ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi delegatsiyasi XII Peterburg Xalqaro yuridik forumida ishtirok etmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-2-moddasiga muvofiq Xorazm viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 24-iyundagi 10-sonli majlis bayonnomasiga asosan
▫️notarius S.Yusupovaga (litsenziya HZ № 0023, 27.04.2020-yil) berilgan litsenziyaning amal qilishi 2024-yil 26-iyundan 1-oy (minimal talab bo‘yicha kamchiliklar agar 1 oyda bartaraf etilmasa, bartaraf etilguniga qadar) muddatga,
▫️notarius Sh.Sultanovaga (litsenziya HZ № 0014, 21.04.2020 yil) berilgan litsenziyaning amal qilishi 2024-yil 26-iyundan 1-oy (minimal talab bo‘yicha kamchiliklar agar 1 oyda bartaraf etilmasa, bartaraf etilguniga qadar) muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Baliqchi tuman adliya boʻlimi binosida sektor rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida sektor rahbarlari ishtirokida mahalliy aholining huquqiy ongini oshirish, murojaatlariga huquqiy yechim topish, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni uyma-uy yurib hal qilishga koʻmaklashish hamda sayyor qabullarni samarali tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Andijon shahar adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.


A.Toshqulov tomonidan adliya organlarining asosiy vazifasi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, mahalladagi yettilik bilan bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, adliya xodimlari bilan muloqot qilinib, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va xodimlarining muomala harakati yuzasidan fikr-mulohaza almashildi. Bundan tashqari, davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklari faoliyati koʻzdan kechirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Hurmatli jurnalistlar!

Sizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

Siz o‘z qalamingiz bilan yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.

Barchangizni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog‘liq, oilangizga totuvlik, ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Xonadoningizdan fayzu baraka arimasin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Notariuslar litsenziyasi to‘xtatildi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi  Malaka komissiyasining qaroriga asosan, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli qarori bilan:


▫️Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar B.Himmatovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 2024-yil 25-iyundan 15 kun, Sh.Amridonovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 2024-yil 24-iyundan 15 kun muddatga,
▫️Narpay tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius D.Eshniyozov,
▫️Urgut tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius N.Nabiyevaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan
shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 24-iyundan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 21-iyun kungi 9-son majlis qarori bilan ▫️▫️Qo'ng'irot tumanida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius D.Kudaybergenov (QR0047, 02.09.2020-yil) 21-iyun kunidan e'tiboran 6 (olti) oy muddatga litsenziyasining amal qilishi to'xtatildi.

@adliyangiliklari
#Muhim

⁉️ Toshkent davlat yuridik universitetiga suhbat asosida kirishni xohlaysizmi?

Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​#Adliya_aralashgach

Adliya – tadbirkorga do‘st

Farg‘ona shahar adliya bo‘limi tomonidan “Adliya tadbirkorga do‘st” loyihasi doirasida “Vodiy yoritish va jihozlash” MChJning Farg‘ona shahar obodonlashtirish boshqarmasidan pul mablag‘lari undirishda yordam so‘rab qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida “Vodiy yoritish va jihozlash” MChJ va Farg‘ona shahar obodonlashtirish boshqarmasi o‘rtasida mahsulot yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzilganligi, shartnomaga asosan MChJ tomonidan mahsulotlar yetkazib berilib, majburiyat to‘liq bajarilganligi, biroq Farg‘ona shahar obodonlashtirish boshqarmasi shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovlarni to‘lash choralarini ko‘rmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan adliya bo‘limi tomonidan Farg‘ona shahar obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan MChJ hisobiga pul mablag‘lari undirish yuzasidan sudga da’vo ariza kiritildi.

Sudining hal qiluv qaroriga asosan tadbirkor – “Vodiy yoritish va jihozlash” MChJ foydasiga Farg‘ona shahar obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan 3 422 172 000 (uch milliard to‘rt yuz yigirma ikki million bir yuz yetmish ikki ming) so‘m pul mablag‘lari undirilib, tadbirkorning qonuniy manfaatlari tiklandi.

@adliyangiliklari