ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#MenDonorman

📸 Bugun 14-iyun — Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan “Qon donorligi haftaligi” doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida “Men donorman” xayriya aksiyasi tashkil etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuridik xizmat: muammo va takliflar

Adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov Samarqandda yuridik xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi. Davra suhbatida yuridik xizmat koʻrsatish markazlarining bugungi faoliyati, sohani yanada takomillashtirishga doir taklif-mulohazalar tinglandi, mavjud muammolar oʻrtaga tashlandi.

Jumladan, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi inson resurslari boʻyicha masʼul xodimi tugʻish taʼtiliga chiqqan xodim oʻrniga vaqtincha xodim olish tartibini yuridik jihatdan rasmiylashtirishni soddalashtirish, Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi masʼul xodimi E-huquqshunos va hrm.argos.uz tizimlarini bir-biriga integratsiya qilish taklifini bildirdi.

Maʼlumki, viloyat tashkilotlariga “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali xizmat koʻrsatib kelinadi. 2024-yil 5 oy davomida ushbu tizim orqali yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar tomonidan 238 711 ta yuridik tusdagi hujjatlar loyihalari kelib tushgan boʻlib, shundan 215 769 tasiga markaz tomonidan ijobiy, 5 128 tasiga salbiy xulosalar berilgan. 17 814 ta hujjat loyihasidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun ijobiy xulosa berish rad etilgan.

Markazlar tomonidan mazkur davrda xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar manfaatini koʻzlab jami 94 ta talabnomalar tayyorlab berilgan va ularning barchasi qanoatlantirilgan.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

❗️Kontrafakt mahsulot xarid qilish “uddaburon tadbirkor”ni moliyalashtirish hisoblanadi.

Hurmatli iste’molchilar, kontrafaktga aldanib qolmang!

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Shu kunlarda Adliya vaziri A.Toshqulov Surxondaryo viloyatida xizmat safarida.

Vazir safarni Denov tumanida “Imkon” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdan boshladi.

A.Toshqulov Surxondaryo viloyati Denov tumanining “Surxon Diyor” mahallasida yashovchi fuqaro D.Yuldashevaning xonadonida boʻlib, loyihasi doirasida qilinayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Navoiy viloyatida 11 ta tuman(shahar) mavjud. Mahallalar soni 330 ta. Haftaninig chorshanba kuni har bir hududda ro‘yxat asosida bittadan mahalla tanlab olinib targ‘ibot tadbirlari kompleks tarzda amalga oshirilmoqda.

Dastlab "ayollar", "yoshlar" daftari, ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar, sektorlar va xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar tegishliligiga ko‘ra o‘rganilib, muloqotlar uyma-uy yurgan holda amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayonda qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirilib, aholi tomonidan eng ko‘p kelib tushayotgan savollar asosida shakllantirilgan targ’ibot materiallari tarqatilayapti, hayotiy masalalarga doir huquqiy ko‘rsatmalar berib borilmoqda. Huquqiy targ‘ibot kunlari doirasida sayyor qabul mexanizmidan ham samarali foydalanilmoqda.

Murojaatlarning aksariyati bandlik, moddiy yordam, bank-kredit, soliq, mehnat va oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Ishtixon tumanida boʻlib oʻtgan yoshlar festivalda tuman adliya boʻlimi tomonidan “Mening qonunim — mening taqdirim” mavzusida insholar tanlovi va test sinovlari tashkil etilib, gʻoliblar munosib taqdirlandilar.

@adliyangiliklari