ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Yangiyer shahrida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi

Mamlakatimizda aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari yanada takomillashtirilmoqda. Joylarda tashkil etilayotgan ommaviy qabullar ham bevosita aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning muammolariga yechim topishning muhim omili boʻlmoqda.

Bugun Yangiyer shahrida Sirdaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabulda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga uy-joyni rasmiylashtirish, oʻlim faktini belgilash, yashaganlik faktini belgilash, kommunal soha, ijtimoiy himoya, nogironlik nafaqasini belgilash kabi masalalarda 10 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Shundan, 1 ta murojaat joyida oʻz yechimini topdi, 5 ta murojaat boʻyicha zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, oʻrganish muddat talab qiladigan 4 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

Shuningdek, qabul davomida 10 ga yaqin fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yoshlarning qiziqishlari va muammolari oʻrganildi

Toshkent viloyatidagi adliya organlariga 115 ta mahalladan 26 mingdan ortiq yoshlar biriktirilgan. Adliya xodimlari tomonidan doimiy ravishda ularning muammolari oʻrganilib, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda hal etish choralari koʻrib kelinmoqda.

Xizmat safari davomida adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliev Angren shahrida yoshlarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning qiziqishlari va muammolari oʻrganildi.

Uchrashuvlar davomida vazir oʻrinbosari tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida tushunchalar berilib, tadbirkorlik, taʼlim, bandlik va boshqa bir qator sohalar boʻyicha yoshlarni qiziqtirgan savollariga huquqiy tavsiyalar berildi. Aksariyat yoshlarning tadbirkorlik, bandlik va boshqa bir qator masalalarga oid oʻndan ortiq muammolari oʻz yechimini topdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi o‘n birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Joriy yilning 6-iyun kuni, adliya vaziri A.Toshqulov onlayn tarzda o‘tkazilgan ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Vazir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan adliya va huquq sohasidagi islohotlar hamda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar, shuningdek, ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlik istiqbollari borasida nutq so‘zladi.

Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Xitoy, Belarus adliya vazirlari hamda ShHT bosh kotibi o‘rinbosari ma’ruza bilan ishtirok etdilar.

ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi majlisida a’zo davlatlar Adliya vazirliklari faoliyatidagi yangi o‘zgarishlar hamda ShHTga a’zo davlatlar Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirliklarining yuridik xizmat va sud-ekspertiza faoliyatiga doir ekspertlar ishchi guruhlarining 2024–2026-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejalari tasdiqlandi. Shuningdek, ShHTga aʼzo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi yigʻilishini tashkillashtiruvchi davlatni hamda sanasini belgilandi.

Tadbir yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tomonlarning umumiy kelishuvlarini aks ettiruvchi qoʻshma bayonot imzolandi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Payariqda adliya qabuli

Payariq tumani 2-son kasb-hunar maktabida Samarqand viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining sayyor qabuli o'tkazildi. Jumladan, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Sattorov ham fuqarolarning huquqiy muammolarini qabul qildi.

Unda fuqarolarning elektr ta'minoti, gaz, toza ichimlik suvi, moddiy yordam olish, tibbiy yordam, yer ajratish, uy-joy, subsidiya, davlat xizmatlari va FHDY sohasi hamda boshqa masalalardagi murojaatlari tinglanib, ish yurituviga olindi. 2 ta murojaat joyida hal etildi. 20 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi. 15 ta davlat xizmatlari sayyor tarzda ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari