#Adliyadan_qulaylik
Davlat xizmatlari endi mahallalarda xizmat koʻrsatadi
Davlat xizmatlaridan endi mahalla binolaridan turib ham foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. Chiroqchi tumanidan qariyb 45 kilometr uzoqlikda joylashgan “Arabbandi” mahalla aholisi ana shunday qulaylikka ega boʻldi.
Mahalla binosida oʻrnatilgan Infokiosk apparatidan bugun oʻnlab fuqarolarni mushkuli oson boʻldi. Markaz xodimi tomonidan mahalladagi 10 nafardan dan ortiq fuqarolar my.gov.uz saytiga roʻyxatdan oʻtkazildi.
Fuqarolarga sanatoriyga roʻyxatga qoʻyish, bolalar nafaqasiga ariza joʻnatish hamda kam taʼminlanganlik maʼlumotnomalarni shu joyning oʻzida chiqarib berildi.
@adliyangiliklari

#Muhim
📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!
Bugun, 22-may kuni soat 12:00 da AOKA binosida Adliya vazirligi matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.
Mavzu: Davlat xizmatlari va FHDY sohasidagi yangiliklar.
Tadbirda Adliya vazirligi masʼullari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi. OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.
📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali JONLI tomosha qiling.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob
❓ Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi nima va tizim orqali nimalar amalga oshiriladi?
— Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi — tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning ushbu jarayondagi elektron hamkorligini ta’minlovchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kompleksi.
Tizim orqali quyidagilar amalga oshiriladi:
▫️davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
▫️qayta tashkil etish yo‘li bilan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
▫️qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;
▫️davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat bojini to‘lash;
▫️ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani erkin olish;
▫️yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risida ariza topshirish;
▫️ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning belgilangan tartibdagi hamkorligi;
▫️ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarini tadbirkorlik subyektining manzili (joylashgan joyi, yashash joyi) o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilish;
▫️“tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti”ni ochish va undan erkin foydalanish;
▫️Reyestrdan ko‘chirma, so‘ralayotgan hujjat, tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxati yoki so‘ralayotgan ma’lumotning va (yoxud) hujjatning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shaklidagi aniq tadbirkorlik subyektlari haqida ma’lumot so‘rash va olish.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori.

#Adliya_xabari
Vazir o‘rinbosari davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi
Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasida adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov va davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi vakolatli idoralar vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
👉Batafsil

ADLIYA YANGILIKLARI
#Muhim 📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga! Bugun, 22-may kuni soat 12:00 da AOKA binosida Adliya vazirligi matbuot anjumani oʻtkazilmoqda. Mavzu: Davlat xizmatlari va FHDY sohasidagi yangiliklar. Tadbirda Adliya vazirligi masʼullari…
#Adliya_onlayn
⚡️ Davlat xizmatlari va FHDY sohasidagi so‘nggi yangiliklar, sohada amalga oshirilayotgan ishlar tahlili
AOKAda Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida shu mavzuda matbuot anjumani boshlandi.
Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin 👉https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/1116785362761154/
@adliyangiliklari
AOKAda Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida shu mavzuda matbuot anjumani boshlandi.
Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin 👉https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/1116785362761154/
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
#Adliya_xabari
Oily Majlis Qonunchilik palatasining yig’ilishida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi bilan Yer kodeksi, “Ijara to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi bir qator qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, Yer kodeksining yer uchastkasi ijarasi to‘g‘risidagi 24-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish belgilanmoqda.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga, ya’ni qayta ijaraga berishga ruxsat etish nazarda tutilmoqda.

❓O‘lik tug‘ilgan bolaning tug‘ilganligini, shuningdek hayotining birinchi haftasida o‘lgan bolalarning tug‘ilganligi va o‘limini qayd etish tartibi qanday?
— O‘lik tug‘ilgan bolaning tug‘ilganligini, shuningdek hayotining birinchi haftasida o‘lgan (perinatal o‘lim) bolalarning tug‘ilganligi va o‘limini qayd etish tibbiy muassasa yoki ushbu muassasaning topib olingan joydagi sud-tibbiy ekspertiza muassasasining yozma murojaatiga binoan mazkur hududdagi FHDY organi tomonidan 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.
Egizaklardan biri o‘lik tug‘ilganda yoki hayotining birinchi haftasida (perinatal o‘lim) vafot etganda o‘lik tug‘ilgan yoki vafot etgan bolani qayd etish tirik egizak tug‘ilganligini qayd etgan o‘sha FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘lik tug‘ilgan bolani tug‘ilishini qayd etish perinatal o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma asosida faqat tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvlarini ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida amalga oshiriladi.
Agar bola tug‘ilgandan keyin vafot etsa, hatto u bir necha daqiqa yashasa ham, tug‘ilganlik hamda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlari tuziladi va tug‘ilish haqidagi dalolatnoma yozuvi tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma asosida, o‘lganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi esa — perinatal o‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida amalga oshiriladi.
Bunda tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida onasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq keltiriladi, “Belgilar uchun” ustunida esa o‘lganligi qayd etilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvining tartib raqami va sanasi ko‘rsatiladi. Bunday hollarda bolaning o‘limi haqida (o‘lik tug‘ilganda ham) belgilangan tartibda tegishli nafaqa tayinlanishi uchun o‘lim haqida xabarnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga elektron axborot tizimi orqali yuboriladi.
Dafn qilish uchun qabristonga ma’lumotnoma beriladi va zarur hollarda ota-onasining iltimosiga ko‘ra (hayotining birinchi haftasida vafot etgan bola uchun) o‘limi haqida guvohnoma berilishi mumkin.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori.

Adliya vaziri o'rinbosari X.Meliyev Samarqand viloyat yuridik texnikumida bo‘ldi.
Vazir o'rinbosari mazkur muassasaning moddiy texnik holati, o‘quv xonalari, axborot-resurs markazi, sport zali, o'quvchilar turar joyini ko‘zdan kechirdi.
Mavjud muammo va kamchiliklar, texnikum faoliyatini takomillashtirish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash, o‘quv-metodik ta’minlash, ta’mirlash ishlarini olib borish yuzasidan takliflarni o‘rgandi va zarur tavsiyalar berdi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu muassasa binosini kapital ta’mirlash va jihozlanishi rejalashtirilgan.