ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar Senat tomonidan ma’qullandi

Joriy yilning 18-may kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 3 ta qonun muhokama qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari navoiylik yoshlar bilan uchrashdi


Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim tizimidagi yangiliklar va dunyo tajribasi, qonunchilikdagi imtiyoz va va tartib-taomillar boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, tadbirda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif, mulohazalar tinglandi, ular tomonidan berilgan savollarga Adliya vaziri oʻrinbosari batafsil javob berdi.

@adliyangiliklari
#Muhim

📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

Bugun, 20-may kuni 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida “Qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

Mavzu: “Tartibga solish gilyotinasi” mazmun-mohiyati va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qisqartirish masalalari

Tadbirda Adliya vazirligi mas'ullari ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Savollaringizni @MARKAZ16Uz. ga yuborishingiz mumkin.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali JONLI tomosha qiling.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_munosabat

Adliya tushuntirish beradi

Adliya vazirligi Axborot xizmati rahbari S.Urinbayeva tomonidan 15.05.2024-yilda boʻlib oʻtgan brifingda “LOROBEN” dori vositasining kontrafakt nusxasi ishlab chiqarilishiga chek qoʻyilgani haqida maʼlumot berilgan edi.

Ammo koʻplab internet nashrlari bu xabarni tarqatishda ASFARMA Kompaniyasiga tegishli boʻlgan asl “LOROBEN” tovar belgisining suratlaridan foydalanishmoqda.

Tabiiyki, ushbu holat asl LOROBEN mahsulotiga nisbatan insonlar orasida ishonchsizlik ortishiga sabab boʻlishi mumkin. Shu bois, yuqoridagi kabi koʻrinishda eʼlon qilingan postlarni toʻgʻirlab yuborishingiz soʻraladi. Postda keltirilgan videoda dori vositalarining asli va qalbakisini farqlash haqida tushuntirish berilgan.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Adliya vaziri Akbar Toshqulov “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida tizimda faoliyat yurituvchi yoshlar bilan uchrashdi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Samarqanddagi xizmat safarini tadbirkorlar bilan uchrashuvdan boshladi.

Dastlab yaqinda ishga tushirish rejalashtirilayotgan "Ulug‘ siymo qurilish" MChJning Samarqand shahridagi "Meros" klinikasida bo‘ldi. Bir kunda 300 bemorni qabul qilish imkoniyatiga ega ushbu klinika O‘rta Osiyoda yagona bo‘lib, eng so‘nggi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, xususan, eng murakkab jarrohlik operatsiyalarini bajarish imkoniyatini beruvchi robotik texnologiyalar bilan jihozlangan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari