ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Hu Weilie bilan uchrashdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

«MDHga a’zo davlatlarning adliya vazirliklari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi islohotlar va tajriba almashish» mavzusida davra suhbati tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda


Joriy yilning 11-iyul kuni X.Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga Xitoy Xalq Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Uchrashuvda markaz direktori A.Xalilov tomonidan Markaz faoliyati va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida XXR adliya vaziri o‘rinbosari Hu Veylie boshchiligidagi delegatsiya vakillarini tanishtirib, sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha XXR Adliya vazirligi hamda vazirlik tarkibiga kiruvchi sud ekspertiza tashkilotlari bilan hamkorlikda qilinishi mumkin bo‘lgan tadbirlar haqida fikr almashdi.

XXR adliya vaziri o‘rinbosari Hu Veylie tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va XXR adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik jadallik bilan rivojlanayotganligini, XXR ham O‘zbekiston Respublikasi singari sud ekspertizani strategik yo‘nalish sifatida qarab, ushbu soha faoliyatini takomillashtirishga alohida e’tibor berilayotganligini, ikki davlat sud ekspertiza muassasalarining hamkorligini yanada rivojlantirishga hamda ekspertlarning sohaviy bilim va malakalarini oshirishda, shuningdek sud ekspertiza faoliyatining boshqa yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirib, ikki tomonlama hamkorlik sud ekspertiza rivoji uchun ijobiy ta’sir etishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida XXR sud ekspertiza amaliyoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida kelajakda Markaz delegatsiyasini Xitoyga tashrifini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, XXR adliya vaziri o‘rinbosari Xu Veylie boshchiligidagi delegatsiyaga Markazning muzeyi, Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi hamda Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati tanishtirildi.

@adliyangiliklari