ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Mingbuloq tumanidagi “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yigʻinidagi “mahalla yettiligi” bilan muloqot olib bordi. Unda davlat rahbari tomonidan mahalla mavqeni oshirish va uning vakolat doirasini kengaytirib, aholining turmush darajasini oshirish yoʻlidagi saʼy-harakatlari yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Jumladan, mahalla institutining isloh qilinishi ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarga yordam berish, jinoyatchilik, oilalarda zoʻravonlikning oldini olish, aholi bandligi, ijtimoiy muhofazasi kabi masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yana muhim bir jihat mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, yoshlarni bandligini taʼminlashga koʻmaklashish va ularning huquqiy savodxonligini oshirishda adliya organlar mazkur yettilik bilan hamjihatlikda faoliyat olib borishga tayyorligi aytib oʻtildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Davlatobod hamda Kosonsoy tumanida “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv oʻtkazdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Davlatobod tumanidagi “Davlatobod” mahallasi xodimlari bilan uchrashdi. Vazir tomonidan “mahalla yettiligi”ning faoliyati, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllash-quvvatlash orqali ularga huquqiy yordam koʻrsatish, ajrimlar va oilaviy zoʻravonliklarni oldini olish boʻyicha tavsiyalar berilib, ish faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar, takliflar va fikr mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida adliya vaziri Kosonsoy tumani “Namuna” mahallasi yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Unda yettilik va adliya hamkorligi kuchaytirish, mahallada jinoyat va turli koʻrinishdagi huquqbuzarliklarni oldini olish hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish kerakli aytib oʻtildi. Mahallardagi “Adliya burchagi” hamda Yoshlar kutubxonasi aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning kitobxonlikka qiziqtirish yaxshi samara berishi taʼkidlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

⚡️Adliya vazirligi va “Oʻzbekiston” telekanali tomonidan oʻzaro hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan “Yuridik klinika” koʻrsatuvi boshlandi.

Koʻrsatuv “Oʻzbekiston” telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: Mehnat qonunchiligi


Mavzu yuzasidan oʻz savollaringizni @yuridiklinikabot telegram-boti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bogʻlanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

Jonli efir vaqtida oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 https://www.youtube.com/watch?v=oLaQ6tZSB8s

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri qayta tashkil etilgan Namangan viloyati yuridik litseyidagi qabul jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga asosan Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylari tashkil qilindi.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov yuridik litseyning sharoitlar va qabul jarayonlarini koʻzdan kechirib, oʻqituvchilar bilan muloqot olib bordi. Muloqotda qabulni yuqori darajada tashkil etish va kelayotgan oʻquvchilar, ularning ota-onalariga zarur sharoitlar yaratish, shuningdek litsey haqida batafsil maʼlumot berish uchun tashkil etilgan “Call-center”ni faoliyatini jadallashtirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

Qayd etish joiz, ayni paytda akademik litseyda oʻqishni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etilgan. Abituriyentlar va ularning ota-onalari telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bogʻlanib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xorijiy investorlar ishtirokida korxonalar roʻyxatdan oʻtkazildi

Vengriya Respublikasining “BANKONZULT COMMERCE LTD” kompaniyasi hamkorligida “AZIZIM GYEREK” hamda “SURHON MAGYAR” MChJ shaklidagi qoʻshma korxonalar Termiz tuman adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan sayyor tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Mazkur korxonalar asosiy faoliyat turi meva va sabzavotlarni qayta ishlash va konservalashdan iborat.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Namangan viloyati FHDY arxivi ish jarayoni bilan tanishdi.

Adliya vaziri A.Toshqulov xizmat safari davomida Namangan viloyati FHDY arxivi xodimlari bilan ham muloqot olib bordi. Unda, xodimlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar, ularning sifati, arxiv hujjatlarini shakllantirish, belgilangan talablar asosida saqlash, xodimlarning ish jarayoni, ularga yaratilgan sharoitlarni ham koʻzdan kechirdi.

Sohadagi mavjud muammo va kamchiliklar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash davomida duch kelinayotgan muammoli holatlar oʻrganildi. Bu borada tizim xodimlarining fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

@adliyangiliklari