ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#2024_yil_1_iyuldan

🗓 Qonunchilikda 1-iyuldan nimalar o'zgaradi?


🔹Fuqarolarga protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko'maklashiladi ➖ BATAFSIL;

🔹Ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi ➖ BATAFSIL;

🔹Elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma'lumotlar bazalarini ro'yxatdan o'tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish imkoniyati yaratiladi➖ BATAFSIL;

🔹Davlat xizmatlarini ko'rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi ➖ BATAFSIL;

🔹Ayrim kasallikka chalinganlar bepul davolanishadi ➖ BATAFSIL;

🔹“Shaffof qurilish” tizimida yordamchi pudrat tashkilotlari ro'yxatga olinadi ➖ BATAFSIL;

🔹Ayrim shaharlarda suv ta'minoti davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga beriladi ➖ BATAFSIL;

🔹“Ijtimoiy himoya” ATda moddiy yordam va boshqa ijtimoiy xizmatlarning hisobi yuritiladi ➖ BATAFSIL;

🔹Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda korporativ kotibiyat tashkil etiladi ➖ BATAFSIL;

🔹Xususiy bandlik agentliklariga ayrim xizmatlar uchun haq undirishga ruxsat etiladi ➖ BATAFSIL;

🔹Mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlar monitoring qilinadi ➖ BATAFSIL;

🔹Dorilar bilan bog'liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlashga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi ➖ BATAFSIL;

🔹To'lov tizimi operatorlari va to'lov tashkilotlari ustav kapitali miqdori oshiriladi➖ BATAFSIL.

@adliyangiliklari
🖥 Adliya vazirligi patent mutlaq huquqi va uning uzaytirilishiga oid savollarga javob beradi:

❓Patent egasining mutlaq huquqi qachondan amal qilishni boshlaydi?
— O‘zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida" gi qonuniga ko‘ra patent egasining mutlaq huquqi sanoat mulki obyekti ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran amalda deb hisoblanadi.

❓ Patentning amal qilish muddati necha yil?
— Vazirlikka patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran hisoblaganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti o‘n yil mobaynida, foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi.

❓Patent muddati qanday hollarda uzaytirilishi mumkin?
— Patentning amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda patent egasining iltimosnomasiga binoan vazirlik tomonidan uzaytirilishi mumkin.
▪️Bunday ixtiro patentining amal qilishini uzaytirish tartibi vazirlik tomonidan belgilanadi.
Foydali model patentining, sanoat namunasi patentining amal qilishini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomaga patentning amal qilishini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
▪️Belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmaganida iltimosnomani ko‘rib chiqishga doir yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Prezident Farmoni ijrosini oʻrgandi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman, shahar adliya boʻlimlari tomonidan “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosini tashkil etilishini Kitob tumani misolida oʻrgandi.

Farmon bilan adliya organlari faoliyatini hududlarda samarali tashkil etish hamda huquqiy xizmatlar qamrovini yanada oshirish maqsadida tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuklatilgan yangi vazifalar ijrosining tashkil etilishi boʻyicha Kitob tuman adliya boʻlimlari boshliqlarining hisobotlari tinglandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Samarqand adliyasi yangi Telegram botni ishga tushirmoqda

Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan press-tur tashkil etildi. Unda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Salohiddin Sattarov hamda boshqarma masʼul xodimlari aholiga sifatli huquqiy yordam koʻrsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

2024-yil 24-maydagi PF–80-son Prezident Farmoniga asosan aholi muammolari oʻrganilmoqda Adliya vazirligi masʼullari hamda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Samarqand shahar “Gʻofur Gʻulom” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabul davomida masʼullar ishtirokida aholi muammolari oʻrganilib, 2 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi, 3 nafar fuqaroning muammoli masalasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berish orqali yechimlari tushuntirib berildi. Qolgan 10 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari oʻrganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilinib, nazoratga olindi.

Shu bilan birgalikda, Vazirlik masʼullari “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, “ettilik” aʼzolarining muammo va takliflari oʻrganildi. Uyma-uy yurgan holda aholini kundalik hayotidagi muammolari oʻrganilib, huquqiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi jamoasi Navoiy viloyatida. Maqsad — “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonining viloyat hududidagi ijrosini oʻrganish, aholining huquqiy muammolari, koʻrsatilayotgan birlamchi yuridik koʻmak sifati, manzilli huquqiy targʻibot tadbirlari samaradorligi bilan yaqindan tanishish.

Jarayon Navoiy shahar hududidan boshlandi. Dastlab “mahalla yettiligi” bilan huquqiy muloqot tashkil etilib, fuqarolarning masalasi uyma-uy kirgan holda oʻrganildi. Aytib oʻtish kerakki shahar hududida bugungi kunda 150 mingga yaqin aholi istiqomat qilmoqda. Asosiy masalalar bandlik, noturar joyni shaxsiy yashash joyi sifatida rasmiylashtirish, subsidiya olish, nafaqaga tayinlash, mehnat munosabatlari bilan bogʻliq.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan apellyatsiyalarni sudgacha ko‘rib chiquvchi kollegial organ hisoblanib, kengash qarorlar qabul qilishda mustaqildir.


Kengash faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi to‘g‘risida nizom tasdiqlash haqida 856-sonli qarori bilan tartibga solinadi.

Kengash tarkibiga vazirlikning malakali xodimlari, mustaqil olimlar va mutaxassislar kiritiladi. Intellektual mulk departamenti – Apellyatsiya kengashining ishchi organidir.

Apellyatsiya ariza bergan shaxs va ish bo‘yicha tomonlar hisoblangan boshqa shaxslar majlis bo‘lishidan kamida 10 kun oldin majlis o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt to‘g‘risida yozma ravishda departament tomonidan xabardor qilinadi.

▪️Kengash apellyatsiya yoki arizalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha arizani qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarorlardan birini qabul qiladi.

▪️Qaror yuzasidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab 6 oy mobaynida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Apellyatsiya kengashi:
• "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasining talabnomada ko‘rsatilgan sanoat mulki obyektlari xususidagi qarori ustidan berilgan;
• sanoat mulki obyektlariga patent berilganligiga qarshi manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan;
• sanoat mulki obyektlari patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellyatsiyalarni ko‘rib chiqadi.

Apellyatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

@adliyangiliklari