ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Bugun Samarqand viloyatidagi davlat xizmatlari markazlari ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish uchun kelgan fuqarolar bilan gavjum bo‘ldi.

Kun davomida markazlar orqali 6200 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatildi. Shundan 2000 mingdan ziyodi aynan subsidiya bilan bog‘liq. Xususan, Samarqand shahar davlat xizmatlari markazi kun davomida 1 350 ta xizmat ko‘rsatgan bo‘lib, ularning 570 dan ortig‘i subsidiya bo‘yicha.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Toshqulov Quvasoy shahridagi oyna ishlab chiqarish korxonasida olib borilayotgan modernizatsiya ishlari bilan tanishdi.

1975-yilda tashkil etilgan ushbu korxona oyna va banka ishlab chiqarish boʻyicha Oʻrta Osiyodagi eng yirik zavodlardan biri boʻlib u mamlakatimizning oynaga boʻlgan talabining 60 foizini qoplab beradi. Bu yirik korxonada yiliga 150 million dona butilka va 10 million kvadrat metrdan ortiq oyna ishlab chiqariladi.

Adliya vaziri korxonada oyna ishlab chiqarish jarayonlari va yangilanishlar bilan tanishdi. Korxonada ish olib borayotgan mingdan ortiq ishchi-xodimlarning mehnat huquqlari, ularga yaratilgan mehnat sharoitlari haqida fikr almashdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Toshloq tumanida tadbirkorlar va “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi


Adliya vaziri A. Toshqulov Fargʻona viloyati Toshloq tumanida xonadonlarida mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, tadbirkor D.Mamajonova oʻz xonadonida kasanachilik, tikuvchilik, oyoq kiyimi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelmoqda. U 15 nafar fuqarolarni ish bilan band qilgan.

Ushbu tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar qoʻshni tumandagi bozorlarga ham chiqarilmoqda. Uchrashuv davomida tadbirkorlik sohasini kengaytirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, A. Toshqulov Toshloq tumanining “Piyozchilik” mahalla fuqarolar yigʻinida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Adliya vaziri tomonidan MFY xodimlariga koʻplab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berilayotgani haqida gapirdi.

Uchrashuvda ishtirok etgan tuman hokimi mahallalarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida oʻz fikrlarini bildirdi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar qanday ishlar?

— To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar jumlasiga yuridik yoki jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va qonunda belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olgan fuqarolarni, pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmagan, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarni, agar pul majburiyatlari va soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa, to‘lovga qobiliyatsizlik haqida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ishlar kiradi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi O‘RQ-911-son Qonuni.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Olot tumanida sayyor qabul oʻtkazdi

Buxoro viloyati Olot tumanidagi Maʼnaviyat va maʼrifat maskani binosida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etilib, qabulda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov, tumandagi huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulga kelgan 40 nafardan ortiq fuqarolarning turli huquqiy sohalar, jumladan, turar-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, kompensatsiya undirish, uy-joy uchun yer ajratish, meros, davlat xizmatlarini koʻrsatish, FHDY sohalari va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglanib, 15 dan ortiq murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan boʻlsa, 7 ta murojaat ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Yuridik xizmat xodimlari uchun “Yuridik transformatsiya: nuqtai nazarlarni bogʻlash” mavzusida ikki kunlik seminar o‘z yakuniga yetdi.

Adliya vazirligi tomonidan Dentons Tashkent yuridik firmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur seminar davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlariga sun’iy intellektdan foydalangan holda o‘z faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Seminarda “Xatarlarni va shartnomalrni boshqarish tizimi” hamda “Jarayonlarni boshqarish va texnologiya” mavzulari yuzasidan Dentons Nexlaw In-House Solutions firmasi boshqaruvchisi Alan Reganu o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

@adliyangiliklari