#Adliya_hudud
Mirzaobodda "Adliya kuni"
“Adliya kuni” — joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etishda o‘ziga xos mexanizmga aylandi. Mirzaobod tumani “Navro‘z” mahallasida o‘tkazilgan “Adliya kuni” tadbirida “Bog‘iston”, “Tinchlik” va “Navro‘z” mahallasi fuqarolari huquqiy va davlat xizmatlaridan bahramand bo‘lishdi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
Adliya vazirligi va Rospatent sanoat mulki muhofazasi sohasida hamkorlik qiladi
Vazir oʻrinbosari M.Ikramov va Rossiya Federatsiyasining Intellektual mulk boʻyicha federal xizmati (Rospatent) rahbari Y. Zubov 2024-yilning 10-iyul kuni Sanoat mulki sohasida oʻzaro hamkorlik memorandumini imzoladi.
Ikki tomonlama uchrashuv joriy yilning 9–17-iyul kunlari boʻlib oʻtayotgan Butunjahon Intellektual Mulk Tashkilotiga (BIMT) aʼzo davlatlar Bosh assambleyasi yigʻilishining 65-sessiyasi doirasida boʻlib oʻtdi.
Vazir oʻrinbosari M. Ikramov uchrashuv davomida mamlakatimizda intellektual mulk sohasidagi xalqaro standartlarni joriy etishda olib borilayotgan ishlar xususida toʻxtalib oʻtdi.
Rospatent Rossiya Federatsiyaning intellektual mulk boʻyicha federal xizmati boʻlib, sanoat mulki obyektlari (ixtiro, foydali model, sanoat namunalar, tovar belgilari va boshqalar) boʻyicha talabnomalarni qabul qiladi, ularni davlat ekspertizasidan oʻtkazadi hamda belgilangan tartibda muhofaza hujjatlarini beradi.
Rospatent MDH davlatlari orasida BIMTning xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha mavjud barcha tizimlariga (Madrid, PCT, Gaaga va Lissabon) a’zo bo‘lgan yagona milliy patent idorasi hisoblanadi.
Mazkur memorandum qator yoʻnalishlarni, jumladan, ekspertiza jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish boʻyicha tajriba almashish, intellektual mulk sohasida kadrlarni tayyorlash, intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish boʻyicha hamkorlik qilish kabi sohalarni qamrab oladi.
Mazkur memorandumning imzolanishi manfaatli tajriba almashishga va hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xoʻjaobod tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idora rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.
Qabul davomida 100 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning uy-joy, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, mol-mulk, davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolar, intellektual mulk kabi masalalar yuzasidan 20 dan ortiq murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, sayyor qabulda Xoʻjaobod tuman “Baxrin” mahallasida yashovchi fuqaroning farzandiga oʻlim guvohnomasi rasmiylashtirilib berildi.
Bundan tashqari, sayyor qabul davomida murojaatlarning ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 11 nafar fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros va boshqa davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolari yuzasidan murojaatlari koʻrib chiqish uchun ish yurituvga olindi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Adliya vaziri A.Toshqulov Qoraqalpogʻistonga safari chogʻida Amudaryo tumani “Choykoʻl” OFYda boʻlib u yerdagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.
@adliyangiliklari
Adliya vaziri A.Toshqulov Qoraqalpogʻistonga safari chogʻida Amudaryo tumani “Choykoʻl” OFYda boʻlib u yerdagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.
@adliyangiliklari
#Adliya_hudud
Uyma-uy yurib aholining muammolarini oʻrganishlari jarayonida 53 yillik muammoga huquqiy yechim topildi
Chiroqchi tumanidan 45 km uzoqlikda joylashgan “Arabbandi” mahallasida yashovchi Nuftullayeva Maʼmura hamda Asadulla Qoʻziboyevlar 30 yildan buyon ahil oila boʻlib yashab kelishadi. Ammo Maʼmura Nutfullayevaning hech qanday hujjati yoʻqligi sababli oila biroz qiyinchiliklarga uchrab kelmoqda. 1971-yilda Toshkent shahrida tigʻilgan M.Nutfullayeva ota-onasidan erta yetim qolganligi sababli hujjatlari oʻz vaqtida olinmaydi. Keyinchalik oiladagi qiyinchiliklar sabab, fuqaroning oʻzi ham bunga eʼtiborsiz boʻladi.
Chiroqchi tuman davlat xizmatlari markazi vakillarining uyma-uy fuqarolarning huquqiy muammolarini oʻrganishlari jarayonida Maʼmura Nutfullayevaning murojaati tuman FHDY boʻlimiga ish yurituviga olinib, Chirchiq tuman FHDY arxividan tegishli maʼlumotlar toʻplanadi. Va nihoyat Chiroqchilik Maʼmura opaning 53 yillik orzulari ushaldi. Endilikda u el qatori tugʻilganlik haqidagi hujjatga ega boʻldi.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Qurbonov Nurobod tumani “Olg‘a” qishlog‘ida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda qishloq aholisi 10 dan ortiq, suv, soliq, ishga joylashishdagi muammolar, kadastr, kommunal soha, sog‘liqni saqlash, buzilgan huquqlarni tiklash, ta'lim, kredit ajratish va boshqa masalalar bo‘yicha adliya mas'ullariga murojaat qildi.
Xususan, “Olg‘a” qishlog‘ida yashovchi fuqaro Xursand Isayeva sog‘lig‘ida muammolar bo‘lsada, nogironligi tugatilganligini ma'lum qildi va bu masala tuman adliya bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqilib, huquqiy baho beriladigan bo‘ldi.
Tadbirda fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, uyma-uy yurgan holda qishloq aholisining huquqiy muammolari o‘rganildi.