#Adliya_xabari
Kosonsoyda “Adliya kuni” o’tkazildi
Aholining huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish va muammolarini joyiga chiqqan holda o’rganish maqsadida hududlarda “Adliya kuni” tadbilari o’tkazib kelinmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati adliya boshqarmasi hamda Kosonsoy tumani adliya bo’limi va daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda tumandagi istirohat bog’ida sayyor qabul hamda mehnat yarmarkasi o’tkazildi. Mazkur tadbirda “Gulobod”, “Navoiy”, “Sadi Sheroziy” hamda “Jomiy” mahallasi fuqarolari ishtirok etdi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari

Adliya vazirligi delegatsiyasi Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bosh direktori Daren Tang bilan uchrashdi
Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) Bosh assambleyasi doirasida joriy yilning 16-iyul kuni BIMT bosh direktori D.Tang adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yuqori darajadagi uchrashuvda vazir o‘rinbosari mamlakatimizda intellektual mulk ekotizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilib kelinayotgan muhim islohotlar haqida, xususan, sohadagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilish, bojxona organlarining kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishdagi vakolatlarining kengaytirilganligi, intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatga olishda rezident va norezidentlar uchun patent bojlarining birxillashtirilganligi, farmatsevtika sohasida klinik oldi va klinik tadqiqotlarni himoya qilish va ixtirolar bo‘yicha majburiy litsenziya berishning huquqiy asoslari yaratilganligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Shu bilan birga, bosh direktor BIMT O‘zbekistonda yoshlarning intellektual mulk sohasidagi bilimlarini oshirish, ayol tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash, intellektual mulk himoyasiga oid xalqaro hujjatlar va mavjud platformalarni o‘zbek tiliga tarjima qilishbo‘yicha hamkorlikni davom ettirishini ta’kidladi.
Shuningdek, bosh direktor O‘zbekistonda Jahon savdo tashkilotiga kirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, BIMT ushbu jarayonlarda, jumladan, intellektual mulk sohasidagi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy etishdayaqindan yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

Bosh direktor O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida kuzatilayotgan o‘zgarishlar unda katta taassurot qoldirayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Shu bilan birga, bosh direktor BIMT O‘zbekistonda yoshlarning intellektual mulk sohasidagi bilimlarini oshirish, ayol tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash, intellektual mulk himoyasiga oid xalqaro hujjatlar va mavjud platformalarni o‘zbek tiliga tarjima qilishbo‘yicha hamkorlikni davom ettirishini ta’kidladi.
Shuningdek, bosh direktor O‘zbekistonda Jahon savdo tashkilotiga kirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, BIMT ushbu jarayonlarda, jumladan, intellektual mulk sohasidagi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy etishdayaqindan yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.
@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach
Tadbirkorning manfaatlari sudda himoya qilindi
Shartnomaga asosan “EASY TRANSPORT SOLUTION” MCHJ Sirdaryo tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga avtotransport vositalari va mashina mexanizmlarini avtomobil yo‘llarini qurish uchun ta’mirlab berish majburiyatini olgan hamda ushbu xizmatlar o‘z vaqtida ko‘rsatilgan. Biroq unitar korxona tomonidan shartnomaviy majburiyatlar lozim darajada bajarilmasdan, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xizmat haqi to‘lab berilmagan.

Farg‘ona shahrida “Adliya kuni” tadbirlari doirasida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda o‘ndan ortiq tashkilotlar ishtirok etdi.
Qabul jarayonlarida viloyat adliya boshqarmasi vakillari tomonidan fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, oylik ustama to‘lovlarni undirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi, moddiy yordam, fuqarolik hujjatlarini qayta tiklash, o‘z-o‘zini band qilish kabi masalalar yuzasidan 40 dan ortiq murojaatlar tinglandi.
29 ta murojaatlar bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. 7 ta murojaatlar ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi. Tadbir davomida 27 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

#ADLIYA_OLIS_HUDUDLARDA
Uyma-uy yurib aholining muammolarini oʻrganishlari jarayonida 20 yillik muammoga huquqiy yechim topildi
Viloyat markazidan 200 km tuman markazidan 100 km uzoqlikda joylashgan "Tarqabchig'oy" qishlog'iga borgan odam uning guzal tabiatiga, yuksak tog'lariga mahliyo bo'lishi aniq.
Ammo masofaning uzoqligi fuqarolarda davlar xizmatlariga bo'lgan ehtiyojni birmuncha qiyinlashtiradi. Islohotlar doirasida adliya xodimlari uyma -uy yurib aholining muammolarini bir muncha yengillashtirmoqdalar.
Batafsil👈🏻