning tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish, aliment hamda moddiy yordam olish, bandlikni ta'minlash, meros va boshqa sohadagi huquqiy muammolari o'rganilib, ularga bepul birlamchi yuridik yordam ko'rsatildi hamda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, 20 ga yaqin fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi hamda tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berildi.

Sayyor qabul so'nggida "mahalla yettiligi" bilan suhbat o'tkazilib, ularga "fuqaro-mahalla-adliya" tizimi orqali fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish tizimini samarali yo'lga qo'yish va bu orqali aholi muammolarini manzilli aniqlash hamda qisqa muddatlarda hal qilish imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirish berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Pastdarg'om va Jomboy tuman adliya boʻlimlari faoliyati bilan tanishdi.

Tizim xodimlari bilan muloqot davomida adliya organlarning qoʻshimcha faoliyat yoʻnalishlari hamda adliya boʻlimlariga yuklangan qoʻshimcha vazifalar haqida soʻz yuritilib, bu borada masʼuliyatni yanada oshirish, mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, “mahalla yettiliklari” bilan bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻyish lozimligi taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, yuridik xizmat koʻrsatish markazi faoliyati bilan tanishib, ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi. Vazir oʻrinbosari davlat xizmatlari markazida ham boʻlib, bu yerda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklari faoliyatini koʻzdan kechirdi.

Shu bilan birga, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius bilan ham suhbatlashib, sohani takomillashish yuzasidan taklif va mulohazalari tinglandi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Samarqand viloyat prokuraturasining masʼul xodimlari bilan birgalikda Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasining jazoni ijro etish muassasalari faoliyati bilan tanishdi.

Vazir oʻrinbosari tomonidan ichki ishlar organlarining masʼul xodimlariga jinoiy huquqbuzarliklar va jazoni ijro etish faoliyatiga oid soʻnggi vaqtlarda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida, jumladan adliya organlari faoliyatida soʻnggi vaqtlarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar va yangi tashabbuslar haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

Shu bilan birgalikda, vazir oʻrinbosari tomonidan Samarqand viloyat ichki ishlari boshqarmasining probatsiya xizmati faoliyati bilan tanishildi.

Uchrashuvda probatsiya xizmati mexanizmlarini takomillashtirish, nazorat ostidagi shaxslarga xulq-atvori ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish, ushbu toifadagi shaxslarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish tartiblari haqida fikrlar almashildi.

@adliyangiliklari
#Xorijiy_OAV_biz_haqimizda

Janubiy Koreyaning eng nufuzli elektron manbalaridan biri boʻlgan “KOREA POST” nashri orqali Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori Nodir Jumanyozovning “Aholining huquqiy muammolarini aniqlash va hal etish sohasidagi yangi tizim” nomli maqolasi chop etildi.

Maqola bilan tanshib chiqish 👉 https://www.koreapost.com/news/articleView.html?idxno=42673

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

“Adliya kuni” oʻtkazildi

Guliston tumani “A.Navoiy” mahallasida “Beshbuloq”, “Birlashgan” hamda “Inoqlik” mahallalari aholisi ishtirokida “Adliya kuni” tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda uyma-uy yurish davomida aniqlangan huquqiy muammolar yechimiga eʼtibor qaratilgan holda adliya boʻlimi, JIB tuman sudi, sektor kotiblari, mahalla, kadastr, bandlik va boshqa davlat organlari va tashkilotlari masʼullari taklif qilindi.

Muloqotda fuqarolar kundalik hayotida duch kelinayotgan huquqiy muammolar tahlil qilindi. Xususan, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, tugʻilganlik haqidagi takroriy guvohnoma olish, aliment undirish, kafillik, order va boshqa masalalarda murojaatlar tinglanib, ularning yechimi borasida mutaxassislar tomonidan maslahatlar berildi.

Tadbir davomida aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

@adliyangiliklari