ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Adliya xodimlari xalq orasida

Bugun poytaxtning barcha tumanlarida “Adliya kuni” tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda uyma-uy yurib aholi muammolarini oʻrganishmoqda.

Shuningdek, joylarda sayyor qabullar ham tashkil etilib, unda aholining turli masalalar yuzasidan murojaatlari qabul qilinmoqda. Shu joyning oʻzida amaliy yordamlar koʻrsatilib, huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni yuzasidan ham aholiga keng tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

@adliyangiliklari
#MenDonorman

📸 Bugun 14-iyun — Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan “Qon donorligi haftaligi” doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida “Men donorman” xayriya aksiyasi tashkil etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuridik xizmat: muammo va takliflar

Adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov Samarqandda yuridik xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi. Davra suhbatida yuridik xizmat koʻrsatish markazlarining bugungi faoliyati, sohani yanada takomillashtirishga doir taklif-mulohazalar tinglandi, mavjud muammolar oʻrtaga tashlandi.

Jumladan, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi inson resurslari boʻyicha masʼul xodimi tugʻish taʼtiliga chiqqan xodim oʻrniga vaqtincha xodim olish tartibini yuridik jihatdan rasmiylashtirishni soddalashtirish, Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi masʼul xodimi E-huquqshunos va hrm.argos.uz tizimlarini bir-biriga integratsiya qilish taklifini bildirdi.

Maʼlumki, viloyat tashkilotlariga “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali xizmat koʻrsatib kelinadi. 2024-yil 5 oy davomida ushbu tizim orqali yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar tomonidan 238 711 ta yuridik tusdagi hujjatlar loyihalari kelib tushgan boʻlib, shundan 215 769 tasiga markaz tomonidan ijobiy, 5 128 tasiga salbiy xulosalar berilgan. 17 814 ta hujjat loyihasidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun ijobiy xulosa berish rad etilgan.

Markazlar tomonidan mazkur davrda xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar manfaatini koʻzlab jami 94 ta talabnomalar tayyorlab berilgan va ularning barchasi qanoatlantirilgan.

@adliyangiliklari