ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Sayyor qabuldan soʻng muammolar joyiga borib oʻrganildi

Yozyovon tuman 1-son kasb-hunar maktabida Fargʻona viloyati huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlarining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Sayyor qabulda adliya boshqarmasi boshligʻi A.Buriyev tomonidan 40 dan ortiq fuqarolarning masala va muammolari oʻrganildi.

Sayyor qabul davomida 23 ta fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. 22 ta murojaatlar qoʻshimcha oʻrganilishi lozim boʻlganligi sababli ish yurituviga olindi. 5 ta murojaat joyida hal etildi. Jumladan, Yozyovon tumani “Mustahkam doʻstlik” MFY da yashovchi fuqaro T.Usuvaliyev sudga davo arizasi kiritish yuzasidan, “Bahor” MFY da yashovchi R.Mamatov subsidiya asosida uy-joy olish masalasida murojaat qildi. “Navroʻz” MFY da yashovchi fuqaro R.Xoshimova uy-joy sharoitini yaxshilash masalasida murojaat yoʻlladi.

Sayyor qabuldan soʻng uning oilaviy sharoiti va ijtimoiy holati adliya hamda soliq boshqarmasi boshliqlari tomonidan xonadoniga borib oʻrganildi. Adliya hamda soliq boshqarmasi koʻmagi va homiyligi bilan ushbu xonadonning yashash sharoitlari yaxshilanadigan boʻldi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Otaliqqa olingan yoshlar masalalari oʻrganilmoqda

Qashqadaryo viloyatidagi adliya organlari tomonidan 36 757 nafar 7 toifadagi yoshlar otaliqqa olingan. Ayni paytda ularning muammolari atroflicha oʻrganilib, ular bilan aniq mezonlar asosida manzilli ishlar tashkillanmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S.Nuriyev oʻziga biriktirilgan Yakkabogʻ tumani 2-sektordagi Uchtepa mahallasidagi 12 nafar ogʻir toifadagi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning masalalari mahallabay tarzda oʻrganildi.

Jarayonlar davomida yashash sharoiti ogʻir va ijtimoiy ogʻir ahvolga tushib qolgan 4 nafar yoshlarning murojaati oʻrganilib, boʻlim ish yurituviga olindi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan sayyor qabul oʻtkazilmoqda. Ulugʻnor tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idora rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Qabul davomida 100 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning uy-joy, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, mol-mulk, davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolar, intellektual mulk kabi masalalar yuzasidan 15 dan ortiq murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida murojaatlarning ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 9 nafar fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros va boshqa davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolari yuzasidan murojaatlari koʻrib chiqish uchun ish yurituvga olindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanidan videolavha.

Tashkilotchilar: Adliya vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Yangiyer shahrida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi

Mamlakatimizda aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari yanada takomillashtirilmoqda. Joylarda tashkil etilayotgan ommaviy qabullar ham bevosita aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning muammolariga yechim topishning muhim omili boʻlmoqda.

Bugun Yangiyer shahrida Sirdaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabulda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga uy-joyni rasmiylashtirish, oʻlim faktini belgilash, yashaganlik faktini belgilash, kommunal soha, ijtimoiy himoya, nogironlik nafaqasini belgilash kabi masalalarda 10 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Shundan, 1 ta murojaat joyida oʻz yechimini topdi, 5 ta murojaat boʻyicha zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, oʻrganish muddat talab qiladigan 4 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

Shuningdek, qabul davomida 10 ga yaqin fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

@adliyangiliklari