ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi farmoniga sharh
#24may #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Комментарий к Указу Президента «О дальнейшем повышении ответственности и формирования компактной системы управления органов и учреждений юстиции в рамках административных реформ»
#24may #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida xalqaro arbitraj sudlari asoslari va uning izohlari bo‘yicha trening o‘tkazildi

👉Batafsil
__________
👉На русском языке

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Hududiy adliya organlari tizimida yilning eng yaxshi xodimlari aniqlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi tomonidan uy-joy sotib olish uchun aholiga subsidiya berishni baholovchi komissiyalar faoliyati oʻrganilmoqda

Gap shundaki, qonunlar ijtimoiy vaziyat va umumiy sharoitlardan kelib chiqib takomillashib boradi. Respublika ishchi guruhining ham maqsadi shunday. Yaʼni, hududlardagi subsidiya berishni baholovchi komissiyalardan qonunchilikka takliflar va mulohazalarni oʻrganish.

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasida ishchi guruhining komissiya aʼzolari bilan takliflarni oʻrganish ishlari Toshloq, Fargʻona tumanlari hamda Margʻilon shahrida ham davom etdi. Bugungi kunda ayrim ehtiyojmand oilalar ipoteka dasturi boʻyicha uy-joy sotib olish uchun dastlabki toʻlovni toʻlashda subsidiyadan foydalana olmayapti.

Chunki subsidiya olgandan keyin banklar ish haqi kamligi yoki daromadi yetarli emasligini asosiy sabab qilib koʻrsatmoqda. Yoki subsidiya olish uchun arizalar topshirishda talabgor koʻpligidan muddatdan avval arizalarni koʻrib chiqish jarayonlari toʻxtab qolayotgani oydinlashmoqda. Ishchi guruhining komissiya aʼzolari bilan suhbatlari davomida shu kabi oʻnlab hayotiy takliflar oʻrtaga tashlandi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari tadbirkorlar bilan muloqot oʻtkazdi


Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov “Merrymed Farm” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirkor va faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan muloqot davomida koʻplab ishchi oʻrin yaratgan tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritildi. Brend olishning afzalliklari hamda brendni roʻyxatdan oʻtkazmay ishlashning huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlarga oʻz soha faoliyatiga oid huquqiy axborotni, shu jumladan, qonunchilikdagi yangiliklarni olish manbalari va shakllari haqida maʼlumotlar berish bilan bir qatorda, ularning muammo va takliflari oʻrganildi.

Muloqotda intellektual mulk sohasidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun tovar belgisi olish bilan bog‘lik masalalarni o‘rtoqlashdi. Shuningdek, huquqiy jihatdan qanday yordam va maslahatlar kerak boʻlsa adliya vazirligi hamda uning hududiy boshqarmasi tayyorligi maʼlum qilindi.

@adliyangiliklari