ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Farg‘ona shahrida “Adliya kuni” tadbirlari doirasida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda o‘ndan ortiq tashkilotlar ishtirok etdi. 

Qabul jarayonlarida viloyat adliya boshqarmasi vakillari tomonidan fuqarolarning  kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, oylik ustama to‘lovlarni undirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi, moddiy yordam, fuqarolik hujjatlarini qayta tiklash, o‘z-o‘zini band qilish kabi masalalar yuzasidan 40 dan ortiq murojaatlar tinglandi. 

29 ta murojaatlar bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. 7 ta  murojaatlar ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi. Tadbir davomida 27 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
#ADLIYA_OLIS_HUDUDLARDA

Uyma-uy yurib aholining muammolarini oʻrganishlari jarayonida 20 yillik muammoga huquqiy yechim topildi

Viloyat markazidan 200 km tuman markazidan 100 km uzoqlikda joylashgan "Tarqabchig'oy" qishlog'iga borgan odam uning guzal tabiatiga, yuksak tog'lariga mahliyo bo'lishi aniq.

Ammo masofaning uzoqligi fuqarolarda davlar xizmatlariga bo'lgan ehtiyojni birmuncha qiyinlashtiradi. Islohotlar doirasida adliya xodimlari uyma -uy yurib aholining muammolarini bir muncha yengillashtirmoqdalar.

Batafsil👈🏻

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

“Huquqiy targ‘ibot kuni” Navoiy shahrida

Navoiy shahrining Ilm-ma’rifat bog’ida tashkil etilgan navbatdagi targ‘ibot kunida asosan oilaviy munosabatlar hamda FHDY yo‘nalishida huquqiy tushunchalar berilib murojaatlar qabul qilindi.


@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_btifing

📨 O‘tgan davr davomida adliya organlari va muassasalari xodimlarining nojo‘ya xatti-harakatlari yuzasidan jami 120 dan ortiq murojaat va xabarlar kelib tushgan

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Batafsil👈🏻
#Adliya_sarhisob #Ochiq_adliya

Adliya sarhisob: 2024-yilning birinchi yarim yilligida norma ijodkorligi sohasida amalga oshirilgan ishlar

Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob #Ochiq_adliya

Adliya sarhisob: 2024-yil I yarim yillikda eng ko‘p o‘qilgan hujjat

Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

"Huquqiy targ'ibot kuni"da olis hudud aholisining huquqiy muammolari tinglandi


Sardoba tumani “Yangiqishloq” mahallasida tashkil qilingan tadbirda aholi uchun eng dolzarb masalalar aniqlanib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha tizimli huquqiy tushuntirishlar berildi hamda sayyor qabul o'tkazilib muammolar o'rganildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari