ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

BAA va Oʻzbekiston fuqarolarining tijorat va fuqarolik ishlari boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam olish imkoniyatlari yanada kengayadi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Qarshi tumanida sayyor qabul oʻtkazildi


Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan Qarshi tumanidagi “Ravot” mahallasida fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi S.Nuriyev tomonidan fuqarolarning tugʻilganlik guvohnomasini qayta tiklash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, sogʻliqni saqlash, bandlik, sud hujjatlari ijrosi kabi masalalar yuzasidan 10 ta murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan 3 ta murojaatlar qanoatlantirildi, 9 ta murojaatlar koʻrib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi. Bundan tashqari, tadbir davomida 3 nafar fuqarolarga tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnomasi hamda 1 nafar fuqaroning nikoh guvohnomasi qayd etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi xodimlari tomonidan donorlik qoni topshirildi


14-iyun — Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan “Qon donorligi haftaligi” doirasida Adliya vazirligida “Men donorman” xayriya aksiyasi tashkil etildi.

Qon topshirish aksiyasida adliya organlari va muassasalari koʻngilli xodimlari ishtirok etib, donorlik qilish orqali insonparvarlik yordamini ayamadilar.

Oʻylaymizki, topshirilgan donorlik qonlari turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj boʻlgan insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Adliya vazirligi xayrli ishda chetda turmay, donorlik qilgan xodimlariga oʻz minnatdorligini bildiradi. Qon topshirish boʻyicha xayriya aksiyasi respublika boʻylab davom etmoqda.

@adliyangiliklari