ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Liberty” tovar belgisiga nisbatan aniqlangan huquqbuzarlik holati bartaraf etildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 2024-yil mart oyida “YUSTEX” MChJga tegishli bo‘lgan “Liberty” tovar belgisidan (MGU 47926-son guvohnoma) huquq egasining roziligisiz noqonuniy foydalanib kelinayotganligi holati yuzasidan tegishli choralar ko‘rishni so‘rab murojaat kelib tushdi.

Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan tegishli tartibda o‘rganish o‘tkazilganda “Liberty” tоvаr belgisining kontrafakt nusxada ishlab chiqarilgan “Liberty” nomi ostida kontrafakt kiyimlar savdoga taklif etib kelinayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzar “YUSTEX” MChJga tegishli “Liberty” tovar belgilariga nisbatan huquqlarni buzuvchi barcha harakatlarni to‘xtatib, huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi “Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya etilgan holda faoliyat yuritishi tushuntirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Pop tumani adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

A.Toshqulov tomonidan adliya organlarining asosiy vazifasi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, mahalladagi yettilik bilan bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, davlat xizmatlari markaziga kelgan fuqarolar bilan muloqot qilinib, ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati va xodimlarining muomila harakati yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Shu kuni Pop tumani davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish burchaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.

@adliyangiliklari
Forwarded from Poytaxt_adliya
RASMIY MUNOSABAT
 
“bakiroo” telegram kanalida Toshkent shahar hokimligi tomonidan “E-qaror” elektron tizimi orqali qarorlar yashirin tartibda qabul qilinayotganligi toʻgʻrisidagi post e'lon qilingan boʻlib, oʻtkazilgan oʻrganish mazkur qarorlarda shaxsga doir ma'lumotlar mavjudligi sababli yashirilganligini koʻrsatdi.
Ta'kidlash joizki, hokimliklar tomonidan muayyan ijtimoiy soha yuzasidan, shu jumladan ma'muriy tartibdagi qarorlarga nisbatan shaxsga doir ma'lumotlarni oʻz ichiga olgan qarorlarni qabul qilish holatlari koʻp boʻlganligi sababli, tizimda yopiq tarzda qabul qilingan qarorlar soni oshmoqda. Batafsil:👇
https://telegra.ph/bakiroo-telegram-ijtimoiy-tarmog%CA%BBida-elon-qilingan-Toshkent-shahar-hokimining-yashirilgan-qarorlari-yuzasidan-MUNOSABAT-06-25-2
#Adliya_xabari

Adliya vaziri “Eski Toʻda” mahalla fuqarolar yigʻini “yettiligi” bilan uchrashdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov tomonidan hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xodimidan iborat mahalla “yettiligi” bilan muloqot olib bordi.

Muloqot davomida “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” Prezident Farmoni ijrosini taʼminlashda, aholining mavjud muammolari hal etishda “mahalla yettiligi”ning ham oʻrni alohida ekani aytib oʻtildi.

Shuningdek, mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, aholini turmush darajasini yuksaltirishda “mahalla yettiligi” toʻgʻri ish tashkil etishi maqsadga muvofiqligi aytib oʻtildi. Mahalla aholisining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida mahalla “yettiligiga”ga kerakli tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ishtixonda xitoyliklar turar-joy quradi

Xitoylik XIAOYOU VANG hamda LINGYU CHEN ustav fondi 45 milliard boʻlgan “ JIA YOU ESTATE INVESTMENT” MChJ xorijiy korxonaga asos solishdi. Mazkur korxona Ishtixonda turar-joy binolarini qurish bilan shugʻullanadi. Mazkur xorijiy korxona Ishtixon tuman davlat xizmatlari markazida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Chust tumani “Sarimsoqtepa” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi

Chust tumani “Sarimsoqtepa” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan oʻtkazilgan uchrashuvda adliya vaziri maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish qaratilgan Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi.

Tuman adliya boʻlimi boshligʻi tomonidan oʻtkazilgan taqdimotda uyma-uy oʻrganishlar davomida aniqlangan mavjud muammo va masalalar, aniqlangan huquqiy muammolar, hal etilgan murojaatlar, adliya boʻlimi ish yurituviga olingan murojaatlarning qonuniy koʻrib chiqilayotganligi boʻyicha amalga oshirilgan ishlarga toʻxtaldi.

Shuningdek, adliya vaziri tomonidan mazkur farmonning aholini kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammosiga yechim topib ularni huquqiy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, “mahalla yettiligi” sohada uchrayotgan ayrim kamchiliklar va ularni bartaraf qilish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdilar.

@adliyangiliklari