ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.53K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Biologik aktiv qoʻshimchaning kontrafakt nusxasi fosh etildi


“Sanofi” kompaniyasining (Fransiya) murojaatiga asosan “A.Ph.” MChJda adliya organlari tomonidan belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruv davomida “Sanofi” kompaniyasining ruxsatisiz “MAGNE B6” tovar belgisiga o‘xshash bo‘lgan “MAGNE B6” belgisidan dori vositalarining qadoqlarida foydalanilayotganlik holati aniqlandi.
 
Ushbu holat bo‘yicha “A.Ph.” MChJ rahbariga nisbatan MJtkning 177-moddasi (O‘zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish) bilanma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga yuborildi va sud qaroriga ko‘ra MChJ rahbariga 6,8 mln so‘m jarima jazosi tayinlanib, huquqbuzarlik bartaraf etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi Milliy qoʻmitasi aʼzosi, Inson huquqlarini oʻrganish boʻyicha Xitoy jamiyati raisining oʻrinbosari janob Tszyan Tszyango bilan uchrashdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari tadbirkorlar bilan muloqot oʻtkazdi

Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov Sergeli tumanidagi kichik sanoat zonasiga tashrif buyurib, u yerda tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirkor va faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan muloqot davomida, koʻplab ishchi oʻrin yaratgan trikotaj va plastmassa mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarga brend olishning afzalliklari hamda brendni roʻyxatdan oʻtkazmay ishlashning huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlarga oʻz soha faoliyatiga oid huquqiy axborotni, shu jumladan, qonunchilikdagi yangiliklarni olish manbalari va shakllari haqida maʼlumotlar berish bilan bir qatorda, ularning muammo va takliflari oʻrganildi hamda mavjud masalalar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Jizzax shahrida tadbirkorlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri o'rinbosari X.Meliyev va adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev Jizzax shahrida kichik sanoat zonasida faoliyat olib boruvchi ishlab chiqarish korxonalari vakillari va tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shulardan biri qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shug'ullanayotgan "DEYA" fabrikasi hisoblanadi.

Shu bilan birga, "GOC-UZ" shisha tolali kabel ishlab chiqarish korxonasi hamda qurilish ashyolari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mavjud imkoniyatlar va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari, faoliyati davomida uchrayotgan muammolar o‘rganildi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan hududiy adliya organlariga tegishli topshiriqlar berildi.

@adliyangiliklari